Mavzu: Depozit operatsiyalari auditi
Bajardi: MM-90 guruh talabasi Ro’zaliyev A.N.
Depozitlar
Depozit - talab qilinishi bilanoq yoki to'lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to'lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o'rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to'lagan holda yoxud bunday to'lovlarsiz qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan milliy va chet el valyutasidagi pul summasi.
Iqtisodiy tarkibi bo'yicha depozitlarni uch guruhga bo'lish mumkin:
1. Muddatli depozitlar
2. Talab qilib olinguncha depozitlar
3. Aholi jamg'arma qo'yilmalari
Muddatli depozitlar
Bank omonati shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli omonatlar hisoblanadi.
Muddatli depozitlar o'zlarining muddatlariga bog'liq ravishda tasniflanadi:
- 3 oygacha bo'lgan muddatli depozitlar
- 3 oydan 6 oygacha muddatli depozitlar
- 6 oydan 9 oygacha muddatli depozitlar
- 9 oydan 12 oygacha muddatli depozitlar
- 12 oydan oshiq muddatli depozitlar.
Talab qilib olinguncha depozitlari
Omonatchilarning talab qilinishi bilanoq beriladigan omonatlar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlardir. Talab qilib olinguncha depozitlari mablag'larning harakteri va egasiga bog'liq ravishda tasniflanadi.
• turli mulkchilik shakllariga asoslangan korxona va tashkilotlarning hisob-kitoblar, joriy va byudjet schyotlaridagi mablag'lari,
• iqtisodiy maqsadi bo'yicha har xil fondlar saqlanadigan maxsus schyotlardagi mablag'lar,
• kapital qo'yilmalar uchun saqlanayotgan korxonalarning o'z mablag'lari,
• korxona va tashkilotlarning hisob-kitoblaridagi mablag'lari,
• korrespondentlik schyotlaridagi boshqa banklar bilan hisob-kitoblar uchun mablag'lar,
• mahalliy byudjetlarning mablag'lari jamg'arma qo'yilmalari.
.
Jamg'arma qo'yilmalari
Bank omonati shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo‘naltiriladigan yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg‘arma omonatlar hisoblanadi.
Jamg‘arma omonatlar maqsadli, yutuqli va boshqa shartlar belgilangan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Ma’lum maqsad uchun jamg‘ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga yo‘naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. Omonatchiga foizlar yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan omonatlar yutuqli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. Yutuqlar pul mablag‘lari, omonatga qo‘shimcha foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Bank filiallarida mijozlar bilan bajariladigan omonat operatsiyalarining qonun hujjatlariga va bank ichki siyosatiga muvofiqligini nazorat qilish uchun omonat bo`linmasi tashkil еtilishi shart. Omonat bo`linmasi, Front-ofis va Bеk-ofis tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat ko`rsatayotgan banklarda "Mijozlarga chakana bank xizmatlari ko`rsatuvchi bo`lim", boshqa hollarda bankda omonat operatsiyalarini nazorat qilish bo`yicha alohida bo`linma (boshqarma, bo`lim, sho`’ba) sifatida tashkil еtilishi mumkin.
Omonat bo`linmasi tarkibida aholi omonatlari operatsiyalari ustidan so`nggi nazoratni amalga oshirish uchun ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida so`nggi nazoratchi shtat birliklari tashkil еtilishi lozim. So`nggi nazoratchi bir vaqtning o`zida nazoratchi vazifasini ham bajarishi mumkin еmas.
JISMONIY SHAXSLAR OMONATLARI BO`YICHA SHAXSIY HISOBVARAQLAR OCHISh,
YURITISh VA YOPISh
Jismoniy shaxslar omonatlarining hisobini yuritish uchun O`zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasida (ro`yxat raqami 773-17, 2004 yil 13 avgust) belgilangan hisobvaraqlarda 20 ta belgili shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. Jismoniy shaxslarga ochilgan hisobvaraqlar belgilangan tartibda Bank depozitorlari milliy axborot bazasida ro`yxatga olinishi shart.
Mijoz unga tegishli plastik kartasi ochilgan yoki uni identifikatsiyalash bo`yicha boshqa usullariga еga bo`lgan bank doirasida bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko`rsatish tizimlari orqali boshqariladigan depozit hisobvaraqlari bo`yicha belgilangan tartibda hisobvaraq ochish, ularni yuritish va hisobvaraqlarni yopish еlektron tarzda amalga oshiradi.
Shaxsiy hisobvaraqlar har bir omonatga nazoratchi tomonidan alohida ochiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxslarga bitta shaxsiy hisobvaraq ochilishiga yo`l qo`yilmaydi.
Muddatli va jamg`arma omonatlar muddati tugaganidan so`ng, ushbu omonat shartnomasining muddati uzaytirilgan hollarda, mazkur omonatlar uchun yangi hisobvaraqlar ochilmaydi va omonat hisobi oldingi hisobvaraqda davom еttiriladi.
JISMONIY SHAXSLARNING OMONATLARI
BO`YICHA OPERATSIYaLARNI AMALGA OSHIRIShDA
YURITILADIGAN HUJJATLAR
Omonat kassalarda omonat operatsiyalarini bajarishda quyidagi hujjatlar yuritiladi:
- Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi
- Kirim orderi
5) Chiqim orderi
8) "Kun davomida ishlatilgan qat’iy hisobda turuvchi blankalarning hisobini yuritish jadvali"
9) "Yo`qolgan omonat daftarchalari bo`yicha arizalarni ro`yxatga olish daftari"
10) Operatsion kundalik
11) Operatsion kundalikka ilova
12) Ishlatilgan qat’iy hisobda turuvchi blankalarni hisobdan chiqarish orderi
13) "Qat’iy hisobda turuvchi blankalarning harakatini hisobga olish daftari"
15) Omonat daftarchasi
Shaxsiy hisobvaraqlar omonat va unga hisoblangan foizlar to`liq to`langandan keyin yopiladi. Yopilgan shaxsiy hisobvaraqlar raqamlari qayta tiklanmaydi va boshqa shaxsiy hisobvaraqlarni raqamlashda foydalanilmaydi.
Omonatchining shaxsiy hisobvaraq raqami uning omonat daftarchasida, shaxsiy hisobvaraq varaqchasida, Kirim orderida va Chiqim orderida ko`rsatilishi shart.
Shaxsiy hisobvaraq omonatchilarga bir martalik operatsiya, shu jumladan xalqaro pul o`tkazmalari bo`yicha kelib tushgan mablag`lar uchun omonat daftarchasi bermagan holda ochilishi mumkin. Bunda bank omonati shartnomasida va omonatchi tomonidan shaxsiy hisobvaraq ochish uchun yozilgan arizada "omonat daftarchasi rasmiylashtirilmagan holda" deb ko`rsatilishi lozim.
Pul mablag`lari qonun hujjatlariga muvofiq naqd pulsiz shaklda omonatchining shaxsiy hisobvarag`iga kelib tushgan hollarda, pul mablag`lari arizada ko`rsatilgan hisobvaraqqa omonat daftarchasi rasmiylashtirilmagan holda o`tkaziladi yoki naqd pulda to`lab beriladi.
Omonat bo`linmasi tomonidan:
1) harakatsiz omonat hisobvaraqlari bo`yicha operatsiyalar bajarilmasligi uchun omonatchi kelgunga qadar dasturda omonat bo`linmasi tomonidan taqiq qo`yiladi;
2) barcha harakatsiz omonat hisobvaraqlari dasturiy ta’minotda alohida guruh sifatida jamlanadi hamda bankning markaziy omonat kassasi yoki bosh bankda faoliyat yurituvchi nazoratchiga biriktiriladi.
Har oy yakuni bo`yicha Omonat bo`linmasi tomonidan berilgan ro`yxatga asosan bankning barcha jamg`arma kassalari o`zlaridagi "harakatsiz omonatlar" bo`yicha birlamchi hujjatlarni biriktirilgan nazoratchiga topshiradi.
Bank va uning filiallarida "harakatsiz omonatlar" hisobvaraqlari bo`yicha chiqim operatsiyalarini bajarish taqiqlanadi.
Harakatsiz omonatlar bo`yicha operatsiyalarni amalga oshirish omonatchi tomonidan to`liq yoki qisman talab qilinganda, bank boshqaruvchisi nomiga harakatsiz omonat hisobvarag`ini tiklash bo`yicha yozma ariza taqdim qilinadi.
Harakatsiz omonat hisobvarag`i bo`yicha barcha operatsiyalar omonatchi yoki uning qonuniy vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati tekshirilgan holda arizasiga asosan amalga oshiriladi.
OMONAT KASSALARDA KUNLIK
AMALGA OSHIRILGAN OPERATSIYaLARNING
SO`NGGI NAZORATI
So`nggi nazoratchi omonat kassaning kunlik hisoboti va unga ilova qilingan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin quyidagilarni amalga oshiradi:
- Operatsion kundalik va Operatsion kundalikka ilovaga ko`ra hisobot kuni uchun kun boshidagi naqd pul, qimmatliklar va qat’iy hisobda turuvchi blankalar qoldig`ini tekshirilgan Operatsion kundalik va Operatsion kundalikka ilovada ko`rsatilgan oldingi kun oxiridagi qoldiqlar bilan solishtiradi;
- Operatsion kundalik va Operatsion kundalikka ilovadagi summa va miqdorlar aylanmalariga ko`ra hisobot kuni oxiridagi naqd pul, qimmatliklar va qat’iy hisobda turuvchi blankalar qoldig`ini tekshiradi;
- Operatsion kundalik va Operatsion kundalikka ilovaning barcha ustunlari bo`yicha summalarni orderlardagi yakuniy yig`indi summalar bilan solishtiradi;
- hujjatli banderollarda ko`rsatilgan jami pul summasini Operatsion kundalikning tegishli yakuniy summalari bilan solishtiradi;
- har bir banderoldagi orderlar hamda kassa hujjatlari summasi va sonini qayta hisoblaydi, olingan natijalarni banderoldagi yozuvlar bilan solishtiradi;
- Operatsion kundalik, Operatsion kundalikka ilova va banderoldagi imzolarni omonat bo`linmasidagi imzo va muhr namunalari bilan solishtiradi;
- har bir operatsiya bo`yicha hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan blankalarda rasmiylashtirilganligi, orderlar va hujjatlarda barcha rekvizitlar to`g`ri yozilganligi, order va hujjatlarda belgilangan imzolar borligi, Chiqim orderlari va hujjatlarda еsa bundan tashqari pul yoki qimmatliklarni olganligini tasdiqlab omonatchilar imzolari qo`yilganligi va imzolar so`nggi nazoratchiga berilgan namunalarga mosligi, summalarni ko`rsatishda tuzatishlar yo`qligi, summalarning raqamlar va yozuvlarda ko`rsatilishida o`zaro mosligini tekshiradi;
- hujjatlar bo`yicha qat’iy hisobda turuvchi blankalar nomi, raqami va seriyasiga ko`ra to`g`ri hisobdan chiqarilganligini tekshiradi.
So`nggi nazoratchi omonat kassalarining kunlik hujjatlarni tikib, rasmiylashtirganidan so`ng kunlik hujjatlar yig`majildlarini maxsus daftarga imzo qo`ydirgan holda bankning yakuniy nazoratni amalga oshiruvchi xodimga topshiradi. Yakuniy nazoratni amalga oshiruvchi xodim bankning omonatlar bo`yicha yig`majildlarini bank еlektron axborotlar bazasi asosida qonunchilikka mosligi va maqsadga muvofiqligini tekshirib chiqishi va yig`majildlarning titul varaqasiga o`z imzosini qo`yishi lozim. Ish kuni tugaganidan keyin kartotekalar saqlanayotgan metall qutilar va xona qulflanadi va metall muhrlar bilan muhrlanadi. Muhrlash uchun surg`uch yoki plastilin qo`llaniladi. Xona va kartoteka kalitlari hamda muhr omonat bo`linmasi boshlig`ida saqlanadi. Xona va kartotekalar ochilishidan oldin muhrlar buzilmaganligi tekshirilishi zarur.
So`nggi nazoratchida kassir va nazoratchilarning imzosi hamda omonat kassa muhri namunalari bo`lishi kerak.
Imzolar namunalari har yili 1 yanvar holatiga ko`ra hamda mas’ul xodimlar o`zgarganda yangilanib turilishi shart.
E`tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |