Mavzu: Elektrokimyoviy jarayonlar
Ma’ruza rejasi:
1. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari.
2. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari.
3. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari.
Kimyodagi barcha reaksiyalarni ikki turga bo‘lish mumkin: 1.Reaksiyaga kirishuvchi elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarmay koladigan reaksiyalar, 2. Oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalar.
Birinchi tur reaksiyalarga almashinish, parchalanish va birikish reaksiyalari misol bo‘la oladi.
M asalan:
HCl+KON=KCl+H2O
CaCO3→CaO+CO2
Bu misollarda xech qaysi elementning oksidlanish darajasi o‘zgarmaydi.
Ikkinchi tur reaksiyalarga sikib chikarish va boshqa reaksiyalar misol bo‘la oladi. Bunday reaksiyalar oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari deyiladi . Ularda elektronlar bir atom yoki ionlardan ikkinchi atom yoki ionlarga utadi.
Uziga elektron biriktirib olgan atom, ion, molekulalar oksidlovchi deb, elektron yo‘qotadigan atom, ion, molekulalar qaytaruvchi deyiladi. Elektron biriktirib olish jarayoni – qaytarilish jarayoni deb, elektron berish jarayoni – oksidlanish jarayoni deyiladi.
D emak oksidlovchi qaytariladi, va qaytaruvchi oksidlanadi. Oksidlanish–qaytarilish bir-biriga bog‘liq jarayonlardir. Masalan:
|-2e-↓ |-2 e- ↓
1) Mg+Cl2= Mg2+Cl-2; 2) H02+Cu2 + O =H+2O+Cu
Bu reaksiyada magniy xlorga elektron berib qaytaruvchi, xlor bu elektronlarni qabul qilib oksidlovchi, ikkinchi reaksiyada esa vodorod qaytaruvchi, mis ioni oksidlovchidir.
Element atomi oksidlanganda uning oksidlanish darajasi ortadi, qaytarilganda esa oksidlanish darajasi pasayadi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |