Mavzu: Fazolar chegarasidagi sirt hodisalar


Download 1.56 Mb.
bet1/3
Sana16.02.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1204025
  1   2   3
Bog'liq
faso sathi (2)


Mavzu: Fazolar chegarasidagi sirt hodisalar
Reja:
Sirtagi faol moddalar
Sath energiyasi va sirt tarangligi
Fazo chegarasi
Sirt faol moddalar - satxlar (fazalar) chegarasiga adsorbsiyalanib, sath energiyasini (sirt taranglikni) pasaytiradigan moddalar. Moddalarning fazalar chegarasiga adsorbsiyalanib, hajmiy konsentratsiyaga bogʻliq tarzda sirt taranglikni pasaytirish xossasi sirt faollik deyiladi. U Gibbsning adsorbsiya tenglamasi r=(C/RT)(dc/dc) tarkibiga kiruvchi G=da/dc qiymat bilan ifodalanadi. Yukrridagi tenglamaga muvofiq Sirt faol moddalarm. uchun Gibbs adsorbsiyasi nuldan katta boʻlishi (G>0) lozim.
Natijada adsorbsion qavatdagi modda konsentratsiyasi eritma hajmidagi konsentratsiyadan yuqori boʻladi. Sirt faol moddalarm. molekulasi difil tuzilishga ega bulib, 2 qism: qutblanmagan — gidrofob (suvdan qochuvchi) va qutblangan — gidrofil (suvga tortiluvchi) qismlardan iborat. Shu tufayli Sirt faol moddalarm. 1 ta erituvchining uzida sharoitga qarab, ham chin, ham kolloid eritma hosil qila oladi. 
Qutblanmagan guruhlar suvli sharoitda oʻzaro gidrofob taʼsirlanishga uchraydi. Agar gidrofob kiyem zanjirida 10—22 uglerod atomi saqlansa, ularning gidrofob taʼsirlanishi tufayli, shuningdek, qutblangan guruhlarning suv bilan kuchli taʼsirlanishi oqibatida Sirt faol moddalarm. molekulalarining oʻzaro assotsialanishi (birlashishi) roʻy beradi, natijada yirikrok, zarralar hosil boʻladi.
Kolloid Sirt faol moddalar. eritmasida mitsellalar hosil boʻlishi termodinamik jihatdan qulaydir. Bir xil qutblanmagan guruxlarning oʻzaro taʼsirlanishi Gibbs energiyasining oʻzoʻzidan kamayishiga olib keladi. Hosil bulgan mitsellalar yadrosini kugblanmagan radikallar, tashqi qobigʻini esa qutblangan guruxdar tashkil etadi. Bu, uz navbatida, gidrofob guruxlarning suv bilan eng kam taʼsirlashini taʼminlaydi
Kolloid Sirt faol moddalarm.ning mitsella hosil qiladigan eng kichik konsentratsiyasi mitsella hosil qiladigan kritik konsentratsiya deyiladi. Eritma konsentratsiyasiga qarab mitsellalar shakli oʻzgaradi. Kichikroq konsentratsiyada dastlab sferik (sharsimon) mitsellalar hosil boʻladi, konsentratsiya ortishi bilan mitsellalardan Sirt faol moddalarm. molekulalarining soni ortib, shakli silindr, soʻngra plastinka shakliga oʻzgarib boradi.
Kritik konsentratsiya qiymati Sirt faol moddalarm. tabiatiga, traga, yot moddalar va, ayniqsa, elekrolitlar mavjudligiga bogʻliq. Sirt faol moddalarm. molekulasidagi gidrofob guruxdar uzunligi ortsa, kritik konsentratsiya qiymati kichiklashadi. Bu qiymat eritmaning kinetik faol zarralari soni va oʻlchamiga bogʻliq xossalari, mas, sirt taranglik, elektr oʻtkazuvchanlik, optik xossalari boʻyicha aniklanadi.
Kolloid Sirt faol moddalarm. eritmasining muhim xossasi — solyubilizatsiya. Sirt faol moddalarm. ishtirokida erimaydigan yoki oz eriydigan kichik molekulali birikmaning suv fazasiga oʻz-oʻzidan oʻtishi solyubilizatsiya deyiladi. Solyubilizatsiya mexanizmi qutblanmagan modallarning mitsellaning gidrofob yadrosida erishidir. Solyubilizatsiya hodisasi oziq-ovqat sanoatida, farmatsevtika amaliyotida keng qoʻllanadi.
Organizmda ham Sirt faol moddalar mavjud. Ular surfaktantlar deb ataladi. Sirt faol moddalarning ionli, ionsiz; anion faol, kation faol, amfolit turlari mavjud. Ular xalq xoʻjaligining turli sohalarida emulgator, solyubilizator, stabilizator, hoʻllovchi, flotoreagent, yuvuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda Sirt faol moddalar boʻyicha K. S. Ahmedov tashkil qilgan ilmiy maktabda katta izlanishlar olib boriladi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling