Mavzu: fizika o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyoRlash masalalari. Reja Kirish


Download 217.73 Kb.
Sana23.10.2020
Hajmi217.73 Kb.
#135974
Bog'liq
Иқтидорли ўқувчилар б.ишл.


Annotatsiya

Dunyoda fan-texnika jadal sur`atlar bilan yildan-yilga rivojlanib bormoqda. O`quvchilarni fan va texnika yangiliklari bilan doimo tanishtirib borish lozimligi bugungi hayot talabidir.

“Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda makabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqar ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi”.

Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi maktab fizika kursining dasturidan tashqari o‘quvchilarga qo‘shimcha bilim berish, fizikadan amaliy va laboratoriya ishlarini bajarishlarida ularning malaka va ko‘nikmalarini yanada oshirish, fizikani amaliyotda qo‘llanilishi bilan bog‘liq yo‘nalishlar hamda bu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish va shu orqali ularning ongli ravishda kasb tanlashlariga zamin yaratishdan va iqtidorli o`quvchilarni aniqlashdan iborat.



MAVZU: FIZIKA O‘QITIShDA IQTIDORLI O‘QUVChILAR BILAN IShLASh VA ULARNI TURLI TANLOVLARGA TAYYoRLASh MASALALARI.

Reja

Kirish

1. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan

ta’lim berish yo‘llari, shakllari va usullari, ularni fanlar bo‘yicha

o‘tkaziladigan olimpiadalarga tayyorlash metodikasi.

2. Fizika fanini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladigan qo‘shimcha

adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ta’lim saytlari va

portallaridagi elektron resurslar tahlili.

3. Fizikadan qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan masalalarni

tanlash, ularni yechish va namunalar keltirish.

4. Fizika o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan

ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyorlash masalalari



Xulosa va tavsiyalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Ilova

Kirish

Bugungi tez o‘zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy haѐt bolalar

va ѐshlar dunѐqarashini shakllantirish yangi pedagogik interfaol

metodlardan keng foydalanishni taqozo qiladi. An’anaviy mashg‘ulotlar

olib borish asta sekin o‘z o‘rnini intensiv va interfaol metodlarga,

noan’anaviy mashg‘ulot o‘tish ishlariga bo‘shatib bermoqda.

Bilim qanchalik mustahkam bo‘lsa, bola dunѐqarashi, intellektual

salohiyati shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Hozirgi kunda bolalar

uchun informatsion savodxonlik ta’lim samaradorligini oshirishning

muhim sharti hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bo‘g‘ini

bo‘lgan maktabgacha ta’lim oldiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq,

maktabgacha ta’lim muassasalari ta’lim – tarbiya jaraѐnining

samardorligini oshirish, ilm – fanning so‘ngi yutuqlarini amaliѐtga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb – hunarli,

Ona Vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni

ardoqlaydigan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va

oila oldida o‘z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol bolani

kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini

singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida

tobora faol qo‘llanilaѐtgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarning turli

yo‘nalishi bolalarning ma’naviy kuchi, qobiliyatlarini ochish uchun maqbul

sharoit yaratib bermoqda. Ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib boraѐtgan

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim jaraѐnini sifat va mazmun

jihatdan yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilaѐtganligi barchamizga

ma’lum. Ayniqsa, ta’lim jaraѐnini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy

texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan,

texnologiya, axborot, kompyuter, multimedia, internet, masofali o‘qitish,

yagona axborot muhiti va shunga o‘xshash axborot-kommunikatsion

texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o‘zining

samarasini bermoqda.

Hozirgi kunda ishlab chiqarish texnologiyalari tezlik bilan

rivojlanaѐtgan bir davrda ta’lim sohasi ham boshqa ishlab chiqarish

muassasalari kabi ilmiy, asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar,

informatsion ma’lumotlarni qo‘llagan holda malakali mutaxassislar

faoliyat yuritadigan raqobatbardosh, ilmli, bilimli kishilarni Vatan

ravnaqi uchun tayѐrlab beradigan soha sifatida rivojlanib bormoqda.

Xar bir pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi pirovard natijaga

erishish yo‘llarini bandma-band aniqlash va unga so‘zsiz erishishdan

iborat.

Pedagogik texnologiyani har tomonlama puxta o‘ylangan pedagogik

loyihalashtirish, ta’lim jaraѐnini tashkil qilish bola va pedagog uchun

erkin, qulay shart-sharoit yaratish orqali xamjihatlikda ishlab chiqilgan

model desak bo‘ladi.

Ta’lim jaraѐnida bolaga murojaat qilmaslikning iloji yo‘q. Bola bu

jaraѐnda qanday vazifani bajarishi kerak - maqsad vazifasinimi ѐki unga

erishish uchun vosita vazifasinimi?



1. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan

ta’lim berish yo‘llari, shakllari va usullari, ularni fanlar bo‘yicha

o‘tkaziladigan olimpiadalarga tayyorlash metodikasi.

Sinfdan tashqari o`tkaziladigan to`garaklar ham, dars singari quyidagi ta`lim va tarbiyaviy vazifalarni hal etishi kerak:

  1. O`quvchilarga puxta bilim berish. Sinfdan tashqari olib boriladigan barcha to`garaklar o`quvchilarga puxta va hartaraflama bilim berishga qaratiladi, chunki hozirgi zamon ilmiy texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalari, elektron hisoblash mashinalari, sun`iy yo`ldoshlar orbittaga chiqishi, yarim o`tkazgichli materiallar ishlab chiqarilishini takomillashtirish va qishloq xo`jalik sohalarida ishlash uchun yoshlar fizika va texnika yuzasidan puxta bilimga ega bo`lishi talab etiladi:

  2. O`quvchilarning fan asoslarini o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini oshirish va ularning mustaqil bilim olishlari uchun zarur bo`ladigan ko`nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.

O`quvchilarning qiziqishini vujudga keltirishda va ijobiy tashabbuskorligini rivojlantirishda qiziqarli tajribalar, eksperimental masalalar ishlash, yangi mavzuni hayotga bog`lab o`tish, multimediyalar, elektron darsliklardan foydalanish, kinofilmlarni namoyish qilish, qiziqarli kechalar uyushtirish, mustaqil o`qish uchun ilmiy va fantastik adabiyotlar tavsiya etish, tabiatga, ilmiy tadqiqot institutlariga va imkoni bo`lsa GESlarga sayohat tashkil etish hamda o`zbek fizik olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish nihoyatda muhim ahamiyatga ega:

  1. O`quvchilarni ilmiy tadqiqot metodlari bilan tanishtirish. Odatda, o`quvchilar fizik asboblar bilan tanishadi va u bilan muomalada bo`ladi. Bu va kuzatishlar fizik hodisalarni, qonuniyatlarni, labaratoriya mashg`ulotida hisob-kitobni to`g`ri talqin etishga yordam beradi.

  2. To`garaklar o`quvchilarni milliy qadriyatlarimizni saqlash ruhida tarbiyalash har bir o`qituvchining diqqat markazida turishi kerak. Aqliy tarbiya, politexnik tarbiya, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya, jismoniy va axloqiy tarbiya maktabda beriladigan tarbiyaning tarkibiy qismidir, shunday ekan: o`quvchilarni mehnat qilishga qiziqtirish, ularda mehnatga havas va hurmat hisini uyg`otish fizikadan sinfdan tashqari mashg`ulotlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Fizika to`garaklarining mazmuni o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar tomonidan olib boriladigan mustaqil ishlar, tajribalar, masala ishlash, kechalar, kuzatishlar, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlarni o`qish, o`quv filmlari namoyish qilish, xalq xo`jaligini turli sohalariga oid ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilish, tabiatni muhofaza qilish,fizik bilimlarini keng jamoatchilik o`rtasida targ`ib etish, ko`rgazmali qurollar tayyorlash, turli maketlar yasashdan iborat.

Fizika o`quv predmeti bo`yicha sinfdan tashqari mashg`ulotlar VI-IX sinf o`quvchilarini qamrab olgan bo`lib, ularda tabiat hodisalarining xilma-xilligi, inson va uning texnikadagi rolini o`rganish, fizika asboblari ustida ishlash va tajribalarni kuzatish, qiziqarli tajribalar, eksperimental masalalar ishlash, fizik asboblar yasash, “Fazogirlar kuni”, “O`zbekistonni elektirlashtirish”, “Radio kuni” ni o`tkazish, adabiyotlar bilan ishlash, ko`rgazmali qurollar, stend va jadvallar yasash kabi ishlar bajariladi.

Bola iqtidorini

rivojlantirish , shakllantirish va uni iqtidorli shaxsga aylantira olish

o‘qituvchining iqtidorli bola bilan ishlay olish xususiyatlariga bogliq.

Bular- o‘qituvchining motivatsion tayyorgarligi , qiziquvchanligi, o‘z ishiga

sodiqligi, faol izlanuvchanligi, mehnatsevarligi, inson faoliyatining

barcha sohalarini bilishi, iqtidorli bola psixologiyasini tushunishidir.

Yangiliklarga intilish, borliqning sir-sinoatlarini ochish, o‘rganishga

intilish maktab partasidayoq tug‘iladi. Shuning uchun aynan maktabdan fan

va texnikaning turli sohalari bilan qiziquvchi bolalarni aniqlash,

ularning orzu va rejalarini amalga oshirishiga, o‘quvchilarning

imkoniyatlarini to‘laroq yoyishlariga, ularning fan va hayotdagi izlanishlar

yo‘liga chiqishiga yordam berish juda muhimdir.

Pedagogik jaraѐnning asosiy vazifalari:

Ta’limiy- ilmiy bilim asoslarini o‘zlashtirish, amaliy faoliyat va

o‘quv tarbiyaviy tajribaning motivatsion shakllanishi;

Tarbiyaviy- odamlar munosabatidagi ma’lum bir sifat, xususiyatning

shakllanishi;

Rivojlantiruvchi- bolaning psixik jaraѐni, xususiyati va

sifatining shakllanishi hamda rivojlanishi;

Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi o‘z ichiga quyidagi

texnologiyalarni ham qamrab oladi:

 Bolaga insonparvarlik ѐndashuvi;

 hamkorlik texnologiyasi;

 o‘yin texnologiyasi;

 kommunikativ ta’lim texnologiyasi;

 erkin tarbiya texnologiyasi;

 bolani qo‘llab-quvvatlash texnologiyasi.

Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga qo‘yiladigan

talablar:

 dialog ( o‘zaro suhbat);

 faollik va ijodkorlik;

 bolaning individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;

 bolaga mustaqil ijod qilishi, qaror qabul qilishi, ta’lim olish turi

va uslublarini tanlashi uchun keng imkoniyat yaratib berish;

Pedagog quyidagi talablarga javob berishi kerak:

 san’at, ijodkorlik va bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

 insoniy, pedagogik pozitsiyada bo‘lish;

 bolalarning ruhiy va jismoniy sog‘lom bo‘lishi va bolalik

ekologiyasi haqida qayg‘urishi;

 doimiy ravishda madaniy-informatsion, fanni rivojlantiruvchi

yangiliklardan unumli foydalanib ta’lim jaraѐnini boyitib

borishi;

 ta’lim mazmuni bilan ishlashni bilishi bola shaxsiga

yo‘naltirilgan shakl bera bilishi;

 har xil pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi va ularga

bolani rivojlantiruvchi yo‘nalish bera olishi;

 har bir bolaning individual xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlashi

va ularni rivojlantirish haqida qayg‘urishi.



2. Fizika fanini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladigan qo‘shimcha

adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ta’lim saytlari va

portallaridagi elektron resurslar tahlili.

Bolaga insonlarvarlik ѐndashuvi texnologiyasi

Bu texnologiya avvalo bolani insonparvarlik ѐndashuvi,

psixoterapevtik yo‘nalishi bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi.

Bular o‘z o‘rnida majburlashni qoralaydi va aksincha bolani har tomonlama

hurmat qilish, uni yaxshi ko‘rish, hamda bolaning ijodkorlik

imkoniyatlariga optimal ishonch bilan qarash g‘oyalarini ilgari suradi.

Bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim

tarbiyalanuvchining shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik

muhitni hamda ta’lim-tarbiya jaraѐnini tashkil etishning psixologik

shart-sharoitlarini nazarda tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir

bolani tushunish, hurmat qilish, unga ishonish, hamkorlikda ishlash kabi

xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil fikrlashga o‘rgatish

zarurati, qolaversa mustaqillikni mustahkamlash ehtiѐjini ko‘zlab, xalq

ruhiga singib qolgan mute’lik, jur’atsizlik, tobelik, o‘z fikrini yakdil

baѐn eta olmaslik kabi illatlarni tugatish, shuningdek serandishalik,

noo‘rin sabr-toqatlilik kabi fazilatlarni ongidan chiqarish zamonaviy

ta’lim talablaridan sanaladi. Mustaqillik sharofati ila erkinlik,

Vatan, millat, davlat oldida mas’ullik, yuksak ma’naviyatga intilish,

shaxsiy fikrga ega bo‘lish singari bobokalonlarimizdan o‘tib kelaѐtgan

fazilatlar qayta jumbushga kela boshladi. Shu nuqtai nazardan, birinchi

prezidentimiz mashhur ijobiy «portlash effekti» to‘g‘risida gapira turib:

- «Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar

shu ichki quvvatning to‘liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit

yaratilsa,.. har qaysi inson Olloh taolo a’to etgan noѐb qobiliyat va

iste’dodini avvalo o‘zi uchun, oilasining, millati va xalqining,

davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa,

bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiѐtga erishadiki, uning sur’at va

samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas», degan edi. Bu teran fikr,

haѐtiy mantiq mamlakatimizda ѐshlar uchun yaratilaѐtgan shart-sharoitlar,

ularning ta’lim-tarbiyasiga berilaѐtgan e’tiborda o‘z ifodasini topmoqda.

Oldindan qilingan bu bashoratning yaqin orada haqiqatga aylanmog‘i

muqarrar, bu ishonch O‘zbekistonning kelajagining buyukligiga bo‘lgan

ishonch bilan uyg‘unlashib ketadi.

Bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan texnologiya asosida

tarbiyalanuvchi –tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchi-tarbiyalanuvchi hamkorligi

ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu jaraѐnda ta’lim-tarbiya ijobiy natijalarga

yo‘naltiriladi. “Bola”– kim? Bola ijtimoiy munosabatlar tizimining

ko‘p qirrali, murakkab qismidir. U bir tomondan, ijtimoiy-tarixiy

taraqqiѐtning mahsuli bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘zi ijtimoiy taraqqiѐtni

ta’min etadi. Demak, ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy

taraqqiѐtda faol ishtirok etuvchi insongina bola deb ataladi.

Psixologlarning ta’biricha, fikrlash, ya’ni tafakkur-odam miyasida sodir

bo‘ladigan jaraѐn. Sezgi organlari ojizlik qilgan o‘rinlarda odam va

olamning xususiyatlari tafakkur orqali o‘rganiladi. Tafakkur aqliy

faoliyatning, ongli xatti-harakatlarning majmui. U tevarak-atrof, voqelik

hamda ijtimoiy muhitni bilish quroli, inson faoliyatini to‘g‘ri va

samarali amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. Kishi fikrlash

jaraѐnida o‘zi ko‘rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va

hodisalarning to‘g‘riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa

munosabatini aniqlaydi.



3. Fizikadan qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan masalalarni

tanlash, ularni yechish va namunalar keltirish.

O‘yin texnologiyasining turlari va tuzilmasi, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishning o‘yin metodlari

Pedagogik amaliѐtda qo‘llaniladigan o‘yinlar faol o‘qitish

metodlari sirasiga kiradi, chunki unda, talab, o‘quvchining mahsuldor-

ta’limiy faoliyati ustuvorlik kasb etadi.

O‘quv o‘yinlari:

 yechimning ko‘p variantliligi va muqobilliligi, ulardan birmuncha

samaralisini tanlashni amalga oshirish talab etiladi;

 noaniqlik sharoitida va shartli amaliѐt muhitida yechimni qabul

qilish zarurati;

 standart holatdan farq qiladigan o‘yinni o‘tkazish shartlarining

xilma-hilligi, ularning mutaxassisning bo‘lajak faoliyatida

uchrashi;

 qisqa muddatda o‘yinning o‘tkazilishi, vaziyatlarni bir necha qayta

takrorlash imkoniyati;

 qabul qilinaѐtgan yechim natijalarining ko‘rsatmaliligi;

 nazariy bilimlarni amaliy kasbiy faoliyat bilan integratsiyasi,

mutaxassislik bo‘yicha malakalarning hosil qilinishi;

 individual o‘qitish imkoniyatlarining mavjudligi.

O‘yinda talabalarning mahsuldor ijodiy izlanish tafakkuri umumiy

holda emas, balki bo‘lajak kasbiy faoliyatini bajarishga nisbatan

rivojlanadi.O‘yin davomida yechim maqbul deb topilsa, uni almashtirish

imkoniyati mavjud, bu uchun orqaga qaytilib zaruri qabul qilinadi, uning

afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash uchun sinalgan usul bilan

taqqoslanadi. Bunda bolalarga turli rollarda bo‘lish va o‘z yechimlarini

taklif qilishlari uchun imkoniyat berish maqsadida o‘yin vaziyat bir necha

marta qayta takrorlanadi.

O‘quv o‘yinlari bolalarda mustaqil ishlash ko‘nikmasi, ijodiy

fikrlash qobiliyati va jamoani boshqarish, yechim qabul qilish hamda uni

bajarishni tashkil etish malakalarini rivojlantiradi va

mustahkamlaydi.

O‘yin davomida bolalarda quyidagi ko‘nikma va malakalar hosil

qilinadi:

 yechim qabul qilish uchun zarur axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish;

 to‘liq bo‘lmagan ѐki ishonchli axborotlar yetarli bo‘lmagan sharoitda

yechim qabul qilish, qabul qilingan yechim samarasini baholash;

 muayyan turdagi masalalarni tahlil qilish;

 bo‘lajak kasbiy faoliyatning turli sohalari o‘rtasida bog‘lanishlar

o‘rnatish:

 jamoada ishlash, guruhli fikrlash usullaridan foydalanib,

birgalikda kelishilgan yechim ishlab chiqish;

 jaraѐn va hodisalarni tatqiq qilishda tizimli ѐndashuvdan

samarali ijodiy foydalanish asosi sifatida abstrakt va timsolli

fikrlash.

O‘yinli o‘qitish metodi ko‘p funksionalli va insonning turli

psixologik xususiyati va sifatlarini shakllantirish hamda

rivojlantirish uchun qo‘llanishi mumkin: kasbiy yo‘naltirilganlik,

aqliy mustaqillik u ѐki bu faoliyat sohasidagi bilim, ko‘nikma va

malakalar: bilish va kasbga oid masalalarni ijodiy uchish,

tashkilotchilik va kommunikativ sifatlar, baholash va o‘z-o‘zini baholash.

O‘yinli o‘qitish vazifalari ichida quyidagilarni alohida ta’kidlash

lozim: instrumentalli-ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

 gnostik-bilim va tafakkurni shakllantirish;

 ijtimoiy-psixologik-bolada kommunikativ sifatlarni

shakllantirish.

Ta’kidlanganlar bilan bir qatorda o‘yinli o‘qitishning diagnostik,

motivatsion, modellashtiruvchi, tashkiliy va kreativ, nazorat va tuzatish

funksiyalari joriy etiladi.

O‘yinli o‘qitish metodlarining yuqori samaradorligi an’anaviy metod

bilan taqqoslaganda jiddiy afzalliklar bilan farqlanadi.

Har bir bola iqtidor egasi bo‘lib tug‘iladi. Bu iqtidorni yuzaga

chiqarish faqat alohida shaxs uchun emas, balki jamiyat va uning taraqqiyoti

uchun zarurdir. Shuning uchun zamonaviy malakali pedagoglarga qo‘yiladigan

asosiy talablardan biri iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, iqtidorni

kerakli yo‘nalishda rivojlantirish uchun ijodiy yondashish va uni yuzaga

chiqarish uchun zarur shart- sharoitni yaratish, o‘quvchi yoshlar ruhiyatini

tushuna olish va malakali yordam bera olishdir.

Iqtidor - bu: Aqliy salohiyat yoki intellekt, bilim olishga bo‘lgan

qiziqish va salohiyatining, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yuqoriligidir.

1 Iqtidor – intellektual imkoniyatlar va talabchanlik majmuidir.

2 Insonning sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilishini va uning

o‘ziga xos faoliyatini ta’minlovchi umumiy xususiyatdir.

3 Inson faoliyatini yuqori darajalarga olib chiquvchi ichki

imkoniyatlar majmui.

Iqtidor – inson ruhiyatining butun hayoti davomida tizimli

rivojlanadigan psixikaning imkoniyati bo‘lib, insonning boshqalarga

nisbatan noan’anaviy va favqulodda natijalarga erishishini ta’minlaydi.

Iqtidor insonning barcha imkoniyatlarini va fikrlashini hayotning yangi

talablarini hal qilishga va yangi sharoitlarga moslashishga yo‘naltiradi.

Iqtidor turlari:

Badiiy iqtidor;

Umumiy intellektual iqtidor;

Yetakchilik iqtidori;

Amaliy iqtidor;

Iqtidor belgilari:

Ma’lum bir faoliyat turiga bo‘lgan qiziqishning barqarorligi;

Kam harakat natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish;

Muammolarga o‘zgacha yondashish va ularni hal qila olish.

Umumiy aqliy iqtidor turlari:

Salohiyat;

Iqtidor;

Bilim olishga ehtiyojning yuqoriligi;

Noan’anaviylik.

Iqtidorni rivojlantirish yo‘llari:

Darslarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish;

Darsdan tashqari vaqtda ijodiy faoliyatning rivojlanishi;

Ta’lim muassasidan tashqari vaqtda ijodiy faoliyatning rivojlanishi;

Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ijodiy faoliyatning rivojlanishi.

Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash shartlari:

Doimiy ravishda ularning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini

yo‘naltirish;

Bilish jarayoniga ijodiy tus berish;

O‘quvchi eng yuqori natijaga erishishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishni tanlashga ko‘maklashish.

Iqtidorli o‘quvchilarni faoliyatini rivojlantirish loyihasi

• O‘quvchilarning munosabatga kirishish qobiliyatini rivojlantirish;

• O‘quvchilarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini

kuchaytirish

• O‘quvchilarda o‘z-o‘zini baholash qobiliyatini kuchaytirish

• O‘quv faoliyatiga qiziqishni kuchaytirish

• Xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirish

• O‘quvchilarda og‘zaki va leksik ko‘nikmalarni rivojlantirish

Iqtidorli o‘quvchilar bilan faoliyat yuritish turlari:

Iqtidorli o‘quvchilar guruhini tashkil qilish;

Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish;

Qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish;

Fakultativ darslar tashkil etish;

Tanlovlar va olimpiadalarda ishtirok etish;

Shaxsiy reja asosida faoliyat yuritish;

Individual konsultatsiyalar tashkil etish;

Ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashish;

Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchi:

Ziyrak va zukko bo‘lish;

Iqtidorli bolalar psixologiyasini yaxshi bilishi xamda ularning talab

va qiziqishlarini his qila olishi;

Ta’lim soxasida tajribaga ega bo‘lishi;

Yuqori intellektual salohiyat egasi bo‘lishi;

Mahoratli va dunyoqarashi keng bo‘lishi;

Iqtidorli bolalarni o‘qitish bilan bog‘liq xar qanday majburiyatni

bajara olishi;

Tabiatan faol va kirishimli bo‘lishi;

Izlanuvchan va doimo o‘z ustida ishlashi;

Ijodiy fikr yuritish, noan’anaviy dunyoqarashga ega bo‘lishi zarur.

4. Fizika o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyorlash masalalari

Hozirgi kunda ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishilayotganligi

barchamizga ma’lum. “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi”da iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, ularning

iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirish belgilab berilgan. Shu ma’noda akademik

litseyda tahsil oladigan o‘quvchilarni ilm- fanga yunaltirish, iqtidorli va

iste’dodli o‘quvchi yoshlarning iqtidori va iste’dodini yanada

shakllantirish borasida keng amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi bolani butun bir ta’lim

tizimining markaziga qo‘yadi va unga tabiatan berilgan o‘z qobiliyatini

ro‘ѐbga chiqarishi uchun har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit

yaratadi. Pedagogik texnologiyaning muhim tarafi ta’lim jaraѐnidagi

bolaning o‘rni va unga kattalarning munosabatidir. Bunda bolani ta’lim tizimiga moslashtirmay, balki bolaning

individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishi uchun imkon

beriladi, uning o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil o‘qish, o‘zligini namoѐn

etish, faollashtirish xususiyatlari asosida anglash, mushohada qilish, o‘z

amaliy faoliyatida sinab ko‘rish, yangi g‘oya va fikrlarni bildirish, mavjud

muammolar yechimining samarali yo‘llarini qidirish uchun erkinlik berish,

bolaning ijodiy, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish uchun sharoit

yaratiladi. Har qanday bola o‘ziga xos takrorlanmas tabiati, xarakter

xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga intiladi.

Tarbiyachi mashg‘ulot jaraѐnida bolalar tafakkurini rivojlantirishga

xizmat qiluvchi usullar (muammoli-izlanish, tadqiqot, dialog, evristik

suhbat, munozara, guruhlarda ishlash) dan foydalanib, shunday shart-

sharoitlarni tarkib toptirishi lozimki, natijada bola uchun dastlab

neytral bo‘lgan ob’ekt kutilmaganda sub’ektiv hususiyat kasb etsin.

Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda, ularga fanlar bo‘yicha amaliy

yordam berishda muammolar ham yo‘q emas. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash

tajribasiga asoslangan holda muammolarni hal qilishda quyidagi

vazifalarni bajarish samarali natija beradi.

Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashdagi muammolar

Iqtidorni aniqlay olmaslik;

Uslubiy adabiyotlarning mavjud emasligi;

Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda vaqtning yetishmasligi;

O‘quvchilarning o‘ta bandligi;

Ma’lum bir fan bo‘yicha bilimlarning chuqur o‘rgatilishining mohiyatini

o‘quvchi tomonidan to‘g‘ri baholay olinmasligi

Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash yuzasidan tavsiyalar

Nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish uchun kerakli ko‘rsatmalarni

berish; Iqtidoridan kelib chiqqan holda fanlar bo‘yicha “Iqtidorli

o‘quvchilar maktabi” ni tashkil etish Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni

uzviy, uzluksiz tizimda tashkil etish. O‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarini

o‘tkazish uchun moddiy-texnik baza yaratish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan

ishlash uchun olimpiada talablari asosida dastur yaratish. Iqtidorli

o‘quvchilar bilan ishlash uchun olimpiada talablari asosida testlar bazasini

yaratish va interfaol metodlardan foydalanish zarur. Masalan:

Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.

“Davra suhbati” metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko‘z aloqasi”ni o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar.



Davra stolining tuzilmasi: Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi” ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi. Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan



Davra suhbati” metodining tuzilmasi: metodning bosqichlari quyidagilardan iborat: 1) Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi; 2)Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi; 3)Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta’lim oluvchi konvertga va “Javoblar varaqalari”ga o‘z ismi-sharifini yozadi; 5)Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi; 6) Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi; 7) Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi; 8) Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi “Javoblar varaqalari”ni baholaydi; 9) Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.



Loyiha” metodi: - bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhiningbirgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir.

Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak. Quyidagi chizmada “Loyiha” metodining bosqichlari keltirilgan. “Loyiha” metodining bosqichlari: metodning bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Muhandis-pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar.

2. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketligini, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.

3. Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar.

Ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.

4. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.

5. Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar. Bundan tashqari kichik guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tekshirishga ham jalb etiladilar. Tekshiruv natijalarini “Baholash varaqasi” da qayd etiladi.



Xulosa

Iqtidorli bolalar - tabiatning eng ajoyib ne’matlaridan biridir.

Iqtidorli bola bu qobiliyatli boladir. Davr va jamiyat o‘ziga xos ijodiy

iqtidorga ega bo‘lgan shaxslarga qiziqish bildirganligi sababli hozirgi

vaqtda iqtidorli bolalarni aniqlashga ehtiyoj yuqori. Iqtidorli bolalarni

aniqlash va ular bilan ishlashni tashkil qilish xozirgi davrda ta’lim

tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.

Iqtidorli bolalar odatda kuchli xotira, nutq va abstrakt tafakkurga

ega bo‘ladi. Iqtidorli bolalar ko‘p savol berishlari, ma’lumot va

tajribalarni sinflarga ajrata olishlari,to‘plangan bilimlardan keng

foydalana olishlari bilan tengdoshlaridan ajralib turadilar,ular lug‘at

va ensiklopediyalarni bajonidil o‘qiydi, aqliy faoliyatni

rivojlantiruvchi masalalarni yaxshi ko‘radi . Iqtidorli bolani odatda test,

savol-javob, kuzatuv, suhbat, anketa metodlari, nostandart masalalar,

qiziqarli, mantiqiy va murakkab masalalar berish orqali aniqlanadi.

Bundan tashqari g‘arb mamlakatlarida bola iqtidorini aniqlovi turli xil

psixologik testlardan foydalaniladi.

Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash birinchi masala bo‘lsa, keyingi

masala bu – iqtidorni rivojlantirish, shakllantirish, o‘quvchiga mos ish

rejasini tuzishdir. Bu esa o‘qituvchidan katta mehnat va kasbiy

tayyorgarlikni talab qiladi. Uzluksiz ta’limning asosiy vazifasi bola

iqtidorini o‘z vaqtida aniqlash va rivojlantirishdir.

FOYDALANILADIGAN ADABIYoTLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni

2. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi»

Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiѐtining poydevori.– .: Sharq nashriѐt

matbaa konserni, 1997. – 31 – 64 b.

4. Mirzaxmedov B., G‗ofurov N. va boshqalar. Fizika o‗qitish nazariyasi va

metodikasi Toshkent-2010

6. Turdiev N.Sh., Asadov Yu.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy

o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga

yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari, T.N.Qori Niѐziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, T.: 2015.-160.

9. Ganieva M.A., Fayzullaeva D.M. Keys-stadi o‘qitishning pedagogik

texnologiyalari to‘plami. Metodik qo‘llanma.T.:TDIU,2013.–95b.

11. Ishmuhamedov R.J. Bolalarni tarbiyalash va sog‘lomlashtirish

ishlari–da pedagogik texnologiya (o‘zbek va rus tillarida).– T.,UDAP, 2004. .

12. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar ѐrdamida ta’lim

samaradorligini oshirish yo‘llari.–T.:Nizomiy nomidagi TDPU, 2004, 2008

(qayta nashr). – 44 b.

13. Ishmuhamedov R. O‘quv jaraѐnida interfaol uslublar va pedagogik

texnologiyalarni qo‘llash uslubiyati. – T.: RBIMM, 2008. – 68 b.

ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI

1. http://www.edu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi portali,

2. http://www.uzedu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

vazirligi portali,



3. http://www.multimedia.uz (http:// www.eduportal.uz) -O‘zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi sayti
Download 217.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling