Mavzu: global jarayonlar va barqaror taraqqiyot


Download 421.23 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi421.23 Kb.
#1410662
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ГЛОБАЛЛАШУВ

MAVZU: GLOBAL JARAYONLAR VA BARQAROR TARAQQIYOT

Fan o‘qituvchisi: Cho‘liyeva Vasila Erkinovna

Falsafa fanlari doktori, dotsent

REJA:

1.Globallashuv va global jarayonlar.

2.Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari.

3.Global tarbiya va ta’lim barqarorlik omili.

4. Globallashuvning asosiy muammolari.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. – Toshkent: 2019.

2.Otamurodov S. – Globallashuv va milliy ma’naviy xavfsizlik.-T.: O‘zbekiston” 2015.

3.Nazarov Q (umumiy tahriri ostida) Falsafa qomusiy lug’at. – T.: 2004.

GLOBALLASHUV VA GLOBAL JARAYONLAR

GLOBALLASHUV – (lotincha “globus”, inglizcha “xalqaro”) so‘zlaridan olingan bo‘lib, “butun dunyo” degan ma’noni anglatadi.

Globallashuv — bu butun dunyo boʻylab iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiya va birlashish jarayonidir.

Globallashuv bu xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan bogʻlangan milliy iqtisodiyotlar majmui sifatida tushuniladigan, jahon iqtisodiyoti tarkibini oʻzgartirish jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir.

Globalizatsiyaning mohiyati 1780 yilda faylasuf Jeremi Bentxam tomonidan birinchi bor muomalaga kiritilgan “xalqaro” so‘zi o‘sha davrda dunyo siyosatida jiddiy o‘zgarish yuz berganligidan dalolat edi. Bugungi kunda “globalizatsiya”ni ham shunday tub o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirgan tushuncha sifatida qarash mumkin. Globalizatsiya deganda, odatda, xalqaro savdoning jadallashuvi natijasida jahondagi iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, siyosiy va madaniy munosabatlarning shaklan va mohiyatan o‘zgarishini xarakterlovchi jarayon tushuniladi. Globalizatsiya – turli jamiyatlar o‘rtasidagi bir-biriga o‘zaro bog‘liqlikni ortishiga ta’sir etayotgan jarayon bo‘lib, uning natijasida yer kurrasining bir burchagida yuz berayotgan hodisalar dunyoning boshqa nuqtalarida yashovchi xalqlar hayotiga ta’sir etadi. Globallashgan dunyoda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy voqealar bir-biriga bog‘liq tarzda rivojlanib boradi.


Download 421.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling