Mavzu: Havoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari Reja


Download 31.16 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi31.16 Kb.
#1712983
  1   2   3
Bog'liq
Havoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari



Mavzu: Havoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari

Reja:

  1. Havoni konditsirlash.

  2. Havoni konditsirlashning markaziy va mahalliy tizimlari.

  3. Chordoqdagi konditsiyalangan havo o‘tkazuvchilar orqali har bir xonaga uzatish.



Havoni konditsirlash, havoni moʻʼtadillash — maxsus qurilmalar va vositalar yordamida xonalarda optimal temperatura. namlik va sof havoni taʼminlash. Insonning sogʻ-ligʻi va kayfiyati, sanʼat asarlari va ashyolari yaxshi saqlanishini taʼminlash, texnologik jarayonlar, jihoz va asboblarning ishini boshqarishda eng qulay sharoit yaratib berish uchun qoʻllanadi. Havoni konditsirlashda avtomatik boshqa-riladigan tizimlar mavjud. Har bir tizim quyidagilardan tashkil topa-di: datchik (uzatkich) buyuruvchi asbob, ijrochi mexanizm, aloqa vositasi. Datchik atrof muhitdagi oʻzgarishlarni qayd etadi va bu haqda buyuruvchi asbobga axborot uzatadi. Buyuruvchi asbob, oʻz navbatida, ijrochi mexanizmga impuls beradi. Ijrochi mexanizm berilgan impulsga muvofiq tegishli manbalar (suv, havo va boshqalar) ni harakatga keltiradi.
Havoni konditsirlash tizimlari baʼzan oqimli ventilyatsiya vazifasini ham bajaradi: issiq davrlarda havoni sovitadi va quritadi, sovuq davrlarda esa isitadi va namlaydi. Havoni konditsirlash, koʻpincha jamoat va maʼmuriy binolarda, poyezl, samolyot, avtomobil hamda kemalarda qulay sharoit yaratish: sanoat binolarida qulay ish sharoiti tashkil etish va mehnat unumdorligini oshirish; uy-joylarda, kran, traktor, kombayn, ekskavator- va boshqa mashinalar kabinalarida mehnat sharoitini yengillashtirish; kutubxona, arxiv, muzey rasm galereyalarida — kitoblar, hujjatlar va sanʼat durdonalarini avaylab-asrash kabi maqsadlarda qoʻllanadi.
Havoni konditsirlash dastlab 19-asr oxirida toʻqimachilik sanoatida texnologik maqsadlar uchun ishlatila boshlangan. 1897 yilda AQShda Havoni konditsirlashga patent olingan; 1906 yilda havo namligini rostlash usuli taklif etilgan. 1922 yilda birinchi marta kinoteatrlarda ishla-tilgan. Havoni konditsirlash tizimlari uchun konditsi-oner va unga tegishli jihozlar 20-asr oʻrtalaridan zavodlarda ishlab chiqarila boshlagan.
Havoni konditsirlashning markaziy va mahalliy tizimlari bor. Markaziy tizimda bir necha binoni, mahalliysi bitta bino yoki uning bir qismini havo bilan taʼminlaydi. Markaziy tizimlar tashqaridan keltiriladigan issiqlik eltuvchi (issiq suv, bugʻ, gaz yoki elektr orqali) va haydash nasoslari, ven-tilyatorlar, kompressorlarning dvi-gatellarini harakatlashtirish uchun elektr energiyasi bilan taʼminlanadi. Mahalliy tizimlarga xususiy sovuq bilan taʼminlash manbalari qurilishi mumkin. Quruq va issiq iqlimli hududlarda suvning buglanishi hiso-biga havo sovutkichlari ishlatiladi. Ventilyatorlar hosil qiladigan havo oqimi bosimiga koʻra, past (1 kN/m-), oʻrtacha (1—3 kN/m2) va yuqori (3 kN/m2 dan yuqori) bosimli tizimlar boʻladi. Markaziy va mahalliy tizimlar bir va ikki kanalli boʻladi. Bir kanal-li, past bosimli tizimga (rasmga q.) havo tayyorlash qurilmasi — konditsi-oner, konditsiyalangan havoni haydash hamda ishlangan havoni chiqarib yuborish kanali va qurilmasi, avtomatik rostlash, uzoqdan turib nazorat qilish hamda boshqarish asboblari kiradi.
Koʻp qavatli maʼmuriy binolar va mehmonxonalarda oʻrtacha bosimli, bir kanalli tizim keng tarqalgan. Ikki kanalli tizimda bir kanaldan sovuq, ikkinchisidan issiq havo kelib, har qaysi xonaga oʻrnatilgan aralashtir-gich ularni aralashtirib beradi. Temir yoʻl vagonlari, avtobus, avtomobil, samolyotlarga bir kanalli tizim, kemalarga bir va ikki kanalli tizimlar oʻrnatiladi. Havoni konditsirlash qurilmalari binolar qurilishi va rekonstruksiyasi harajatlarini oshiradi, lekin sanoat binolarida bu harajatlar mehnat unumdorligining ortishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi va boshqa hisobiga tezda qoplanadi. Koʻpgina sanoat korxonalari (mas, toʻqimachilik, tamaki, aniq asboblar, far-matsevtika va boshqalar) da Havoni konditsirlash tizimisiz ishlash mumkin emas. Havoni konditsirlash borgan sari taraqqiy etadi. Havo parametrlarini muntazam ushlab turishni talab qiladigan ishlab chiqarishning yangi sohalarining rivojlanib borishi; sanoat korxonalarini, ilmiy tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlarini toʻgʻri va toʻxtovsiz ishlashi uchun maʼlum temperatura va namlik talab qiladigan aniq asboblar, mexanizmlar va kompyuterlar bilan jihozlanishi; koʻplab odamlar uzoq vaqt turishi (oʻtirishi) mumkin boʻlgan katta jamoat binolari hajmining ortib borishi va ulardan yil davomida samarali foydalanish zaruriyati; binolarda katta yuzaga ega boʻlgan oynaband sirtlarning qoʻllanishi; baʼzi sanoat binolarida deraza va fonarlarning yoʻqligi Havoni konditsirlash tizimining yanada kengayishiga olib keladi.
XXI asrga kelib butun dunyoda global isish xavfi kuchaydi. Yer yuzida iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun an’anaviy issiqlik energiyasi o‘rniga noan’anaviy, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, ko‘proq issiqlik energiyasidan foydalanish choralari ko‘rilmoqda. Bunda aholi xonadonlari va ishlab chiqarish korxonalarini elektr energiyasi va issiqlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirish asosiy maqsad hisoblanadi. Yer yuzida katta quvvatga ega bo‘lgan quyosh energiyasi barcha yonuvchi foydali qazilmalardan ikki barobar ko‘pligini inobatga olsak uning yordamida aholi va ishlab chiqarish korxonalarining elektr energiyasiga va issiqlikka bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish mumkin. 
Respublikamizda ko‘p qavatli uylar, ma’muriy va jamoa binolari qurilayotganini hisobga olib, iqlimimizga mos bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga binolarni issiq havo bilan isitishning afzallik tomonlarini o‘rganib chiqdik. “Innosferaproyekt” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, ko‘p qavatli uy-joylarni, ma’muriy, jamoa binolarini quyosh energiyasidan foydalangan holda issiq havo orqali isitish tizimlarini loyihalashtirdik. 
Loyihada binoning chordog‘i (tom) oyna (akfa rom) bilan yopilib havo isitish agregatlari o‘rnatiladi. Ulardan chiqqan issiqlik miqdori hisobiga qish faslida issiqxona sifatida foydalanish mumkin. 
Kuz va bahorda issiqxonaga tushayotgan quyosh nuri hisobiga qizigan havo xonalarga havo uzatkichlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatiladi. Tashqi havo sovuganda, bulutli kunlarda havoni isitish agregati ishga tushiriladi. Havo isitish agregatlari tashqi havo o‘zgarishiga qarab uch xil tartibda ishlaydi (baland, o‘rta, past quvvatlar).
Yoz faslida quruq-issiq iqlim sharoiti bo‘lishini hisobga olgan holda, issiqxonaga o‘rnatilgan forsunkalar orqali havo namlanadi hamda sovitiladi. Havo sovitish agregatida havo qo‘shimcha kerakli miqdorda sovitilib xonalarga havo o‘tkazkichlar orqali uzatiladi. 
Chordoqdagi konditsiyalangan havo o‘tkazuvchilar orqali har bir xonaga uzatilib, mikroiqlim bilan ta’minlanib, havosi almashtiriladi. Havo isitish agregatlari elektr energiyani quyosh batareyalari orqali oladi. Zaxira sifatida elektr tarmog‘idan foydalanish ham mumkin.
sitish agregatlarini elektr energiyasi ta’minoti sxemasi 
An’anaviy usulda qurilgan binolarda to‘siq konstruksiyalari orqali, ya’ni tom, eshik va derazalardan 50 foiz, devordan 35 foiz va poldan 15 foiz issiqlik miqdori yo‘qotiladi. 
Xo‘sh, taklif qilinayotgan loyihaning an’anaviy usullarga nisbatan afzalligi nimada? 
Avvalo, xonalar havosi almashadi va konditsiyalash lokallashtiriladi. 
Qishda tom yopmadan issiqlik yo‘qolmaydi. 
Yozda yuqori qavatlardagi xonalar, tom yopmadan keladigan issiqlik miqdoridan saqlanadi. 
Eng muhimi, qishda chordoqdan issiqxona sifatida foydalaniladi. 
Shuningdek, eksplutatsiya narxlari arzonlashadi, servis xizmat ko‘rsatish soddalashadi, tizimning xizmat qilish davri davomiyligi oshadi. Yana bir muhim jihati, atrof-muhit ekologik jihatdan sof saqlanadi va har bir xonadonda ikki konturli isitish qozonlari hamda konditsionerlardan foydalanish zarurati yo‘qligi hisobiga elektr energiyasi hamda gaz sarfi tejaladi. 
Ventilyatsiya tizimlari shamollatish shakli bo‘yicha: tabiiy, me-
xanik tarzda yoki aralash holda bo‘ladi. Turli chorvachilik inshoot-
larida miqroiqlimni tashkil etish 27-chizmada keltirilgan.
Chorvachilik va parrandachilik inshootlarini shamollatish ti-
zimiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Havo oqib kiruvchi kanallar bino ichining tepa yoki o‘rta qis-
miga joylashtirilib, havo oqimi yo‘nalishini o‘zgartirishga imkon 
beruvchi moslamalar (deflektor) bilan ta’minlanishi zarur.
Havoning tashqariga so‘rilib chiqishini ta’minlovchi kanallar 
binoning pastki qismida yoki pol ostida joylashtiriladi. Havo ki-
ruvchi va chiquvchi kanallarning qarama-qarshi holatda 2,5 m kam 
masofada joylashishi mumkin emas.

Download 31.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling