Mavzu: Hindistonda mustamlakachilik apparatining tuzilishi
Download 385.15 Kb.
|
Hindiston mustamlakasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIX asrning birinchi yarmida Angliyaning Hindistondagi bosqinchilik siyosati
Mavzu: Hindistonda mustamlakachilik apparatining tuzilishiHINDISTONHindistonning mustamlakaga aylantirilishiHINDISTONXIX asrning birinchi yarmida Angliyaning Hindistondagi bosqinchilik siyosatiInglizlar o’zlarining Shimoliy Amerikadagi mustamlakalaridan ayrilgandan so’ng Hindiston ular uchun asosiy mustamlakachilik obyektiga aylanib qoldi. Bu siyosatni olib borish avvalgiday Ost-Indiya kompaniyasiga tegsihli bo’lib, uning harbiy va fuqaro xizmatchilari XIX asrning 30-yillaridagi islohotgacha to’liq yevropaliklardan tashkil topgan edi. Bu davrda inglizlarga tobe hududlar ikki turga bo’linar edi – qaram knyazliklar va bevosita kompaniyaning o’ziga qarashli yerlar. Kompaniyaga qarashli yerlar uchta prezidentlikka – Bengaliya, Madras va Bombeyga bo’linib, ularning har biri o’z hukumatiga, armiyasiga va amaldorlariga ega edi. Mustamlaka ma’muriy apparatidagi hamma lavozimlarga tayinlash Londonda, Ost-Indiya kompaniyasining Direktorlar Kengashi nazoratida amalga oshiriladi.XIX asrning birinchi yarmida Angliyaning Hindistondagi bosqinchilik siyosatiBritaniya Hindistonining poytaxti Kalkutta shahri bo’lib, general-gubernatorning qarorgohi ham shu yerda joylashgan edi. Hindiston hududini boshqarish uzoq vaqt aniq tizimga ega bo’lmasdan, Bombey va Madras gubernatorlari qaror qabul qilishda qisman, mustaqillikka ega edilar. Faqat 1833-yili ular general-gubernatorga to’liq bo’ysundirildi. Ingliz ma’murlari tomonidan mahalliy hind hukmdorlariga nisbatan qo’llanilgan pora berish, tilyog’lamalik va maqtov usullari, subsidiar shartnomalar tuzish va to’g’ridan-to’g’ri harbiy yo’l bilan bosib olish siyosati ularni tezda Hindistonning haqiqiy xo’jayinlariga aylantirdi.XIX asrning birinchi yarmi Hindistonda ingliz mustamlaka davlati shakllanishi uchun muhim bosqich bo’ldi. Bu davrga kelib, Fransiya ushbu regionda muhim rol o’ynamay qo’ygandi va Angliya tarqoq hind davlatlari bilan yakkama-yakka qolgan edi. Hindistonni to’liq egallash uchun faqat konfederatsiyaga birlashgan jangovar maratxlarning davlati bilan Panjob to’siq bo’lib qolayotgan edi.Download 385.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling