Mavzu: Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni yo'naltirish
Download 343.45 Kb.
|
real sektor
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati Iqtisodiyotning real sektori holatiga quyidagilar tasir qiladi
- Iqtisodiyotning real sektori
MAVZU: Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni yo'naltirish. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo’lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o’xshash tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funktsiyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq qiladi. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning material-buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va xizmat ko’rsatish sohalarini o’z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit, birja faoliyati kirmaydi. Iqtisodiyotning real sektori kapitalni spekulyativ harakatini istisno qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o’sish jarayonlarini birlashtiradigan soha. Iqtisodiyotning real sektori – kommertsiyaga asoslangan seriyali va yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi, jumladan, bino va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik, o’rta va yirik korxonalar yig’indisidir. Real sektor iqtisodiyoti tarkibi bu – milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar ko’rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig’indisidan iborat bo’lib, ular o’zaro aloqada va bog’liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo’ladilar. Iqtisodiyotda real sektorning samarali faoliyat yuritishida moliyaviy sektor muhim o’rin egallaydi. Moliyaviy sektor bu – qarz olish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to’plamidir. Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar, sug’urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsiya kompaniyalari, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi. Real sektorda YaIMning asosiy qismi yaratiladi va uning moddiy ishlab chiqaruvchi eng muhim tarkibiy qismi sanoat va qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy resurslar qayta ishlanib, moddiy ne’matlar va iste’mol tovarlari yaratiladi. Ularning rivojlanishi aholi daromadlarini oshishi, turmush farovonligini o’sishi uchun imkoniyat yaratib, ta’lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivoji uchun moddiy va moliyaviy asos yaratadi. Iqtisodiyotni isloh qilishning «o’zbek modeli» milliy iqtisodiyotga xos xususiyatlarni har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Ulardan biri - sarmoyalarni jalb etish yo’li bilan iqtisodiyotning real sektoriga madad berishdir. Iqtisodiyot tarkibini isloh etish bu – milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun eng zarur bo’lgan resurslarni etkazib beruvchi tarmoqlar majmuidir. Ularga neft, neft mahsulotlari va boshqa energiya resurslari, tabiiy gaz, ko’mir ishlab chiqaruvchi sohalar, tog’-metallurgiya kompleksi, kimyo, mashinasozlik, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari kiradi. Iqtisodiyot tarkibini o’zgartirish butun milliy iqtisodiyotga xizmat qiladi va texnik taraqqiyotni ta’minlaydi. O’zbekistonda iqtisodiyot tarkibini o’zgartirish davlatning ko’magida rivojlandi. Chunki, bu tarmoqlarni yirik sarmoyalar hisobidangina rivojlantirish mumkin. Milliy iqtisodiyotning real sektori sohalarining rivojlanishi ko’p jihatdan jalb etilayotgan investitsiyalarning hajmiga va bu o’z navbatida mintaqalarning investitsion jozibadorlik darajasiga bog’liq. So’nggi yillarda iqtisodiyotimiz YaIM ning o’sish darajasi o’rtacha 8,0 % ni tashkil etmoqdaki, bu barqaror o’sish aynan real sektor tarmoqlariga investitsiyalar jalb etish ko’lamining ortishi bilan amalga oshmoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan. O’zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati Iqtisodiyotning real sektori holatiga quyidagilar ta'sir qiladi: ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi; ilmiy-texnik taraqqiyot; holat; soliq siyosati; investitsiyalar o'sishini ta'minlash uchun davlat tomonidan ko'rilayotgan choralar; jahon narxlari darajasi; davlatning holati. Iqtisodiyotning real sektori - iqtisodiyotning moliyaviy sektoriga taalluqli moliyaviy kredit va birja operatsiyalari bundan mustasno, moddiy va nomoddiy tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradigan iqtisodiyot tarmoqlari majmui. Ushbu atama aniq qonuniy ta'rifga ega emas. Ko'pincha siyosiy lug'atda va jurnalistikada ma'nosini ko'rsatmasdan ishlatiladi. Real sektorning ko'plab mualliflari faqat moddiy ishlab chiqarish sohasini anglatadi va xizmatlar, savdo, fanni o'z ichiga olmaydi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari orasida quyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin: -investitsiya jalb qilish uchun xalqaro me’yorlar va konventsiyalarga mos keladigan, sanoati rivojlangan mamlakatlar investorlari tomonidan tan olinadigan huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga intilish; -respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni etkazib beradigan va iqtisodiyotning zamonaviy tuzilishini vujudga keltirishga yordam beradigan investorlar uchun ochiq eshiklar siyosatini izchillik bilan amalga oshirish; -ishlab chiqarish bilan bog’liq investitsiyalarni kiritishga ko’maklashish; -mamlakatning kredit qobiliyatini qo’llab-quvvatlash; -mamlakatning ayrim mintaqalarida ijtimoiy va ekologiya muammolarini hal qilishga qaratilgan investitsiyalarni kiritishga yordam berish. Download 343.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling