Mavzu: Ish joyini to’g’ri tashkil etish talablari,texnika xavfsizlik qoidalari
Download 11.92 Kb.
|
2-ma\'ruza sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish
- Sanitariya-gigiyena talablari
Mavzu: Ish joyini to’g’ri tashkil etish talablari ,texnika xavfsizlik qoidalari. Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Reja: 1. Mehnat xonasida ishlash talablari. 2. Ish o‘rnini tashkil qilish talablari. 3. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari. 4.Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash Ish xonasida ishlash talablari 1. Ish xonasiga faqat o‘qituvchi ruxsati bilan kiriladi. 2. Har bir o‘quvchi faqat o‘z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa bo‘lib bajariladigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar. 3. Ish faqat o‘qituvchining ruxsati bilan boshlanadi. 4. Ishni boshlashdan oldin ish joyini tayyorlab, asboblarni to‘g‘ri va qulay joylashtirish: O‘ng qo‘l bilan ushlanadigan asbobl arni o‘ng tomonga, chap qo‘l bilan ushlanadiganini chap tomo nga qo‘y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni hech qachon ikkita asbob orasiga qo‘yma, ularni doimo o‘z joyiga, o‘tkir tomonini narigi, dastasini o‘zing tomonga qilib qo‘y. Asboblarni o‘ynama, ular o‘yinchoq emas. 5.Ish vaqtida ish joyingizni tartibli saqlang. 6. O‘tmas yoki buzuq asbob bilan ishlamang 7. Asbobni ishlatganda, uni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ishlating. 8. Asboblarni asrang, ularni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida ishlating, so‘ng ularni tozalab qo‘ying. 9. Har bir detalni oldingi safargidan sifatli, chiroyli va tartibli qilishga harakat qiling. 10. Ishni tugatdingizmi, ish joyingizni tezda tozalab, tartibli qilib qo‘ying. Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish: O‘qituvchi stolning ustiga dasturxon yozib, o‘ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, o‘chirg‘ich joylashtiradi. O‘quvchining old tomoniga yelim, qiyqimlar uchun quticha va sochiq joylashtiriladi. O‘quvchining chap tomoniga, ish vaqtida halaqit bermaydigan qilib rangli qog‘oz to‘plam i, qog‘oz to‘plami va kerakli materiallar joylashtiriladi. Sanitariya-gigiyena talablari: O‘quvchi ish stolida ishlayotganda kiyimlarini kir qilmaslik uchun maxsus ish fartuklari va yenglar kiyib olinadi. Ish qurollaridan foydalanishda har bir asbobni yoki ish qurolini tartib bilan ishlatishni, ya’ni bitta ish qurolidan foydalanib bo‘lib o‘z joyiga qo‘yib, keyin ikkinchisini qo‘lga olish talab etiladi. Download 11.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling