Mavzu: Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari va jarohatlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash Reja


Download 20.41 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi20.41 Kb.
#1006651
  1   2   3   4
Bog'liq
отработка


Mavzu:Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari va
jarohatlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash


Reja:

  1. Baxtsiz hodisalarning turlari va ish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarni tekshirish natijalarini N-1formadagi akt bo‘yicha rasmiylashtirish.
    2. Xavfsizlikni tahlil qilish uslublari.
    3. Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari.
    4. Jarohatlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubi.
    5. Jarohatlanish ko‘rsatkichlarini aniqlashga doir masalalar yechimi.


    1. Baxtsiz hodisalarning turlari va ish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarni tekshirish natijalari N-1formadagi akt bo‘yicha rasmiylashtirish.
    Baxtsiz hodisalar quyidagilarga bo‘linadi: maishiy, ish bilan bog‘liq bo‘lgan; nafaqat ish bilan bilan bog‘liqbo‘lgan, balki ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan. Ularni tekshirish va rasmiylashtirish tartibi turli xildir. Maishiybaxtsiz hodisa va travma uchun ish bilan bog‘liq bo‘lganda vaqtinchalik ishga yaroqsizlik uchun mablag‘to‘lovlarini tartibi belgilanishi turlidir.Maishiy baxtsiz hodisa sababli vaqtinchalik mehnatga yaroqsizlikda mablag‘ to‘lovi 6-kundan boshlab to‘labboriladi. Mablag‘ to‘lovi o‘lchami, umumiy kasallik sifatida qaralib o‘zluksiz mehnat stajini hisobga olib amalgaoshiriladi, Agar jarohatlanuvchi kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lmasa, to‘lanadigan mablag‘larni belgilan so‘mmani
    yarimi to‘lab boriladi.Travm, ish bilan bog‘liq bo‘lganda to‘lanadigan mablag‘i birinchi kundan boshlab 100% - miqdorda amalgaoshiriladi. Bu holatda travmni tekshirishda invalidlik uchun belgilanadigan nafaqalar maishiy travm uchun
    belgilanadigan nafaqaga nisbatan yuqori nafaqa belgilanadi. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lganda jabrlanuvchiinvalid bo‘lib qolsa korxonada yo‘qotgan maoshlarini kompensatsiya qilishga haqlidir.



  2. Ish bilan bog‘liq bo‘lgan travmlarning belgilari. Baxtsiz hodisa ish bilan bog‘liq deb hisoblanadi agar:
    • Mehnat majburiyatini bajarayotganda, shuningdek korxonaga yoki tashkilotga tegishli ishlarnima’muriyatni uni topshirig‘isiz korxona ishini bajarganda;
    • ishga borishda ishdan qaytishda yo‘lda;
    • korxona yoki tashkilot territoriyasida va boshqa joylardagi ishlarda ish vaqtida, ishlab chiqarish qurollarinitartibga solish, ishni boshlashdan oldin va keyin joylashtirishda;
    • ish paytida korxona yoki tashkilot yaqinida va boshqa ish joylarda, o‘rnatilgan tanaffuslarda, agar ichkitartib qoidalariga zid bo‘lmagan joylarda;
    • davlat va jamoat majburiyatlarni bajarishda yoki shuningdek maxsus topshiriqlarni bajarish paytida;
    • O‘zbekiston Respublikasi fuqorosi sifatida kishilar hayotini qutqazishda qarzini bajarish, davlat mulkinihimoya qilish, shuningdek huquq tartibini himoyalash.
    Donorlik funksiyasini bajarish bilan mehnatga layoqatlilikni yo‘qotishi baxtsiz hodisa sifatida mehnatgalayoqatlilikni yo‘qotishiga tenglashtiriladi.Travmning bu belgilari bo‘lmaganda travm maishiy hisoblanadi.Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan belgilar. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisani tekshirish va hisobgaolish holatiga mos holda ishlab chiqarishga bog‘liq baxtsiz hodisalar deb - korxona hududida, korxonadantashqarida mehnat vazifasini bajarayotganda, ma’muriyat topshirig‘ini bajarishda, ish rahbarini, shuningdek korxonatransportida ishga borishda yoki qaytishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarga aytiladi. Ishlab chiqarish bilan bog‘liqbo‘lgan baxtsiz hodisalar ish paytida va vaqtida sodir bo‘luvchi va ishlab chiqarish qurollarini tartibga solish ishniboshlashdan oldin va keyin kiyimlarni joylashtirish, shuningdek ish vaqtidan ortiq vaqt ishlaganda, dam olish vabayram kunlarida ishlaganda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar kiradi.Baxtsiz hodisa, ko‘rsatilgan belgilarga qaramasdan, ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmaydi agar tekshirishnatijasida u o‘z maqsadida biron bir predmet ma’muriyat ruxsatisiz yasaganda yoki o‘zboshimchalik bilankorxonaning transport vositasini ishlatganda, mexanizmlari, jihozlari, instrumentlari, korxonaga tegishli bo‘lganishlab chiqarishni materiallari ishlatganda.




Download 20.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling