Mavzu: Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muamollari


Download 56.88 Kb.
bet1/5
Sana07.05.2023
Hajmi56.88 Kb.
#1440796
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ro\'zaRajabbayeva kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT’’ KAFEDRASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN


KURS ISHI

Mavzu: Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muamollari.


Bajardi: Rajabbayeva Ro’za Sharifboy qizi
Bank ishi fakulteti 1-kurs BIA-75 guruhi talabasi
Ilmiy rahbari:

Ishsizlik,uning turlari va O’zbekistonda bandlik muammolari
Reja:
Kirish
1.Ishsizlik mohiyati va uning turlari.
2.Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari
3.Ishsizlik darajasini aniqlash.
4.O’zbekistonda ishchi kuchi bandligi muammolari va ularni bartaraf etish.

Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Ishsizlik bu- bir qism iqtisodiy faol aholining o’ziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishidir. Ishsizlik inson manfaatlariga to’g’ridan to’g’ri ta’sir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanib, ish joyini yo’qotish ko’p kishilar uchun oilaviy turmush darajasini pasayishiga,shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqarishi va kishilarga jiddiy ruhiy ta’sir ko’rsatishidir.
Ishsizlik bu makroiqtisodiy muammo bo’lib hammaga to’g’ridan to’g’ri kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ko’pchilik uchun o’ziga qadrli bo’lgan ishini yo’qatish hayot darajasini pasayishiga olib keladi va jiddiy pisixologik shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli muammosi ko’pincha siyosiy munazaralarga sabab bo’lishi ajablanarli emas.
Psixologlar isbotlashicha ishsizlik bilan to’qnashish umr ko’rish davomiyligiga,sog’lik,uzoq umr ko’rish va o’lim darajasi va spirtli ichimliklarga mukasidan ketishiga sababchi bo’ladi deb aytib o’tishgan. Bulardan tashqari shuni aytib o’tishim joizki hozirgi kunda nafaqat odamlar o’z ishidan ketganligi sababli daromadlari kamaymoqda va shunga qo’shilib o’z qadrini ham yo’qata bormoqdalar ular faqat mavjud bo’lishni boshlaydi, yashamaydi.Va bu , menimcha eng yamon ishlardan biri hisoblanadi chunki shaxsning shaxsiyati yo’qoladi ular oxirgi paytda o’zini taniyolmay qolishadi o’zligini yo’qotishadi. Ishsizlik hozirda ko’plab odamlarni umriga zomin bo’lmoqda chunki daromadlari yo’qolganligi sababli turli jinoyatlar sodir bo’lmoqda pulni deb ko’pchiliki oson pul toppish yo’liga o’tib bormoqda turli xil giyohmand moddalar bilan shug’ullanib yosh bolalar miyalarini zaharlab ularni o’z domiga tortib ketishadi va bulardan tashqari ko’plab oilalar buzilishiga olib kelmoqda bularning hammmasi ishsizlik oqibatida kelib chiqadi va hozirda muhtaram prizidentimiz ishsizlikmi qisqartirish bo’yicha ko’plab chora- tadbirlar ko’rib chiqmoqdalar.
Ishsizlik mehnat bozorining ajralmas elementlaridan biri hisoblanib,u murakkab va ko’p qirrali hodisa hisoblanadi.Ishsizlar band aholi bilan birgalikda mamlakatning ishchi kuchini tashkil qiladilar.Haqiqatdan ham iqtisodiy hayot ishsizlik ishchi kuchi taklifining uning talabidan oshib ketishi sifatida ro’y beradi.Ish kuchiga ega bo’lgan katta yoshli aholi mehnat bozoriga nisbatan egallagan pozitsiyasiga qarab bir qancha toifalariga bo’linadi.Mehnatga loyaqatli aholi deb yoshi va sog’lig’ining holatiga ko’ra mehnatga layoqatli kishilarga aytiladi.
Ishsizlik oqibatida ikkita narsa vujudga keladi iqtisodiy muammolar va iqtisodiy hayot.Iqtisodiy muammolar – yalpi milliy mahsulotning kam ishlab chiqarilishi,ijtimoiy qashshoqlik,jinoyatchilik,ijtimoiy tartibsizliklarni keltirib chiqaradi.iqtisodiy hayotda mamlakatda mehnat bozorining sifat xususiyatlariga ta’sir qiluvchi ko’plab muammolar paydo bo’ladi.Ko’plab tashkilotlarning faoliyati qisqarishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy ahvolining keskin yomonlashishi to’plangan ishlab chiqarish salohiyotidan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va ishsizlikning keskin o’sishiga olib keladi. Bundan tashqari migratsiya ya’ni ko’chib kelish oqibatida ko’plab malakali kadrlar,jahon mehnat bozoridagi raqobatga bardosh bera oladigan mutaxassislarni yo’qatishga olib kelishi natijasida ishchi kuchi sifatining pasayishi ro’y beradi.
Amaldagi iqtisodiy hayotda ishsizlik ish kuchi taklifining unga bo’lgan talabdan oshib ketishi oqibatida namoyon bo’ladi.Ishsizlik sababi turli ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin.
Masalan birinchi sabab: texnik rivojlanish bilan mehnat unumdorligi ortadi,ishlab chiqarishga esa kam mehnat talab bo’lib qoladi, bularning oqibatida iqtisodiyotda jami talab va taklifning muvozanati buziladi,tovorlarga bozor talabining qisqarishi ish kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, oqibatda ish kuchining bir qismi ortiqcha bo’lib qoladi.
Ikkinchi sabab:Iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ish kuchiga talab oshib,malakasizlar kerak bo’lmay qolishi oqibatida ko’plab insonlar ishsiz qolishi mumkin
Uchunchi sababi esa aholi ishchilarga nisbatan tez o’sgan kezlarda,uning bir qismi ortiqcha bo’lib,ishsiz qoladilar.

Hozirgi kunda ishsizlik muammosi faqat O’zbekistonda emas ba’lki butun jahon mamlakatlarda eng dolzarb muammolardan biri bo’lib kelmoqda chunki fan-texnika rivojlangan sari inson mehnatiga ehtiyojimiz kamayadi. Bundan tashqari 2019-yilda Koronavirus pandemiyasi sababli ko’plab mamlakatlarda millionlab odamlar ishsiz qolmoqda va bu jarayonlar hozirgacha davom etmoqda.



Download 56.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling