Mavzu: issiqlik izolyasiya polimer materiallari turi. Xossalari


Download 208 Kb.
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi208 Kb.
#1453838
  1   2   3
Bog'liq
7 Mavzu


7-mavzu:
ISSIQLIK IZOLYASIYA POLIMER MATERIALLARI TURI. XOSSALARI
Reja:
1. Xom ashyo materiallari
2. Umumiy xususiyatlari
3. Turlari

Tayanch iboralar: polimer materiallar, sintetik smolalar, g‘ovak xarakteri, polimerizatsiya, polikondensatsiya

Issiqlik izolyasiya plastmassalar deb, sintetik smolalardan olinuvchi organik yuqori g‘ovak materiallarga aytiladi, ular qurilish, sanoat va boshqa texnika sohalarida issiqlik izolyasiyasi uchun ishlatiladi.


Issiqlik izolyasiya plastmassalar yana gaz to‘ldirilgan yoki ko‘pirtirilgan plastmassalar, ko‘pikplast yoki g‘ovakli plastlar ham deb nomlanadi.
Turlari. Issiqlik izolyasion plastmassalarni turli polimerlardan tayyorlanadi.
Issiqlik izolyasiya plastmassalarni alohida guruhlarga bo‘lishning asosiy klassifikatsion belgilari quyidagilar:
a) material olish uchun qo‘llanuvchi asosiy xom ashyo turi;
b) material olish usuli;
v) g‘ovak xarakteri va hajmiy og‘irligi;
g) issiqlik izolyasiya plastmassalar ahamiyati va qo‘llash sohasi.
Ko‘pikli plastmassalar quyidagilarga bo‘linadi:
a) boshlang‘ich polimerlar turi bo‘yicha:
1. polimerizatsiyalashgan;
2. polikondensatsion;
b) hajmiy og‘irligiga ko‘ra:
1. engil;
2. engillashgan.
Boshlang‘ich polimer hajmiy og‘irligi yarmidan kichik hajmiy og‘irlikka egalari engil ko‘pikli plastmassalar, polimer hajmiy og‘irligi yarmidan katta hajmiy og‘irlikka egalari esa engillashgan ko‘pikli plastmassalar deyiladi.
v) olish usuliga ko‘ra:
1. presslangan;
2. preslanmagan;
3. quyilgan va sepilgan;
g) qotirish usuliga ko‘ra:
1. sovuq qotirish;
2. issiq qotirish;
d) fizik strukturasiga ko‘ra, gaz to‘ldirilgan plastmassalar quyidagilarga bo‘linadi:
1. g‘ovak plastmassalar (ko‘pikplastlar), ular mayda yopiq g‘ovak tuzilishi bilan xarakterlanadi;
2. g‘ovak (g‘ovakplastlar) – birlashgan g‘ovaklar yoki gaz bilan to‘lgan bo‘shliqli tizimga ega materiallar.
e) to‘ldiruvchilar turiga ko‘ra:
1. to‘ldiruvchilarsiz;
2. mineral to‘ldiruvchili;
3. organik to‘ldiruvchili.
j) ishlatilishiga ko‘ra:
1. issiqlik izolyasiya;
2. tovush izolyasiya;
z) qo‘llash sohalariga ko‘ra:
1. sanoat va fuqaro qurilishi uchun;
2. sanoat uskunalari va quvurlar izolyasiyasi uchun;
3. muzlatkichlar uchun;
4. transport vositalari: temir yo‘l, suv va havo vositalari uchun.
Bu bo‘lishlar shartli hisoblanadi, chunki materialda bir vaqtning o‘zida ham g‘ovaklar, ham birlashgan teshiklar bo‘lishi mumkin. Bunday material aralash strukturaga ega. Muntazam takrorlanuvchi, to‘g‘ri geometrik shaklga ega va asalari inini eslatuvchi g‘ovak sotoviy plastmassalar alohida guruhni tashkil qiladi. Ular maxsus gofrirovkalangan qog‘oz, gazlama yoki alyumin folga, yopishtirilgan polimerli mahsulotlardir (12.1.-rasm).


12.1.-rasm. Uya shakldagi plastmasa

Tolasimon to‘ldiruvchili issiqlik izolyasiya plastmassalar plastmassa qo‘llanilgan tolasimon materiallarga o‘xshash hisoblanadi: mineral paxtali va yog‘och tolali plitalar. Farqi shundaki, bu erda tolasimon to‘ldiruvchi plastmassa qo‘shimcha hisoblanadi, u erda esa, aksincha, plastmassa tolaga qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi:





Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling