Mavzu: jahon qora va rangli metallurgiya sanoatining shakllanishi


Download 0.96 Mb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1579151
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunoy


MAVZU: JAHON QORA VA RANGLI METALLURGIYA SANOATINING SHAKLLANISHI


REJA:


KIRISH.
I.BOB. JAHON QORA METALLURGIYA SANOATI
1.1.Jahon qora metallurgiya sanoati va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati
1.2. Qora metallurgiya sanoatining yetakchi davlatlari
II. BOB. JAHON RANGLI METALLURIYA SANOATI
2.1. Rangli metallurgiya ishlab chiqarishning texnologik usullari
2.2. Rangli metallurgiya korxonalarining joylashishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda metallurgiya sanoati jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Metallga boʼlgan ehtiyojning keskinlik bilan oshishi yangi turdagi texnologiyalarni yaratishga sabab boʼlmoqda. Jumladan iqtisodning turli tarmoqlarida ogʼir rangli metallar hisoblanuvchi mis, rux, qoʼrgʼoshin, qalay, kadmiy, nikel, kobalt metallariga talab oshib bormoqda.
Hozirgi vaqtgacha mis metallurgiyasida keng tarqalgan texnologik sxema va ularning qurilmarini joylashish sxemalari ko‘pgina kamchiliklarga ega. Ularning asosiy kamchiligi sifatida qimmatli komponentlarni texnologiyaning mahsulot va yarim mahsulotlari bilan ifloslanishiga olib keluvchi, rudali xom ashyoning ko‘p bosqichli qayta ishlanishini keltirish mumkin. Buning natijasida ular rudali xom ashyodan to‘liq va hamma foydali komponentlarni ajratib olinishini ta’minlamaydi. Bundan tashqari, mavjud pirometallurgik jarayonlar, birinchi navbatda energetik sarf – xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rudali eritish atrof muhitni ifloslanishiga olib keladi. Qo‘llanilayotgan ko‘pgina jarayonlarni eskirib, hozirgi kun talabiga javob bermaydigan deb atash mumkin.
“Ogʼir rangli metallar texnologiyasi” fani xom ashyoni metallurgik qayta ishlashga tayyorlash, piro- va gidrometallurgik usullardan foydalanib metal tarkibli xom ashyoni qayta ishlab asosiy metallni ajratib olish, asosiy metalldan tashqari yarim mahsulot va chiqindilardan qolgan qimmatbaho moddalarni ajratib olish, qayta ishlash jarayonida kechadigan fizika-kimyoviy oʼzgarishlarni bilish va ularga taʼsir etish, metall tarkibli xom ashyolarni qayta ishlashda qoʼllaniladigan asosiy va yordamchi dastgohlar turi va ularning ishlash printsipini bilish toʼgʼrisida bilimlarni oʼrgatadi. Shu sababadan fan “Metallurgiya” yoʼnalishidagi mutaxassislarni tayyorlashda dolzarbdir.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling