Mavzu: jahon siyosiy xaritasi reja: kirish I. Bob. Jahon siyosiy xaritasi va uning shakllanishi


Download 1.3 Mb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1581438
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ASADBEK 11

MAVZU:JAHON SIYOSIY XARITASI


REJA:

KIRISH
I.BOB. JAHON SIYOSIY XARITASI VA UNING SHAKLLANISHI.
1.1.Jahon siyosiy xaritasining ahamiyati va o’ziga xosligi
1.2.Dunyo siyosiy xaritasining shakllanishining xususiyatlari va asosiy bosqichlari
II.BOB. DUNYONING HOZIRGI ZAMON SIYOSIY XARITASI, JAHON MAMLAKATLARINING SOTSIAL-IQTISODIY GURUHLARI
2.1.Dunyo siyosiy xaritasidagi mamlakatlari tipologiyasi
2.2.Dunyo siyosiy xaritasidgi Davlatlarning davlat tuzumi va davlat qurilish shakllari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyo siyosiy xaritasi dunyodagi barcha mamlakatlarni dunyo geografik xaritasida ko‘rsatishni bildiradi. Keng ma'noda dunyo siyosiy xaritasi dunyo siyosiy geografiyasi bo‘yicha bilimlar majmuini o‘zida ifodalaydi. Dunyo iqtisodiy xaritasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy salohiyatining yer yuzasida taqsimlanishi va ularning xududiy farqlarini dunyo xaritasida tasvirlaydi va ularni ilmiy-amaliy nuqtai nazardan ta'riflaydi. Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasida sodir bo‘layotgan miqdor va sifat o‘zgarishlarini, ayrim mamlakatlarning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini, xalqaro xududiy mehnat taqsimoti rivojlanishi tendensiyalarini, to‘g‘ri tushunish uchun siyosiy geografiyani o‘rganish lozim. Bu fan ko‘plab ijtimoiy va siyosiy muammolarning yechimini topish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Kurs ishi mavzusining obekti va predmeti. Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasining shakllanishi jarayoni uzoq davom etgan. Uning shakllanish davrlarini aniqlash jahon tarixining davrlariga bo‘linishiga asoslanishi kerak, chunki ular ijtimoiy rivojlanish bosqichlarining qonuniy almashinishini ifodalaydi. Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi shakllanishining qadimgi, o‘rta asr, yangi va eng yangi davrlarini ajratish mumkin. Hozirgi dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi ming yillar davom etgan insoniyat rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Unda sodir bo‘layotgan miqdoriy o‘zgarishlari o‘z o‘rnini tobora ko‘proq sifat o‘zgarishlariga bo‘shatib berayotir va bular hozirgi davrning mohiyatini belgilab berayotir. Xamkorlik, xududiy muammolarni, tinch yo‘l bilan hal etish uchinchi ming yillikdagi eng asosiy maqbul yo‘ldir. Hozirgi dunyoning ko‘p sonli mamlakatlarining o‘ziga xos va o‘xshash xususiyatlarini aniqlash uchun mamlakatlar tipologiyasidan foydalanish lozim. Haqiqiy tipologiya imkon boricha maksimal darajada ko‘rsatkichlarni differensiyalashni va unikal bog‘lanishlarni qidirishni talab qiladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling