Mavzu: Janubiy Korea


Download 0.77 Mb.
bet1/2
Sana08.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1463100
  1   2
Bog'liq
koreya mintaqa

Toshkent Davlat Agrar Universeteti Samarqand filiali Agrobiznes va logistika fakulteti Turizm (agroturizm) yo’nalishi 21107- guruh talabasi Suyinov Anvarjon ning Mintaqaviy turizm va turistik resurslar fanidan tayyorlagan mustaqil ish taqdimot dasturi.

Mavzu: Janubiy Korea


1.
2.
3.
4.
5.
Reja:
THE
SOUTHERN
KOREA
Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Poytaxti — Seul shahri. Aholi soni - 51 814 400 nafar (2022). Zichlik 533 kishi. Janubiy Koreya aholisining katta qismini koreyslar tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakatda kamida 300 ming nafar xitoyliklar istiqomat qilishadi. Janubiy Koreyaliklar oʻrtacha 81.6 yil umr koʻrishadi.
Deyarli hamma koreys tilida soʻzlashadi.
2020-yil maʼlumotlariga koʻra Janubiy Koreya aholisining 56 foizi dinsizdir. Qolgan aholi oʻzini yo xristian, yoki buddist, deb koʻrsatgan; boshqa dinlar nihoyatda kam tarqalgan.

Tarixi


Arxeologik topilmalar daliliga asosan Koreyslar Koreya yarimorolini Ilk Paleolit davrida egallagan. Koreya tarixi eramizdan avvalgi 2333-yil Tanginning afsonaviy tarzda Koʻchoʻsonga asos solishi bilan boshlanadi.
Tanginning qirolligi "Choʻson" deb atalgan (ammo, hozirgi kunda yaqin davrdagi Choʻson sulolasidan farqlash uchun Koʻchoʻson yoki Qadimgi Choʻson deb ataladi). Koʻchoʻson Koreya yarimoroli shimoli va Manjuriyaning bir qismini egallashgacha kengaydi. Xitoyning Han sulolasi bilan bir necha urushlardan keyin, Koʻchoʻson parchalanib, bir necha davlatlarga boʻlinib ketdi va Koreyaning Uch Qirollik Timsoli davriga olib keldi.
Uch Qirollik timsoli davri davomida Buyo, Okcho, Doʻngyo va Samhan birlashmasi Koreya yarimoroli va janubiy Manchuriyani egallab oldi. Aynan shu davrda Uch Qirollik ravnaq topdi.
Koreya iqlimi — moʻtadil, bir-biridan keskin farq qiladigan toʻrt faslga ega. Bahor qisqa boʻlishiga qaramasdan juda ham yoqimli va quyoshli boʻladi. Yozda esa issiq va namlik yuqori boʻlib, iyul oylarida yomgʻirga boy boʻladi. Kuz fasli yorqin tilla va qizil ranglar bilan boʻyalib ajoyib rang-barang panoramani yaratadi. Qish sovuq va quruq kelib vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Janubi-gʻarbdagi Jeju-do oroli yumshoq subtropik iqlimga ega. Koreya tumanlari oʻrtasidagi harorat farqi juda katta, oʻrtacha hisobda 6 °C dan 16 °C gacha boʻladi. Yilning eng issiq oyi boʻlgan avgustda esa harorat 19 °C va 35 °C orasida boʻladi, eng sovuq oyi yanvarda esa harorat -8 °C gacha tushib ketadi.
Janubiy Koreya sayyohlik sanoatining aksariyati ichki turizm tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Xalqaro sayyohlar asosan Osiyoning yaqin davlatlaridan keladi. Yaponiya, Xitoy, Gonkong va Tayvan birgalikda xalqaro sayyohlar umumiy sonining qariyb 75 foizini tashkil qiladi
Xalqaro sayyohlar odatda 2006-yilda dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topilgan Seul yaqinidagi Incheon xalqaro aeroporti orqali mamlakatga kirishadi.Shuningdek, Pusan va Jejudagi xalqaro aeroportlar tez-tez ishlatiladi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling