Mavzu: Ko‘chmanchi qabilalarning mozor qo‘rg’onlari va ularning tadqiqot uslublari (Qadimgi Xorazm davlati asosida) Reja: Kirish I bob Manbashunoslik va tarixshunosligi


Download 187.93 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi187.93 Kb.
#1599550
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OG\'AJON ILMIY ISH toxt bo\'ldi



MAVZU: Ko‘chmanchi qabilalarning mozor qo‘rg’onlari va ularning tadqiqot uslublari
(Qadimgi Xorazm davlati asosida)

Reja:
Kirish…………………………………………………………………...
I bob Manbashunoslik va tarixshunosligi.
1.1. Quyi Amudaryo xavzasi va Sariqqamishbo’yi geagrafik xolati va chorvador qabilalarning manbashunosligi.
1.2 Xorazm voxasi va unga gealagik jixatdan ulanib ketgan chorvador qabilalarning tarixshunosligi.
II bob Xorazm voxasida chorvador qabilalarni dafn inshoatlarida arxealagik tadqiqotlar natijalari.
2.1 Janubiy Orolbo’yi va Sariqqamish bo’yi xavzasi ko’chmanchi qabilalar dafn inshoatlarining moddiy ashyolardaf o’rganish .
2.2 O’troq va chorvador qabilalar mozorlarini tipalagik umumjihatlari va o’ziga xos xususiyatlari.
Xulosa.
Foydalangan manba va adabiyotlaar.
Ilovalar.


Mavzu dolzarbligi va zarurati. O‘zbekiston prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Xorazmning Jahon madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan xissasiga yuqori baxo bergan. Respublikaning xar bir viloyatining geografik manzarasida o‘ziga xos xususiyatlari bor, shu xususiyat ta’sirida ajdodlarimiz moddiy va ma’naviy madaniyat yaratib, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida hozirgi kunga qadar saqlanib kelmoqda. Shu ma’noda prezidentimiz tomonidan madaniy meros ob’yektlarini avaylab saqlash, ta’mirlash va kelajak avlodga yetkazish masalalariga oid farmonlar va qarorlar qabul qilingan1. Shu ma’noda “gap, eng avvalo yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, jaxon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda deb, hozirgi zamon dolzarb masalalari ijtimoiy fan namoyandalari vazifasini belgilab bergan edi2.
Xorazm Turon pasttekisligi shimoli-g‘arbida joylashib, uning geomorfologiyasini sharqiy tomonda Qizilqum, g‘arbida Qoraqum va shimolida esa Orol dengizi o‘rab olganligi bois, O‘zbekistonning boshqa xo‘jalik-madaniy markazlariga qaraganda o‘ziga xos geografik xudud bo‘lsa xam, qo‘shni xududlarda kechgan jarayonlardan chekkada qolgan emas. Xorazm vohasini geologik tuzilishi taraqqiyoti yer osti tebranishlari natijasida vujudga kelgan bo‘lib, uning yer yuzasi rang-barang manzaraga ega bo‘lib, qadimgi O‘zbekistonning boshqa viloyatlari kabi etnik – madaniy, xo‘jalik - madaniy markazlardan biri sifatida tarixiy o‘ringa ega Bu muqaddas zaminning sernam va serunum bo‘lishida biroq muzlikning shimoliy tomon gressiyasi natijasidir. Mazkur tekislikni keyingi tarixiy davrda morfologik o‘zgarishi Pitnakdan Orol dengizi g‘arbiy sohili etagidagi, o‘ng sohil xududini geografik xolatini Amudaryoning ming-minglab yillar mobaynida suv tarkibidagi mineral moddalarni qamrab olgan loyqa qatlamlarini yotqizilishi jarayonlariga bog‘liq bo‘lganligini alohida qayd qilish joiz. Afsonalarga boy bo‘lgan o‘lkamiz xududining geografik xolati, iqlim sharoiti, O‘zbekistonning boshqa tarixiy - madaniy viloyatlaridan tubdan farqlanish xususiyatlari, o‘ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyat aholi xayoti va ijodida o‘z aksini topgan. Xorazm vohasi qadimgi davr aholisini chorva mollarini ozuqa-maxsulotlari bilan ta’minlash keng dasht, suv xavzalari sohili etaklari muhim ahamiyat kasb etgan. Ma’lumki, O‘zbekistonning muayyan xududlarida joylashgan xududlar geomorfologiyasini tekislik va tog‘li o‘lkalar tasvir qilgan.
O‘zbekistonning tabiiy - xududining tarkibiy qismi bo’lgan Xorazm voxasi urug’ jamoadoshlari kundalik turmushida mahsulotlardan foydalanish maqsadida ahamyat kasb etgan tabiiy manbalar va begona xayvonlarni qo‘lga o‘rgatilish bilan xayotiy kasbi-kori vujudga kelgan . Mazkur jarayon, ya’ni tevarak-atroflarda mavjud bo‘lgan ko‘zga tanish bo‘lgan hayvonlarni qo‘lga o‘rgatgan bundan 8-7 ming yilliklarda insoniyat tamonidan amalga oshirilgan. Tarixiy jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilgan bo’lib, mil.avv.VII asrlar uy-chorvachiligi xilma-xillik miqdori oshgan. Bronza davriga kelganda issiq mintaqalarda ma’lum xududda doimiy o‘rnashgan aholi tarkibida chorvaga serob bo‘lgan axoli qatlam vujudga kelgan. Mazkur qatlamni tashkil qilgan chorvadorlar yangil tuyoqli xayvonlar qatoriga og‘ir tuyoqli hayvonlar bronza davrida qo‘lga o‘rgatilgan, bu esa ot-ulov transportini vujudga kelishiga zamin bo‘lishi bilan birga, teri, jun, go‘sht maxsulotlari masalasi xam hal qilingan. Odamzotning ovchilikdan chorvachilik xo‘jaligini olib borishi davrida, uning son miqdori jixatidan o‘sib borishi bir qator muammolarni keltirib chiqargan. Chorvador aholi tarixiy vaziyatdan kelib chiqib, tevarak atroflarini o‘zlashtirishda mehnat qurollari moderzasiyasi masalalariga e’tiborni qaratgani ma’lum. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, neolit davriga oid Sazag‘on, Zamitosh, Ochilg‘or makonlaridan ot, eshak, tuya, it, qulon, jayron suyaklari, xamda Ochilg‘or makoni o‘zidan 74 turga mansub 1095 ta suyak qoldiqlari topilgan3. Mazkur xududlarda ovchi-termachilar tomonidan keltirilgan charx inshootlari arxealagik jixatdan o’rganilgan.Shu sababli diniy qarashlari to’g’risida kuzatilmaydi ammo Ustyurt Oqchadaryo va Sariqamishni o’rta xududlarida nealit davri Kaskazol Yonbosh 4,5 va Tunukqizichiq axolisini nealit davri so’nggi bosqichiga oid mozor qoldiqlari o’rganilib olamdan o’tganlarni joylashtirganlar to’g’risida o’rgandilar. Bronza davrida O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston madaniy-xo‘jalik viloyatlarida istiqomat qilgan aholida chorvachilik va dexqonchilik xo‘jaliklarining asosiy maqsadi oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishga e’tibor qaratilgan. Tarixiy - geografik xudud dexqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarini intensiv rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. O‘zbekistonda bronza davri xo‘jalik yo‘nalishlarini olib borishida dexqonchilik va chorvachilik sohalari rivojlanishi janubiy Surxon voxasida (Sopollitepa) arxeologik yodgorliklaridan boshlangan. Misol tariqasida Quyi Zarafshonda Zamonbobo va Xorazm vohasi Oqchadaryo xavzasi Janubiy xududida xo‘jalikni “qayr” dexqonchiligi xamda uy chorvachiligi xo‘jaligi ustunlik qilgan4. Mil.avv. IX-VIII asr boshlariga Shimoliy Baktriya aholisi bir guruh vakillari Xorazm vohasi Janubiy chegarasiga ulanib ketgan Sariqamishbuyi xavzasi shimoli-sharqiy xududida Odoytepa yodgorligiga asos solib, tevarak-atrofni qamrab olgan ilk madaniy-xo‘jalik mikrovohasi vujudga kelgan5. Odoytepada boshqaruvini qo‘lga olgan “Qohin” aholi soni oshishi, yashash turar-joyning talabga javob bermasligi, chorva uchun xududni kengaytirish masalalarini hal qilish maqsadida qo‘shni xududlarni o‘zlashtirish siyosatini bosqichma-bosqich amalga oshirishni yo‘lga qo‘ygan “Koxin” ning qo‘shni xududlarga “priteksianizm” siyosati yangi-yangi mikrovoxalarini vujudga kelishiga zamin bo‘lgan.
Mil.avv-gi IX-VIII asr ikkinchi yarmi birinchi choragida Xorazm vohasi Janubi - Sharqiy xududini geografik xolati, etnik munosabatlarni Yonbosh-7 va Yakkaparson-3 aholi turar-joylari namoyon qilgan6:
Arxeologik adabiyotlarda qayd qilinishicha, mil.avv VII asrlarga kelganda Amudaryoning suvini qamrab olgan Dovdon irmog‘i janubiy-g‘arbiy xududida Quyisoy manzilgox tomonidan ko‘nikib, ikkinchi madaniy-xo‘jalik mikrovohasi vujudga kelgan7. Dovdon irmog‘i quyi havzasida maydonchalarda to‘plangan suvlar to‘planib qolishi munosabati bilan tevarak-atrofga chiqish imkoniyati mavjud emas, aholi o‘rtasida Tunidaryo sohili etagiga ulangan balandlikda Qang‘qaqal’a qad ko‘tarilgan8. Quyisoy-2 va Qang‘qal’a yodgorliklaridan oldin arxeologik ro‘yxatga Ko‘zaliqir, Qalaliqir aholi markazlarida qisman arxeologik izlanishlar olib borilgan, ularning natijalari S.P.Tolstov asarlaridan ma’lum.
Mustaqillik yillarida Xorazm vohasida temir davrida aholi istiqomat qilgan turar-joylarda arxeologik qazishma ishlari natijasida Xumbuztepa, Hazorasp va Ichanqalada mil.avv. VII asr ikkinchi yarmi va V asrlarga oid yangi manbalar olingan9. S.Baratov xulosasiga ko‘ra, Amudaryo so‘l sohilidagi xudud Meshexti va Uch o‘choq yodgorliklaridan olingan ashyolar temir davriga mansub bo‘lgan10.
Xorazm vohasi ko‘chmanchilar dunyosi qamrab olgan xudud xisobdi. Shu ma’noda qo‘shni xududlarda chorvachilik xo‘jaligiga boqish an’nalarini olib borgan aholi libilan ob borgan aloqalar tarixini yoritish XX asr adabiyotlarida chorvador qabilalarning o‘troq aholi o‘rtasidagi aloqalar, antropogen landshaft, etnik munosabatlar ta’sirida madaniy- munosabatlar to‘la ravishda yoritilmagan. Shu bilan birga, ittifoq davri tarixshunosligida chorvador qabilalarning keng yaylovlarga chiqib ketishi, ularning joylashishi, mozor-qo‘rg‘onlaridan qazish natijasida olingan moddiy ashyolarga asoslanib mil.avv.VII – milodiy IV asrlarda etnik munosabatlar maxsus ob’yekt sifatida belgilab olingan emas. Xolbuki, S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya - etnografiya ekspedisiyasi xodimlari mil.avv. IV ming yilliklardan milodiy IV asrlarga mansub aholi tomonidan olamdan o‘tganlarni joylashtirgan mozor-qo‘rg‘onlarida keng qamrovli arxeologik jihatidan o‘rganilishi munosabati bilan nyeolit, eneolit, bronza, temir va antik davr aholisi kundalik turmush tarzida ozuqa-ovqat maxsulotlariga doimiy zahira bo‘lishi uchun uy chorvachiligini rivojlantirishda asosiy yo‘nalishlaridan biri qilib belgilab olingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 16 dekabrdagi “O‘zbekistonning yangi tarixi” ni tayyorlash va nashr etish to‘g‘risidagi 445-sonli qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2789 sonli qarorlari qayd qilingan vazifalarni bajarishda bitiruv malakaviy ish mavzusidagi tarixiy ma’lumotlar ma’lum ma’noda hizmat qiladi.

Download 187.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling