Mavzu: Ko‘chmanchi qabilalarning mozor qo‘rg’onlari va ularning tadqiqot uslublari (Qadimgi Xorazm davlati asosida) Reja: Kirish I bob Manbashunoslik va tarixshunosligi


II bob Xorazm voxasida chorvador qabilalarni dafn inshoatlarida arxealagik tadqiqotlar natijalari


Download 187.93 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi187.93 Kb.
#1599550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OG\'AJON ILMIY ISH toxt bo\'ldi

II bob Xorazm voxasida chorvador qabilalarni dafn inshoatlarida arxealagik tadqiqotlar natijalari.
2.1 Janubiy Orolbo’yi va Sariqqamish bo’yi xavzasi axolisining dafn inshoatlarida arxealagik tadqiqotlar.
XX asr 30- yillari o’rtalarida S.P.Talstov rahbarligida arxealogiya (1945 yillar) – etnalogiya ekspididsiya xodimlarining Xorazm voxasi, unga xududiy ulanib ketgan Sariqamishbo’yi, Uzboy xudud uning turli bosqichlarida axoli tomonidan qoldirilgan turau joylarda olib borilgan keng qamrovli arxealagik izlanishlar natijasida olingan ashyolarning ilmiy taxliliga asoslangan nashrlarda qayd qilingan ma’lumotlarni, mustaqillik yillarida Xorazm Ma’mun akademyasi, Urganch Davlat Universiteti, Qoraqalpog’iston respublikasi ilmiy markazi arxealagik guruhlari xodimlarini asarlaridagi ma’lumotlarini qo’shni xududlarda olib borilgan arxealagik izlanishlar natijalarini, nazariy taxlil qilib vujudga kelgan mantiqiy xulosa asosida ushbu paragrfni yoritish mumkin.
Yozma manbalarda (ahamon manbalarida)O’rta osiyo ko’chmanchi qabilalari saklar nomiga duch kelinadi. Yunon tarixchisi Gerodotning xisoblariga ko’ra, podsholik axolisi tarkibini 70 dan ortiq, elatlar va qabilalar tashkil etgan95. Chorvadorlar ichida saklar turli katta etnik guruxlardan iborat bo’lgan.
Bexistun yozuvlari boshida Kir II va Kambiz xukmdorlardan Doro I ga meros qolgan davlat tarkibidagi mamlakatlar sanab o’tilgan. Shu sababli ko’chmanchilar yurti dastlab umumiy “Saka” tushunchasi bilan belgilangan. So’ngra bitiklarning yakuniy qismlariga kelib, Saka mamlakatidagi saka-tigraxaudalarga qarshi yurishlar xaqida e’lon qilingan va Doro I ning boshqa yozuvlarida (Naqshi Rustam, Suza) saka-xaumovarka, saka-taradarayya (dengiz ortidagi saklar), saka-parasugdam (Sugd ortidagi saklar) turli qabilalar sifatida tilga olingan, ya’ni ularga aloxida etnonimga ega bo’lgan etnik axamiyat berilgan.
Qadimgi Fors podsholigi asoschisi Kir II ning O’rta Osiyo janubiy viloyatlari (Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, Sug’d)ni zabt etishi paytida (mil. avv. 545-540 yy.), mintaqaning shimoli- sharqiy dasht xududlarida yashovchi sak qabilalari ko’p jixatdan forslarga noma’lum edi. Ammo Kir II ning massagetlarga duch kelishi (mil. avv. 530 y.) va Doro I ning mil. avv. 519 yilda sakatigraxaudalarga qarshi yurishi natijasida ko’chmanchilarning xududiy joylashish chegaralari xaqida forslarning bilimlari ancha kengayib borgan.
Bexistun yozuvlari matnlarida ko’rish mumkin. Bexistun qoyalarida Doro I ning g’alabali xarakatlari va yurishlariga bag’ishlangan bitiklarni o’yish ishlari mil. avv. 521 yili kuzida boshlanib, bu muxtasham epigrafika yodgorlikda qadimgi fors, elam va akkad tillarida xat o’yish mil. avv. 518 yilning boshlarida yakunlangan96. Shu tariqa ikki yildan ortiq vaqt mobaynida podsholikda sodir bo’lgan siyosiy voqealar Bexistun bitiklarida o’z aksini topgan.
Saka” etnonimining kelib chiqishi, uning etimologiyasi ko’p jixatdan noaniqdir. Bu muammo G. Beyli, R. Fray, V.I. Abaev, B.A. Litvinskiy va I.M. Oranskiylar tomonidan ko’rib chiqilgan. G. Beyli “saka” atamasining “sak” o’zagidan (“kuchli”, “yengil bo’lmoq”) kelib chiqib, mazkur tushunchani “erkak”, “er” ma’nosida izoxlashni taklif qilgan. R. Fray, I.M. Oranskiylar qo’shilgan97. Masalaga doir ma’lumotlar B.A. Litvinskiyning monografiyasida o’rganilgan98.
Doro I ning O’rta Osiyoga yurishlari natijasida dasht chorvador qabilalariga oid ma’lumotlar bilan qadimgi yunon tarixchilari tanishib olishgan. O’rta Osiyo o’troq, axoli vakillari va saklar Doro I va Kserks qo’shinlari tarkibida forslarning Yunonistonga yurishlarida ishtirok etishgan (mil. avv. 490-480 yillar). Yunon tarixchisi Gerodot Misr, Old Osiyo, Bobil, Ekbatana bo’ylab sayoxatini amalga oshirgan paytda (mil. avv. 455-445 yillar), Fors podsholigi tarkibiga kirgan qadimgi o’rta osiyoliklar — sug’diylar, baqtriyaliklar, xorasmiylar va saklar Misr, Bobil va Suzadagi forslarning xarbiy koloniyalari xamda xunarmandchilik ustaxonalarida faoliyat olib borishganlar.
Gerodot O’rta Osiyoda xech qachon bo’lmagan, shu sababli bu mintaqa va uning axolisi xaqida o’zi eshitgan xikoyalari va surishtirib, turli ma’lumotlarni yig’ish asosida “Tarix” asarida saklarni 11 marta va massagetlarni 19 marta tilga olgan99.
Gerodotning aytishicha, Bobil, baktriyaliklar va misrliklar bilan bir qatorda saklar Kir II ning xarbiy yurishlariga to’siq, bo’lib turgan100. Yunon tarixchisining saklar xaqidagi xikoyalari, asosan, yunon-fors urushlari voqealari bilan muvofiqdir. Misol uchun, podsho Kserks qo’shnlari tarkibidagi saklarni Gerodot quyidagicha tasvirlaydi: “Saklar (skif qabilasi) tik turgan o’tkir uchli qalpoqlar, ishtonlar kiyib, saklar kamoni va xanjarlar bilan qurollanganlar. Bundan tashqari ularda ikki qirrali xarbiy boltalar-sagarislar mavjud bo’lgan. Ushbu qabila (aynan skif qabilasiga) amirgiy saklar deb nomlangan. Axir forslar skiflarning barchasini saklar deb atashgan”101.
Axamoniylar qo’shinidagi saklar, forslar, midiyaliklar va baqtriyaliklar bilan baravar bu qo’shinning xarbiy mag’zini tashkil etishgan102. Sak qabilalari fors qo’shinlarini talaygina miqdorda doimiy xarbiy xayotga o’rgatilgan suvoriy o’qchilar bilan ta’minlagan. Ular Misr, Bobil va boshqa mamlakatlarda joylashgan fors xarbiy gornizonlarida xizmat qilgan103.
Persepol shaxrida Doro I va Kserks saroyidagi baland xashamatli apadana - zinaning yon tomoniga o’rnatilgan katta tosh taxtalarga ishlangan turli xalqlarning (23 ta gurux) o’lpon keltirish manzarasi bo’rtma tasvirlarida saklar xamda xorasmiylar boshka xalqlardan (midiyaliklar, elamiylar, misrliklar, lidiyaliklar va x.k.) farqli ravishda qurollangan xolda tasvirlangan (kalta xanjar - akinak va xarbiy oybolta- sagaris bilan)104. Bu borada Persepol tasvirlari va Gerodotning saklar yarog’-aslaxalari to’g’risidagi ma’lumotlari bir-biriga mos keladi.
Marafon jangida (mil. avv. 490 yil) saklarning otliq qo’shini o’z jasurligini namoysh etib, jang maydonining markaz qismidagi yunon jangchilarini chekinishga majbur kilgan105. Saklar sabotliligi, Gerodotning yozishicha, Fermopil va Plateya janglarida (mil. avv. 480-479 yy.) namoyon bulgan106.
Saklar Ikkidaryo oralig’idagi Fors podsholigining koloniyalarida lidiyaliklar, frigiyaliklar, misrliklar va hindlar bilan birga xizmat qilishgan. Ular qurollar, kiyim- kechak va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan. Yozma manbalardan Eronning shimoli-g’arbidagi “Sakasena” joy toponimi, Sakeya degan bayram udumlari va Sakita ismli sak jangchisi ma’lum107.
Kaspiy va Orol dengizi oralig’idagi dashtlarda sakatigraxaudalarga qo’shni bo’lib, massagetlar yashagan. Massagetlar fakat antik davri yozma manbalardan ma’lum. Ular “Avesto” va qadimgi fors bitiklarida tilga olinmagan.
Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, massagetlar aynan sak qabilalarning xarbiy uyushmasini tashkil qilganlar. O’z paytida nemis olimi I.Markvart “massagetlar” nomini “masya” - “baliq” so’zi ma’nosidan kelib chiqib, “baliqxo’rlar” yoki “ulug’ saklar” va “ulug’ getlar” sifatida izoxlashni taklif kilgan108. Tadqiqotchining fikrlari munosarali albatta.
Gerodotning massagetlar xaqidagi xabarlaridan tadqiqotchilar qadimgi tarix masalalarini yoritishda keng foydalanganlar109. Yunon tarixchisining aytishicha, Kir II Bobil va Ossuriyani zabt etganidan so’ng massagetlar yurtiga bostirib kirishni rejalashtirgan. Gerodot shunday yozadi: “Shu xalqlarga ega bo’lgandan so’ng, Kir massagetlarni bo’ysundirishga qaror qilgan. Aytishlaricha, bu massagetlar jasur va bexisob qabiladir. Ular sharqda, quyosh chiqishi yo’nalishida, Araks daryosining ortida issedonlarga ro’para bo’lib joylashganlar. Ba’zilar ularni skif qabilasi deb xisoblashadi”.
Gerodot massagetlarning urf-odatlari, ularning xo’jaligi va yashash sharoiti, yarog’-aslaxalari va ot-anjomlari haqida ma’lumotlar keltirgan.
I.V. Pyankov massagetlarni Girkaniyadan shimolda va Kaspiy dengizidan sharqda joylashtiradi. Bunga muvofik tadqiqotchi Gerodot ma’lumotlarining mazmun - moxiyatini ochib bergan, jumladan, massagetlarning mashg’ulotlari va oziq-ovqatlari, kiyim-kechaklari va turmush tarzi, kurollari va jang usullari, nikox odatlari, dafn marosimlari va e’tiqodlari kabi masalalarni taxlil qilgan. Ayniqsa, mazkur mavzuga yunon geografi va tarixchisi Strabon maxsus murojaat etgan. U Gerodotning ma’lumotlaridan foydalanib, ularni qo’shimcha dalillar bilan to’ldirgan, negaki Strabon yashagan davrda (mil. avv. 64 - milodiy 24 yillar) O’rta Osiyo ko’chmanchilari to’g’risidagi bilimlar ancha boyitilgan.
Strabon quyidagicha yozadi: “Kaspiy dengizidan boshlab, skiflarning aksariyat qismi daylar deb ataladi. Ulardan sharqda joylashgan massaget va sak qabilalarining xar biri o’zining nomiga ega. Ularning umumiy ommasi ko’chmanchilardir”.
Massagetlar Kirga qarshi urushda o’zlarining jasurliligini isbotlab berganlar... Ular ajoyib chavandozlar va piyoda jangchilar; kamon, xanjar, sovut va mis xarbiy boltalar bilan qurollanganlar, jangda oltin bel kamon va bosh bog’lagichlarni kiyib yuradilar; ularning otlari oltin yuganli”110.
Saklar xakida turli yozma ma’lumotlar makedoniyalik Aleksandr yurishlari davriga to’g’ri keladi. Tarixchilar Diodor, Kvint Kurstiy Ruf, Arrian va boshqa antik davr mualliflarining asarlarida sak qabilalarini umumiy nom bilan “skif, skiflar” deb atash rasm bo’lgan.
Fors shoxi Doro III qo’shinlari bilan Gavgamella jangida (mil. avv. 331 yil) yunon-makedoniyaliklar sak suvoriy o’qchilariga duch kelganlar. Doro III qo’shinlarining o’ng qanotida joylashgan sak chavandozlari yunon-makedoniyaliklarga qattiq zarba berishgan111. Arrianning aytishicha, saklar Osiyoda yashovchi skif qabilalaridan bo’lib. ular Doroning bevosita ittifoqdoshlari edi,112 ya’ni bu paytda saklar forslarga bo’ysunmaganlar.
So’g’diy lashkarboshi Spitamenning Aleksandrga qarshi kurashida saklar faol ishtirok etganlar. R.Sulaymanov o’zining tadqiqotlarida Spitamenning Aleksandr Makedonskiyga qarshi kurashida skiflar va ba’zi ko’chmanchi charvadar qatorida massagetlar xam qo’llab quvvatlaganligini ta’kidlaydi113. Ularning xarbiy usullari mil. avv. 329 yili Marokanda ostonasidagi Politimet - Zarafshon bo’yidagi yunonlar bilan jangda yorqin namoyon bo’lgach. Arrian buni shunday tasvirlaydi “Spitamen yana 600 ta skif otliqlarni o’z qo’shiniga to’plab, skif ittifoqdoshligidan ko’nglini ko’tarib, xujumga otlangan makedonlarga qarshi janga kirishga qaror qiladi. Skiflar jang maydonida turgan va chekinayotgan makedonlarga g’ayrat bilan hujum boshlaydilar.
Makedoniyaliklarning xatolarini sezib qolgan otliq varvarlar xar ikkala qirg’oqdan daryoga tashlanadilar. Ularning ba’zilari daryodan kechib o’tgan va uzoqlashganlarning ketidan quvadilar. boshqa birlari daryoni kechib o’tayotganlarga ro’para bo’lib, ularni orqaga, suvga uloqtiradilar yoki o’q otadilar va daryoga yaqinlashib kelganlar ortidan xujum qiladilar”114. Spitamen yunon - makedoniyaliklar qo’shinlariga qarshi janglarida doimiy ravishda sak suvoriy-o’qchilariga tayangan va makedonyalik Aleksandrga qarshi kurashi yakunida dashtlarga chekingan.
Rimlik tarixchi Kvint Kursiy Rufning xorazmliklarning podshosi Fratafern (Arrianning asarida Farasman) ko’chmanchi massagetlar va daxlar bilan birlashganligi haqidagi ma’lumotlari diqqatga sazovordir115. Bu voqea mil. avv. IV asrga, Xorazm podsholigining rivojlanish davriga to’g’ri keladi. Strabonning yozishicha, Aleksandr Spitamenni ketidan quvib yurganida, “shimoliy ko’chmanchilar” (ya’ni saklar) ustiga qo’shin tortmoqchi edi, biroq Spitamen “varvarlar” (ko’chmanchilar) tomonidan o’ldirilgandan so’ng, bu niyatdan voz kechgan116.
Sak-massagetlar tarixi yozma manbalar asosida XIX asrning oxirlaridan. G’arb tarixshunoslarining asarlarida yoritila boshlangan117. Yevropa tarixshunosligida V. Geyger, I. Markvart, J. Prashek va A. Germann ishlarida O’rta Osiyoga tegishli “Sharqiy Eron” atamasi qo’llanilgan, ya’ni g’arbiy - eroniy tilli forslar va midiyaliklarga nisbatan mintaqada joylashgan elatlar va qabilalar sharqiy-eroniy tillarida so’zlashuvchi aholi sifatida yoritilgan. Biroq geografik jihatdan O’rta Osiyoni “Sharqiy Eron” tushunchasi bilan bog’lash va tavsiya qilish xaqiqatga to’gri kelmaydi. Shunga qaramay, “Sharqiy Eron” atamasi XX asrning 70 yillarida chop etilgan ayrim ishlarning sarlavxasida va matnida xam o’rin topgan118.
Tadqiqotchilar ko’chmanchi qabilalarning tarixini yoritish jarayonida yozma manbalarda aks etgan qadimiy geografik tasavvurlarga, ya’ni Kaspiy va Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryoga tegishli ma’lumotlarga e’tibor berishgan. Ma’lumki, O’rta Osiyo dasht chorvador qabilalari yashagan joylar bilan bog’lash mumkin bo’lgan dastlabki geografik va xududiy nomlar “Avesto” da tilga olingan. Dengiz Vorukasha, daryolar Ranxa va Vaxvi Datiya, shular jumlasidandir119.
Dengiz Vorukasha va daryolar atrofida “tur" va “danu” kabi ko’chmanchi qabilalar yashagan. B.A. Litvinskiyning yozishicha, “Avesto” ning “tur, turonlik” qabilalari qadimgi fors yozuvlarida “saka — saklar” deb yoritilgan120, ya’ni turlar saklarning ajdodlari bo’lgan.
S.P. Tolstov va Y.G’.G’ulomov “Ranxa, Aranxa, Arang” atamalarini (gidronimlarini) Amudaryo nomi bilan bog’laganlar121. Ranxa (Ranga, Raxa) daryosini Sirdaryo va Volga daryolari bilan qiyoslash an’anasi mavjud122. Antik davr mualliflarining asarlarida Amudaryo - Araks va Oks, Oksus, Sirdaryo - Yaksart deb nomlangan. Xorazm, baqtriyaliklar va so’g’d tillari yozuvlarida Amudaryo “Vaxsh”, “Vaxshu” deb atalgan123.
D.Sh. Qurbonova “Oksus” tushunchasidan Amudaryo “O’kuz’’ nomi va aksincha, “O’kuz” atamasidan “Oksus” gidronimining kelib chiqishiga doyr fikrlar mavjudligini uqtirib o’tadi. Bu borada tadqiqotchi V.A. Livshistning ma’lumotlariga asoslanib, “Vaxshu” tushunchasi bilan bog’liq shaxsiy ismlarning maxalliy (xorazm, so’g’d, baqtriya yozuvlarida) va yunoy tilli shakllarini qiyoslagan. Jumladan, mahalliy Vaxshuarta ismining yunoncha varianti - Oksiart, Vaxshuvazdax-Oksubaroz, Vaxshebuak - Okseboakes, Vaxshudata - Oksudates. D.Sh. Qurbanova qiyoslash natijalarini xisobga olib, barcha ismlarida boshlang’ich “Vaxshu” atamasi yunoncha “Oks” deb ataladi va mazkur yunon tushunchasining “O’kuz” so’zi (gidronimi) bilan xech qanday aloqasi yo’q, degan xulosaga kelgan124.
Adabiyotlarda Doro I ning saka tigraxaudalarga qarshi yurishining yo’nalishini aniqlash muammosi e’tiborga molik. Bu masalagaV.V. Struve, A.A. Freyman, M.A. Dandamaev, J. Balker, G. Kemeron, G. Xarmatta tadqiqotlari bag’ishlangan125. Mavzuga bu darajada turli yillarda qiziqish uning bahsli jixatlari bilan belgilangan.
Saklar ustiga yurish, Bexistun yozuvlariga ko’ra, Doro I ning uchinchi xukmronlik yili, ya’ni mil. avv. 519 yilda amalga oshirilib, bu voqea shunday yoritilgan: “Shox. Doro xabar kiladi. bundan so’ng men Saka mamlakati, o’tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklarga qarshi otlandim. Bundan keyin daryoga yetib kelganimda, men daryodan sollarda kechib o’tdim. Shundan so’ng men saklarni tor-mor qildim”. Mil. avv. 522 yilda Fors podsholigi taxtini qo’lga kiritgan Doro I ni saka tigraxaudalar iqror qilmaganlar va shoxga bo’ysunmaganlar. Podsholikning turli mamlakatlarida alanga olgan barcha qo’zg’olonlarni Doro I bostirgan va isyon boshliqlarini qatl etgan. Ammo ularga nisbatan saklar yo’lboshchisi Skunxa jazolanmagan. Bexistun qoyasida quyidagi qiska yozuv mavjud: “Bu - Skunxa, sak”. Podsho tomonidan saka tigraxaudalarga boshqa boshliq tayinlangan126.
G.Xarmatta Bexistun qoyasida saklarga tegishli xabarning yangicha qayta o’qish variantini taklif etib, yozuv matnida daryoning nomi - Araxsha mavjud, degan xulosaga kelgan127. Araxsha Gerodotning Araks gidronimiga ancha yaqin ko’rinadi. Qadimgi fors tilida Araxsha va yunon tilida Araks bir daryoning turlicha nomi bo’lishi mumkin. Yunon tarixchilari va geograflari, sharqdagi joylar, shaxarlar, tog’lar va daryolar nomlarini o’z tiliga moslashtirib yoritganlar (misol uchun, Vaxshu - Oksus). Gerodotning xikoyasida Kir II massagetlarga yurishida Kaspiy dengiziga yaqin Araks daryosiga yetib keladi. Kir II daryoda sol va kemalardan ko’prik qilib, shu bilan birga, kemalarga xarbiy burjlar o’rnatishni buyuradi128. I.V. Pyankovning yozishicha, Araks bu - Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyilgan Uzboy o’zanidir129. Bundan ko’rinib turibdiki, Araks va Araxshani Uzboy bilan solishtirish mumkin, ya’ni Kir II va Doro I Kaspiy va Orol dengizlari oraligidagi sarxadlarda istiqomat qilgan ko’chmanchi qabilalarga yurishlarini amalga oshirishgan.
XX asrning 50-yillaridan boshlab sak-massagetlar xaqidagi ma’lumotlardan umumlashtirilgan monografiyalarning boblarida O’rta Osiyoning qadimgi axoli, uning xo’jaligi, moddiy madaniyati va tashqi siyosiy munosabatlari kabi mavzularni yoritishda foydalanish boshlandi130. Shu qatorda o’troq dexqonchilik aholi va dasht chorvador qabilalarning o’zaro aloqalarini o’rganish dolzarb ahamiyat kasb etdi, S.P. Tolstov “Orolbo’yi skiflari va Xorazm” masalasini taxlil qilib, quyidagicha ta’kidlab o’tgan: “O’rta Osiyodagi boshqa sivilizatsiya markazlarining va ular bilan chegaradosh muzofotlarning tarixini dasht qabilalari tarixidan ajralgan xolda tasavvur etish mumkin emas; bu gap ayniqsa Xorazmga taalluqli ekanini aloxida ta’kidlamoq darkor”131.
Ikkinchidan, tadqiqotchining O. A. Vishnevskaya bilan xammualliflikda e’lon qilingan maqolasida Erondagi Naqshi Rustam qoyasi ichiga o’yilgan qadimgi fors podsholari maqbaralarining bo’rtma rasmlarida o’rta osiyolik elatlarning tasvirlari taqqoslandi132. Mazkur yodgorlikda axamoniylarga qaram bo’lgan 30 ta elat va qabilalar vakillari xatorida “taxt ko’taruvchilar” - sakatigraxauda (1 - xaykal), sakaxaumovarka (2), xorasmiy (3) saka - paradrayya (4) parfiyalik (5), ariyalik (6), baqtriyalik (7), Frada - Doro I ga qarshi Margiyonadagi qo’zg’olon boshlig’i (8), Skunxa - saka tigraxaudalar sardori (9 - xaykal) tasvirlangan133. Xorazmlikning ust - boshi, biqinidagi qin va xanjar, yuqorida tilga olingan sakalarning kiyim-kechaklari, bosh kiyimlari va qurollari bilan deyarli bir xil aks ettirilgan. Parfiya, Areyya va Baqtriya vakillarining ust-boshi va umumiy ko’rinishlari ko’chmanchilardan ancha farqlanadi. O A. Vishnevskaya va Yu.A. Rapoportning aytishlaricha, Strabonning xorasmiylar xaqidagi axborotini, ya’ni bu elatning sak - massagetlarga etnik mansubligi to’g’risida ma’lumotini, axamoniylar davri bo’rtma tasvirlari xam yorqin tasdiqlab beradi134.
Persepol saroyining bo’rtma manzaralarida xam xorazmliklar va saka tigraxaudalar tasvirlari mazmunida (qiyofa, usti boshi, yarog’lar, otlarni yetaklab kelishi) e’tiborga molik tafovutlar deyarli yo’q-qadimgi fors yozuvlarida ko’chmanchi qabilalar bir-biridan etnografik va xududiy joylashish xususiyatlariga ko’ra ajratiladi (o’tkir uchli kigiz qalpoqli, xaomaga sig’inuvchi, dengiz yoki daryo ortidagi saklar, botqoqlar o’lkasida yashovchi saklar). Xuddi shunday. Gerodot va Strabon massagetlarning geografik joylashuviga ta’rif berishadi (tekislik, orollar, daryo bo’ylarida istiqomat qiluvchilar, botqoq odamlari).
Qadimgi yozma manbalarda sak-massagetlarga oid ma’lumotlardan B.I. Vaynberg Orolbo’yi chorvador aholining tarixiy geografiyasi masalalarini tashkil topish jarayonida va V.N. Yagodin Xorazm voxasi va o’zga dashtlar qabilalari ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarining ayrim jixatlarini ochib berishda foydalanishgan135. Bunday qarashlar X.Matyaqubovning Xorazm voxasi bronza va ilk temir davri tarixi buyicha nashr dilingan ishida136 va Xorazm sivilizatsiyasiga bag’ishlab, xammualliflikda yoritilgan monografiyada qo’llanilgan137.
Yozma manbalar sak-massagetlar qabilalari tarixining mil. avv. VI-IV asrlariga oid bo’lib, ular ayrim siyosiy jarayonlarni, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va madaniyatni o’rganishga yordam bergan. Qadimgi manbalarda mavjud ma’lumotlardan turli davr tadqiqotchilari foydalanishgan. Yozma manbalar taxlili asosida quyidagi muammolar taxlil qilingan:
Kir II va Doro I ning ko’chmanchi qabilalarga qarshi yurishlari, “Fors podsholigi xujum qilib yengishgan tarkibiga kirishi;
Axamoniylar davlati xarbiy garnizonlarida saklar xizmat qilishi va ularning yunon-fors urushlarida ishtirok etishi,
ko’chmanchilarning turmush-tarzi, urf-odatlari, e’tiqodlari, yarog’-aslaxalari va xarbiy sanati;

yozma manbalar va arxeologik kashfiyotlar natijalarini taqqoslash xamda qiyosiy taxlil qilish yangi ilmiy muammolarni ochib berishga imkon yaratildi.

2.2 O’troq va chorvador qabilalar mozorlarini tipalagik umumjihatlari va o’ziga xos xususiyatlari.
Mazkur mavzuni yoritish jarayonida ilk saklarning orolbo’yida paydo bo’lishi natijasida qadimgi maxalliy madaniy an’analar tubdan o’zgarganmi yoki saklarni shu an’analarni davom ettiruvchi qabilalar sifatida baxolash kerakmi degan masala o’z dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Chorvachilik xo’jaligining rivojlanishi bilan bog’liq muammoning ayrim jixatlari tadqiqotning 2.1 bandida taxlil etilgan. Bunda inson xo’jaligi va turmush tarzini belgalab beruvchi omil sifatida tabiiy - geografik sharoit, o’rab olgan muxit ta’sirining katta axamiyati qayd etildi. Shu omil moddiy ma 'aniyatning asosiy xususiyatlarini belgilab bergan.
Turli davr madaniyatlaridagi an’ana va yangilkklarning bog’liqligi, uyg’unligi va yangi asoslarda davom etgan madaniy an’analarning rivojlanish jixatlarini aniqlash muhim axamiyatga ega. Shuni xisobga olib, Orolbo’yida shakllangan oldingi an’analarning mazmunini qisqacha ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.
Orolbo’yi bronza davri arxeologik yodgorliklarining o’rganilishi natijasida moddiy madaniyat tarkibini tashkil etuvchi turli ashyolar qo’lga kiritilgan. Ilmiy adabiyotlarda ular yetarli darajada ko’rib chiqilgan138.
Tozabog’yob va Amirobod davrlarida manzilgoxlarning aksariyat qismi Janubiy Oqchadaryo o’zani bo’ylarida joylashgan, shuningdek, chorvadorlarning mavsumiy makonlari Jonidaryo va Inkardaryo voxalarida vujudga kelgan. Arxeologik materiallar tarkibi qo’lda ishlangan va sirti geometrik naqshlar xamda chiziqlar bilan bezatilgan sopol idishlar, bronza buyumlari (pichoq, o’roq, jez oyna, bigiz, bilaguzuklar) va tosh qurollar – yorg’uchoq, xovoncha va o’roqlardan iborat.
Asosiy belgilarga ko’ra, bronza davri Orolbo’yi aholi guruxlarining dasht qabilalari madaniyatiga mansubligi aniqlangan. Bundan ularning ro’zg’or buyumlari, qurollari va turarjoylari darak beradi. Turar joylar yarim yerto’lali to’rtburchak chaylasimon kulba shaklida bunyod etilib, yuqori qismidagi yon tomonlari va usti yog’och ustunlar, sinch asosida qamish bilan berkitilgan, ya’ni ular ustunli sinch yengil uy- joylar tizimini tashkil etgan139. Bunday turarjoylar qurish uslubini ilk temir davri Quyisoy madaniyatining uy-joylari tuzilishining takrorida ko’ramiz.
V.M. Massonning yozishicha, turarjoylar qadimgi ijtimoiy tizimning turli tomonlari bilan bog’liq bo’lgan. Ularning qurilishida maishiy funksiyalar qatori ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillar, uy-joylarning katta-kichikligi, binokorlik yechimi va qurilish texnikasi o’z ifodasini topgan. Shu bois uy-joylar tizimi xo’jalikning etakchi sohasi va etnik an’analar bilan belgilangan. Orolbo’yi bronza davri qabilalarining turarjoylarida ijtimoiy-iqtisodiy belgilarning aks etish darajasi ularning asosan chorvadorlar bo’lganidan yana bir bor darak beradi. Yaylovlarda chorvani boqib yurgan cho’ponlar yengil binokorlik tuzilishiga ega turarjoylardan foydalanishgan. Ular dalalarga ishlov berish, yem-xashakni o’stirish va uning zaxirasini g’amlash bilan mashg’ul bo’lgan aholi guruxlariga Xamda ovchilar va baliqchilarga qulay maishiy sharoit yaratgan X.Matyaqubov Janubiy Orolbo’yi bronza davri jamiyatiyashti turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy va xududiy belgilarini qiyoslab quyidagilarga ajratib berdi: xududda turli urug’ jamoalarining joylashuvi, katta patriarxal oilalariga tegishli umumiy turarjoylar, mulk va oziq-ovqat zahiralari xududdagi mavjud tabiiy resurslarini (suv, yer, o’tloq, xayvonot va o’simlik olami, xomashyo zaxiralari) o’zlashtirish va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish.
Bizningcha, shu o’rindagi ma’lumotlarni biroz kengaytirish Maqsadga muvofiq. Bu davrda xar bir katta oila chorvaga egalik qilgan. O’tloq va yaylovlardan jamoatchilik asosida foydalanilgan bo’lsa kerak. Mayda chorva va qoramolni boqish qatorida yilqichilik va tuyachilik chorvachilikning muxim Soxasiga aylangan. Ot va tuyalar cho’ponlarning mavsumiy ko’chib Yurish paytida xo’jalik ishlarida va ulov vositalari sifatida katta axamiyatga ega bo’lgan. M.A. Itinaning fikriga ko’ra, bronza davri jamoalarining oziqlanishida tuya go’shti deyarli iste’mol qilinmagan. Chunki bu uy xayvonning xo’jalik ishlarada yuk tashish va ulov-transport soxalarida imkoni qadrlangan. Olis zamon dasht chorvadorlarining kundalik xayotini tuya, ot, eshak kabi xonakilashtirilgan xayvonlarsiz tasavvur qilish qiyin. Yuqorida ochib berilgan ananalar izida Orolbo’yi ilk temir davri moddiy madaniyatining rivojyanish jixatlarini ko’rib chiqamiz.
O’rta Osiyo tarixida mil. avv. X-VIII asrlar temir davriga o’tish bosqichi xisoblanadi140. Temirdan turli buyumlar va qurollar yasash xo’jalik va harbiy soxalarda tubdan o’zgarishlarni olib keldi. Dasht qabilalari xam metallurgiya va metallga ishlov berish kasb-xunarida vujudga kelgan texnologik kashfiyotlardan chetda qolmaganlar. Markaziy Qozog’iston dasht yodgorliklarida mil. avv. VIII-VII asrlarga oid temir qurollari topilgan141, Orolbo’yi qabilalarining qadimgi temir buyumlari mil. avv. VII-VI asrlar bilan belgilangan142.
Qadimgi Sharqda temir dastlab nodir va qimmatbaxo metall xisoblangan va undan zeb-ziynat buyumlari xam yasalgan. Quyi Sirdaryodagi Uygarak mozor qo’rg’onidan kumush, bronza va temirdan ishlangan bilaguzuklar topilgan. Shuningdek, Sakarchaga mozor qo’rg’onida ikkita temir bilaguzuk aniqlangan143.
Ilk saklar moddiy madaniyati ularning mozor qo’rg’onlarida qo’lga kiritilgan topilmalar asosida o’rganilgan. Orolbo’yidagi ilk temir davri chorvadorlarining turarjoylari fakat bitta yodgorlikda - Quyisoy 2 manzilgoxida qazib ochilgan. Ular mil. avv. VII-VI asrlarga oid bo’lib, yarim yerto’lali kulbalar qoldiqlaridan iborat144. Bundan ma’lum bo’lib turibdiki, mil. avv. II ming yillikning o’rtalaridan boshlab Orolbo’yidagi uy- joylarning binokorlik tuzilishi o’zgarmagan.
Bronza davridan saqlanib kelgan boshqa bir an’ana xonaki xunarmandchilik rivojlanishida davom etgan, ya’ni ro’zg’or buyumlari, sopol idishlar uy-joy sharoitida ishlab chiqarilgan. Xonaki xunarmandchilik kulolchilik, yig’irish, to’qimachilik, charm va bo’yra ishlab chiqarish, yog’och, suyak va toshga ishlov berishdan iborat bo’lgan. Bronza va temirdan yarog’-aslaxalar xamda metalldan ot-anjomlarini ishlab chiqarish ixtisoslashgan xunar kasbi bo’lib, maxsus bilimlarga ega degrezlar va qurolsozlar tomonidan amalga oshirilgan.
Xonaki xunarmandchilik maxsulotlari jamoa a’zolarining ichki kundalik extiyojlarini qondirgan va ulardan ayriboshlash jarayonida foydalanilgan. Chorvachilik cho’ponlar jamoalarini go’sht va sut maxsulotlari bilan ta’minlagan, jun, teri va charm savdo aloqalarida xamda kiyim-kechaklar, poyafzal, gilam va ro’zg’or buyumlarini tayyorlashda muxim axamiyatga ega bo’lgan.
Xunarmandchilik buyumlari saklarning qabrlaridagi dafn jixozlarini tashkil etgan, Sopol idishlar, mexnat qurollari, yarog’-aslaxalar, ro’zg’or buyumlari, zargarlik buyumlari va ot- anjomlari, shular jumlasidandir.
Sopol idishlar tasma uslubida qo’lda yasalgan va gulxanda pishirilgan. Ularning shakllari katta-kichikligi bilan ajralib, idishlar maishiy, oshxona va xo’jalik vazifalarini bajargan. Kulolchilik buyumlari erkak va ayollar qabrlaridan topilgan. Idishlar marxum bosh yoki oyoq tomonida joylashtirilgan. Shuningdek, O’rta Osiyoning janubiy viloyatlari - Doxiston (Girkaniya), Marg’iyona va Baqtriyadan savdo-sotiq aloqalari orqali olib kelingan sopol idishlar mavjud. Ular ixtisoslashgan kulolchilik buyumlari bo’lib, kulolchilik charxida ishlab chiqarilgan.
Ilk saklar charxni bilmaganlar. Ularning kulolchilik soxasi turarjoylarni qurish usuli singari maxalliy bronza davri an’analarini o’zida aks ettirgan. Bronza va temirdan ishlangan qurollar va boshqa turli buyumlarning tavsifi aloxida mavzu.
Orolbo’yida bronza metallurgiyasining Tozabog’yob madaniyati davrida rivojlanishi natijasida mis va qalay kabi metallarga extiyoj bosqichma- bosqich ortib borgan. Tadqiqotning oldingi saxifalarida aytib o’tilganidek, mis va qalay konlari Janubiy Ural, Markaziy Qozog’iston va Orolbo’yi xududlariga qo’shni Qizilqumda joylashgan. Ilmiy adabiyotlarda tadqiqotchilar tan olgan xulosaga ko’ra, bronza davrida mis va qalay konlari dasht chorvador qabilalari tomonidan o’zlashtirilib, ulardan olingan xomashyo, madan konlar tevaragidagi maxsus ustaxonalarda eritilgan va quyma metall bo’laklari (yombi) ishlab chiqarilgan145. Bu ishlar ilk saklar davrida ham yo’lga qo’yilgan.
Janubiy Tagisken, Uygarak va Sakarchaga mozor qo’rg’onlari materiallariga ko’ra, ilk saklar bronzadan yasalgan pichok, xanjar, xarbiy bolta, o’q uchlari, o’roq, bigiz, igna va ot- anjomlarini bezatgan taqa va qubbalardan keng foydalanishgan. Mil. avv. IX-VIII asrlardan boshlab qurollar tarkibida bargsimon ikki qirrali bronza o’q uchlarining axamiyati ortib bordi. Yakkaparson manzilgoxida kamon uchlarini yasashga mo’ljallangan tosh koliplari topilgan146. Bu dalil bronza quyuvchilarning faoliyati, degrez ishlaridan guvoxlik beradi.
Mil. avv. VII asrga oid Sakarchaga qabrlarida ilgaklar tosh, suyak, bronza va yog’ochdan yasalgan o’q-donlarning koldiqlari aniqlangan147. 50 dan ortiq bronza o’q uchlari Quyisoy 2 manzilgohidan topilgan. Bunday kamon.o’qi “skif" yoki “sak" qabilalarining o’q uchlari deb ataladi. Ular Volgabo’yi, Janubiy Ural, Qozog’iston, G’arbiy Sibir dasht va dasht-o’rmon xududlarida yashagan chorvadorlar yodgorliklarida keng tarqalagan148.
Temirdan xanjarlar va dami uzun pichoqlar yasalgan. Tosh, suyak va yog’ochga ishlov berish paytida temir asboblari katta axamiyat kasb etgan. Saklar erkaklari qabrlaridagi dafn jixozlari ichida qurol-yarog’lar va ot anjomlarining mavjudligi aloxida xususiyat kasb etadi. Ayol suvoriylar qabrlaridan xam ot anjomlari topilgan149. Ular suvluq, taqa, ot abzali yuganlarini bezatgan bronza qubbalaridan iborat. Bronza taqa va qubbalarida yirtqich qushlar, bug’u, qoplon va to’ng’izlarning tasvirlari mavjud. Ular dasht chorvador qabilalari tasviriy san’atiga xos qush boshli afsonaviy maxluq, xayvon-grifon va koplon, yo’lbars kabi yirtqich xayvonlarning tuyoqli zotlarini qiynab yirtish tasvirlaridan iborat bo’lib, “skif-sibir” deb atalgan uslubda ishlangan150.
Sak ayollarining qabrlaridagi dafn jihozlari tarkibida zargarlik buyumlari mavjud. Ular bilaguzuk, zirak va marjonlardan iborat. Dasht qabilalarining zargarlik san’atida bronza, kumush, oltin, yarim qimmatbaho va qimmatbaxo yarqirama toshlardan foydalanilgan. Topilmalarning aksariyat qismini turli rangli marjonlar tashkil etadi.
Ular feruza, lojuvard, sardolik va oqtoshdan yasalgan. Marjonlar geometrik (stilindr, romb) shaklda bo’lib, sardolik toshidan ishlanganlari zar-to’qsariq, och qizil-to’q sariq, rangiga ega, feruza munchoklari moviy rangli, lojuvard marjonlari ko’k-zangori va xavorang taqinchokdardan iborat151.
Quyisoy 2 manzilgoxida xonaki xunarmandchilik sharoitida feruza mineral toshiga ishlov berish izlari anqlangan. Bundan tog jinsining bo’laklari, yetarlicha ishlov berilmagan marjonlar va ularning siniqlari darak beradi152.
Mil. avv. III ming yillikning o’rtalaridan boshlab Qadimgi Sharqning O’rta Osiyo, Hindiston, Eron, Ikkidaryo oralig’i, Old Osiyo va Misr bo’ylab keng xududlari tashqi savdo-sotik tizimida lojuvard katta urinni egallaydi. Natijada qimmatbaxo tosh savdosining xududiy doirasini belgilab bergan “lojuvard yo’li” vujudga kelgan153. Uning shimoliy dasht yo’nalishlari xam juda erta shakllangan.
Madaniyatning muxim bo’limini tashkil etgan me’morchilik, binokorlik tuzilishining usullari va qurilish materiallari haqida yana bir bor so’z yuritish lozim. Ilk saklar shaxarsozlik madaniyatini bilishmagan. Bu madaniyatning izlari so’l soxil Xorazmda mil. avv. VI asrgacha, o’ng soxil Xorazm voxasi va Sharqiy Orolbo’yi xududlarida mil. avv. V-IV asrlarga qadar mavjud bo’lmaganga o’xshaydi.
Shaxar ko’rinishidagi eng qadimgi yodgorlik Ko’zaliqir xisoblanadi. U Amudaryodan 120 km g’arbda Dovdon o’zanining o’rta qismida joylashgan. Uning umumiy maydoni 25 gektarni tashkil etadi, Ko’zaliqir ichki qal’a va mudofaa devorlari bilan o’rab olingan tashqi qismdan iborat. Bu qismda turarjoylar aniqlanmagan, aksincha, ichki qal’ada 20 ta xona, ustunli zallar va keng xovlini o’z ichiga olgan saroy qoldiqlari topilgan. Xovli tomonlarida xom g’ishtdan qurilgan supalar va g’ishtli ko’tarma-taxt o’rni xamda uning ro’parasida olov yonib turgan muqaddas otashkada aniqlangan154.
Orolbo’yida ilgari ma’lum bo’lmagan Ko’zaliqirning mudofaa tizimi o’ziga xos binokorlik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mudofaa devorlari paxsa, to’g’rito’rtburchak xom g’ishtdan bunyod etilgan. Devorlarida o’q otish uchun “shaxmat” tartibida shinaklar o’rnatilgan. Mudofaa tizimini ancha mustaxkamlash maqsadida qurilgan yarim dumaloq shakldagi devor burjlarida xam bunday shinaklar mavjud. Ko’zaliqir mil. avv. VII-VI asrlar chegarasida qurilgan bo’lib, mil. avv. V asrning o’rtalaridan so’ng inqirozga yuz tutadi.
Xuddi shu paytda Ko’zaliqirdan 20 km shimoli-sharqda joylashgan qal’aliqirda, maydoni 60 gektardan iborat katta shaxarga asos solinadi. Uning mudofaa devorining kalinligi 15 metrni tashkil etgan. Shaxar devorlari to’rt tomonining o’rtasida o’lchamlari 100x50 metrga teng ulkan darvoza oldi istexkomlari qurilgan. Shaxar ichida yagona inshoot — katta saroy bo’lgan. Ammo noma’lum sabablarga ko’ra, shaxar ko’rinishi to’xtab qolgan va binokorlar qal’aliqirni tark etishgan.
Fikrimizcha, Ko’zaliqir va extimoli bor Qal’aliqirning ichki qismlarida uy-joylarning bino qilinmaganligining sababi shundaki, bu yirik qal’alar dastavval qarorgox markazi vazifasini amalga oshirish maqsadida bunyod etilgan. Ikkinchidan, ular tevarak axoli va chorva podalari uchun panagox, bo’lib turgan. Shu xarbiy inshootlardan tashqi bosqinlardan ximoyalanish zarurati vujudga kelganda foydalanish imkoni nixoyat muxim axamiyatga ega bo’lgan. Bu borada Xorazm nomining ilk yozma manbalardan (“Avesto” bo’yicha - “xvarizam”, qadim fors tilida “huwarazmi”) “chorva uchun yaxshi istsxkomlarga ega mamlakat” yoki “istexkomli manzillarga ega zamin” kabi M.N. Bogolyubovning tarjimalari e’tiborga molik.

Download 187.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling