Mavzu: kompozitsiya. Kompozitsiya haqida ma’lumotlar. Kompozitsion uslublarning o’ziga xosligi. Me’morchilik, adabiyot va musiqada kompozitsion xususiyatlar. Kompozitsiyada me’yor va muvofiqlik. Kompozitsiya
Download 28.39 Kb.
|
kompoziysiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompozitsiya
MAVZU: KOMPOZITSIYA. Kompozitsiya haqida ma’lumotlar. Kompozitsion uslublarning o’ziga xosligi. Me’morchilik, adabiyot va musiqada kompozitsion xususiyatlar. Kompozitsiyada me’yor va muvofiqlik. Kompozitsiya (lotincha: compositio — tuzilish, birlashish, bogʻlanish) — badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan qismlarining joylashishi. Tasviriy sanʼatda—rassom (haykaltarosh va boshqa) gʻoyasini aniq ifoda etish vositasi boʻlib, unda ijodkorning mahorati yorqin namoyon boʻladi. Kompozitsiya orqali muallif chiziq, shakl, rang va obrazlarni tartibga keltiradi, fazoviy kenglikni oʻzlashtiradi va badiiy muhit yaratadi. Kompozitsiya asosini mantiqiylik, shakl aniqligi va ularning oʻzaro uygʻunligi tashqil qiladi. Ijodkor yaratgan har bir asarining asosida kompozitsiya yotadi, unda borliqni idrok etish jarayonida hosil boʻladigan fikr, his-tuygʻular oʻz aksini topadi. Kompozitsiyaning "turgʻun" va "dinamik", "ochiq" va "yopiq" xillari mavjud. Kompozitsiya tuzish maʼlum "qonun" (kanon)lar bilan belgilangan va chegaralangan. Bu esa kompozitsiya ifoda vositalarining torayishiga olib kelgan. Uygʻonish davrida "turgʻun" va "yopiq" kompozitsiya, barokko sanʼatida "dinamik" va "ochiq" K. ustuvorlik qilgan. Sanʼat tarixida qonunlarga boʻysunib yaratilgan kompozitsiyalar va erkin kompozitsion usullarga asoslanib kompozitsiya yaratish harakatlari birday muhim rol oʻynagan. Uygʻonish davrida kompozitsiyani ilmiy asoslashga intilish kuzatiladi. Tasviriy sanʼatning har bir turi oʻziga xos kompozitsion uslublarga ega. Mac, kitob bezagi (rasm) mahobatli devoriy rassomlik kompozitsiyasidan farq qiladi. Shuningdek, kompozitsiyani idrok qilish ham turlicha boʻlishi mumkin. Mac, haykaltaroshlik asarlaridan relyefni faqat old tomondan koʻrish mumkin. Aksincha, mahobatli yodgorliklarni esa aylanib tomosha qilish lozim. Haykaltarosh asar yaratayotganda kompozitsiya qonunlarini eʼtiborga olishi kerak. Tasviriy sanʼatda koʻp shakl (figura)li kartina va haykallar ham kompozitsiya deb ataladi. Meʼmorlikda — kompozitsiya (mujassamot) bino (inshoot va ularning majmualari)ning tuzilishi, vazifasi va gʻoyaviy badiiy jihatlari birligi va shaharsozlikdagi oʻrnini taʼminlashdan iborat; kompozitsiya butun bir shahar yoki meʼmoriy ansambl, alohida bino yoki inshootning tashqi qiyofasi bilan ichki xonalari, tuzilishi bilan bezaklari, rangi, loyihasi va qurilishini aniqlaydi, atrof muhit bilan uygʻunlashishi meʼmoriy kompozitsiyaga kiradi. Bu esa meʼmordan katta mahorat talab etadi. Adabiyotda kompozitsiya — asarni badiiy shakllantirishga xizmat qiladigan turli qismlarning holati, oʻzaro bogʻliqligi, voqea, harakter-obrazlar, lirik chekinishlar, tafsilotlar bayoni va shu kabi maʼlum maqsadga boʻysundiriladi. Asar kompozitsiyasining yaxlitligi uning asosiy shartidir. Ortiqcha personaj, epizod va detallar asar qimmatini pasaytiradi. Shuning uchun ham badiiy asarda hech qanday yetishmovchilik ham, ortiqchalik ham boʻlmasligi kerak. kompozitsiyaning oʻziga xosligi syujet unsurlarining qanday tartib bilan joylashtirilishiga, syujetdan tashqari unsurlar (lirik, falsafiy-publitsistik chekinishlar, qoʻshimcha epizodlar) ning bor-yoʻqligiga, peyzaj, portret, psixologik tasvir, muallif tavsifi kabi vositalarning meʼyori va tartibiga bogʻliq. kompozitsiya yaratish usuli va uslublari turli-tuman. Qadimdan kompozitsiyani asar gʻoyasi bilan uzviy bogʻliq holda tushunib kelingan. kompozitsiya asarning shunchaki tuzilishi emas, balki shu tuzilishning maqsadi, uning nima asosida tuzilganligidir. kompozitsiya asar gʻoyasiga bogʻliq. Tanlangan obraz yoki voqea asarga kiritish uchun muvofiqmi yoki yoʻqmi — buni faqat yozuvchi aytmoqchi boʻlgan gapga nisbatan aniqlash mumkin. Bu ham kompozitsiyaning muhim bir tomoni. kompozitsiya shu jihati bilan asarda mazmunning qay darajada mazmundorligini koʻrsatuvchi muhim omillardan. Musiqada — 1) musiqa asarining tuzilishi (qarang: Musiqa shakli); 2) kompozitor ijodining mahsuli, tugal musiqa asari; 3) koʻp ovozli musiqa asarlarini yaratish jarayoni, badiiy ijod turi; 4) konservatoriya va boshqa musiqa oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan tarixiy-nazariy va amaliy fan. Musiqiy mavzularni yaratish tamoyillari, ularni rivojlantirishda koʻp ovozli musiqa vositalaridan unumli foydalanish yoʻllari, muayyan musiqa janri, tur va uslublarning xususiyatlari, asarlar tuzilishi va tugal shaklga keltirilishi qonun-qoidalari kabi maʼlumotlardan iborat.[1] Kompozitsiya (lat. Compositio - tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o’zaro bog’liqligi va joylashish (o’rinlishish) tartibi tushuniladi. U o’zida personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. epesodion-begona, aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o’zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo’lim, band, parda, ko’rinish va sh.k. bo’linishini jamg’aradi. Darvoqye, “kompozitsiya-badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo’ysindiruvchi kuch. Uning vazifasi biron bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ayni chog’da, uning birbutunlikka birikishini nazorat qilishdir... Uning maqsadi barcha bo’laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, ular alal-oqibat asar g’oyasini to’liq ifodalashga qodir bo’lsinlar”1. Bu fikrlardan ko’rinadiki, asar g’oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta ko’rinish, bironta hatti-harakat, bironta so’z bo’lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu xislati bilan go’zallikda yagona bo’lgan olamni – badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo’ladi. har qanday asardagi bosh g’oya (Mas., “O’tgan kunlar”ning bosh g’oyasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot tariximizning eng kirlik, qora kunlaridir) – kompozitsiyaning markazi sanaladi. Ana shu markazga asardagi hamma unsurlar(boblar, obrazlar, detallar, vositalar, so’zlar...) bo’ysinadi va uning talabiga ko’ra asar to’qimasidan o’z o’rnini oladi. Ayni paytda bosh g’oyaning maqsadini ochish uchun xizmat qiladi. Kompozitsiya, bundan tashqari, tasvirdagi me’yor va muvofiqlikni ham yuzaga chiqaradi, sayozlikka, bayonchilikka, bayondagi ezmalikka, takrorga yo’l bermaydi. Agar kompozitsiyaning bu talabiga rioya etmasa, “Yozuvchi sayoz joyda cho’kadi” (A.Muxtor), bayonchilikka yo’l qo’ysa – jurnalist, publisistga aylanadi, ezmalik qilsa – san’atining qusurini namoyish etadi, takrorlarga ko’plab yo’l qo’ysa-yozuvchilik qismatini oddiy hunarmand qismatiga aylantiradi, xalos. Mana, ikkita isbot: “O’zbeknoma”dagi markaziy fikr “Bu – o’zbek xalqi buyuk xalq, u o’tmishda buyuk qadriyatlar yaratgan, buyuk shaharlar qurgan, uning ichidan buyuk zotlar yetishib chiqqan, bugun uning buyuk yurtboshisi bor, bugun o’zbek xalqi ana shu rahbari boshchiligida buyuk kelajak sari odimlamoqda, degan fikrdir... Albatta, bu fikr juda to’g’ri fikr. Lekin san’atning san’atligi shundaki, har qanday to’g’ri fikr undagi tasvirdan, asarning badiiy to’qimasidan o’zi mustaqil kelib chiqmog’i zarur, tashqaridan yopishtirilishi kerak emas. Afsuski, “O’zbeknoma”da bu fikr hali poetik g’oya darajasiga o’sib chiqmagan. Ma’lumki, san’atning turlari nihoyatda ko‘p bo‘lib, ular adabiyot, musiqa, kino, tеatr, mе’morchilik, amaliy-bеzak, sirk, tеlеvidеniе, tasviriy san’at hisoblanadilar. “Tasviriy” atamasi “tasvirilash” so‘zidan olingan bo‘lib, unda turli matеrial, xususan, bo‘yoq, tosh, gips, yog‘och shuningdеk, boshqa badiiy va tashlandiq matеriallar yordamida har xil obrazlarni va narsalarning rasmi, haykalini ifodalash tushuniladi. Tasviriy san’at ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, halqlar tarixini bilishga xizmat qiladi. Tasviriy san’atning paydo bo‘lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Bu vaqtda kishilar voqеalarni, odam va xayvonlarni toshlarga tasvirini chizib, ularni kеsib turli ko‘rinish va mazmunda haykallar yasaganlar. Qadimdan kishilar san’at, tabiat xodisalari va kishilarning o‘zaro munosabatlari, faoliyatlariga, xulqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi dеb hisoblaganlar. Shu qatori tasviriy san’at asarlari kishilarga katta kuch bilan ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega. Kishilar tasviriy san’at asarlarini tomosha qilish orqali ularda ifodalangan go‘zallikni ko‘rish orqali o‘z hayotiga ana shunday go‘zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonona harakatlarni ko‘rib ularga o‘xshashga intiladilar. Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. San’at asarlaridagi tabiat nе’matlaridan ruhiy ozuqa olish, hayotdan zavq olish orqali ulardan bahramand bo‘ladilar, dam oladilar. Ayniqsa, manzara janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko‘rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqеalar emas, balki musavvirning ichki kеchinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog‘u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo‘lsalar, boshqalari dеngiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan O‘.Tansiqboеvning “O‘zbеkistonda mart”, “Jonajon o‘lka”, “Mеning qo‘shig‘im”, N.Kashinaning “Tog‘da bahor”, Z.Inog‘omovaning “Arpa o‘rimi”, “Choyga”, R.Tеmurovning “Bibixonimda bahor”, “Ulug‘bеk madrasasi” asarlari mualliflarga shuhrat kеltirdi. Rassomlar o‘z asarlarida hayotni qanday ko‘rsalar o‘shanday emas, balki undagi xaraktеrli ko‘rinishlarni tanlab oladilar, kеrakmas ikkinchi darajali ko‘rinishlarni tushurib qoldiradilar, muhimlarini bo‘rttirib ko‘rsatadilar. Tanishish va bo‘rttirish orqali rassomlar narsa va hodisalarni kishilarning tafakkuri va hissiyotlariga samarali ta’sir ko‘rsatishga erishadilar. Rassom borliqni shunchaki biladigan shaxs emas, balki u boy tasavvur va tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishidir. U o‘z ijodida borliqni shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki unga asoslangan holda nimalarnidir o‘ylab topadi, tasavvur etadi va to‘qiydi. Eng muhimi san’at asarlari o‘z mazmunida borliqni aks ettiribgina qolmasdan, u rassomning g‘oyalarini ifodalaydi, uni boyitadi, shu bilan birga bunday asarlar tomoshabinga emotsional ta’sir ko‘rsatish kuchiga ham egadir. Download 28.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling