Mavzu: Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari Reja


Download 1.82 Mb.
bet1/19
Sana24.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1653175
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Tursuniva Malikabonu



Mavzu:

Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari
Reja:


  1. Sichqoncha

  2. Printer

  3. Skaner

  4. Plotter

  5. Tarmoq qurilmasi

  6. Strimmer

  7. Modem



  1. Sichqocha

Kompyuter sichqonchasi qanday ishlaydi?

Kompyuter sichqonchasini doim ishlatamiz-u, lekin bu qurilma qanday ishlashiga qiziqib ko‘rmaganmiz.
Kompyuter sichqonchasi bo‘lmaganda hozir hayotimiz qanday bo‘lgan bo‘lardi? Ish yuzasidan yoki o‘yin o‘ynash uchun kompyuter sichqonchasidan muntazam foydalanamiz. Kompyuter sichqonchasi istalgan kompyuter tizimining muhim qismi sanaladi. Holbuki, bu kichik uskunlarni nima boshqarib turgani yoki ular qanday ishlayotgani haqida kamdan-kam mulohaza yuritamiz.
Ilk kompyuter sichqonchasi

60-yillar boshida, kompyuter texnologiyasi endi rivojlanayotgan davrda, Duglas Engelbart ismli ixtirochi foydalanuvchiga kompyuterni osonroq boshqarish imkonini beruvchi usulni kashf etishni xohlab qoladi. 1964-yilda Engelbart kompyuter monitorida kursorni harakatlantiruvchi moslama prototipini yaratadi. «Displey tizimi uchun X-Y joylashuv indikatori» deb nomlangan bu qurilma ko‘rinishidan zamonaviy kompyuter sichqonasiga umuman o‘xshamagan.
Mazkur uskuna ichi g‘ovak katta va qo‘pol yog‘och quti edi. Quti ichiga ikkita katta g‘ildirakcha o‘rnatilgan. Ulardan biri X o‘qini, ikkinchisi esa Y o‘qini harakatlantirgan. Displey tizimi uchun X-Y joylashuv indikatori narigi uchida 13 konnektorli raz’yem bo‘lgan uzun simga bo‘lgan.
Duglas Engelbart
1968-yilda Engelbart ushbu qurilma uchun patent hujjatlarini topshiradi (va 1970- yilda patent oladi). Ixtirochi o‘z qurilmasini 1968-yilda o‘tkazilgan demonstratsiyada ilk bor rasman «sichqoncha» deb ataydi. Aynan shu palladan boshlab, kompyuter sichqonchasi texnologiyasi rivojlanib, hozirgi tusga kira boshladi.
Bugunga kelib, oldimizda har xil turdagi sichqonchalar tanlovi mavjud. Ularning har biri ma’lum afzallik va kamchiliklarga ega.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling