Mavzu: Ko’prik o’tish joylarini qidiruv va qurishdagi geodezik ishlar Reja


Download 0.74 Mb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1596302
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish


Mavzu: Ko’prik o’tish joylarini qidiruv va qurishdagi geodezik ishlar
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Ko’prik o’tish joylarining loyiha elementlari

  2. Ko’prik o’tish joylarining qidiruv ishlarini tarkibi

  3. Ko’priklar va suv o’tkazuvchi inshootlarnining rejalash to’rlari va rejalash ishlari

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Hozirgi yangi ming yillik asr barcha soha qurilishlarida o’zining yangicha texnologik jarayonlari va iqdisodiy almashuvi bilan ajralib turadi. Ushbu o’tish asrida ilmiy- texnik jarayon rivojlanish davrida barcha amaliy fanlar kabi geodezikda, geodezik inshootlarni qidiruv-loyihalash, qurish va ekspluatatsiya ishlarida, zamonaviy texnologiyalarni kirib kelishi va ularning usullarini amalga kirib kelishi kuzatilmoqda. Bu jarayon zamonaviy elektron va uziliksiz qayd etadigan geodezik asboblarni, avtomatlashtirilgan tizimlar, taьminotli dasturlar, GIS tizimlarini amaliyotda qo’llanishi bilan belgilanmoqda.
Amaliyotga kirib kelgan zamonaviy elektron geodezik asboblar , lazerli skanerlar, Geoinfarmatsion tizimlar,GRS (Global Position System)priyomniklari, SMARTSTATION tizim, ta’minotli dasturlar va Yerning sunniy yo’ldoshli radionavigatsiya tizimlarini geodezik o’lchash ishlariga kirib kelishi, unumsiz qo’l mehnatini kamaytirishga loyihalash va qurilishda samarali avtomatlashtirilgan usullarni qo’llashga, qurilish maydonlarida mashina va mexanizmlarni avtomatlashtirilgan geodezik boshqaruvini amalga oshirishga imkon yaratdi.

Avtomobil yo’llar daryo, soy va jarliklarni kesib o’tagan joylarida ko’priklar, quvurlar, suv o’tkazuvchi viaduklar va h.o. sunniy inshootlar loyhalanadi va quriladi. Ularning asosiy o’lchamlari inshoot o’tkazuvchi oqimning maksimal suv sarfiga (hajmiga), yaьni vaqt birligida o’tgan suv miqdoriga bog’liq bo’ladi.


Loyihalanyotgan inshootning yuqorisida atmosfera yog’inlaridan oqim hosi etuvchi yer yuzasining qismini suv to’plovchi maydon (havza) deb yuritiladi. Suv to’plovchi maydonning chegaralshda suv ayrig’ich chiziqdan foydalaniladi. Xaritalarda suv to’plovchi maydonning belgilashda suv ajratuvchi chiziqlar gorizontallarga perpendikulyar etib o’tkaziladi Dala sharoitida suv ajratuvchi cho’qqilardan o’tkazilgan teodolit -dalьnomer yo’llari bo’yicha o’lchangan maьlumotlardan foydalaniladi.



Parkent soyidagi MN yo’lida joylashgan A nuqtadagi sun’niy inshootniing suv to’plovchi havzasining chegarasi (a ) va suv ayrig’ich chizig’idan o’tgan teodolit- dalьnomer yo’lining (b) ko’rinishi
Katta daryolarda ko’prik o’tish joylarini loyihalashda barcha elementlarining o’lchamlarini aniqlanish ko’zda tutiladi.Ular hisoblangan to’lin oqimni inshootga ravon kelishini va sokin o’tishini taьminlaydi.
Katta daryolarda ko’prik o’tish joylarini loyihalashda barcha elementlarining o’lchamlarini aniqlanish ko’zda tutiladi.Ular hisoblangan to’lin oqimni inshootga ravon kelishini va sokin o’tishini taьminlaydi.
Ko’prik o’tuvchi daryodan o’tish joylarni tanlashda joyning gidrologik, geolog, ho’jalikda foydalanish o’rnining xususiyatlari hisobga olinadi.Bunda ko’prik o’tish joyi daryoning oqimiga perpendeukulyar bo’lishi, qayirlarda eski o’zan va irmoqlar bo’lmasligi inobatga olinadi.
Ko’prik o’tish joylarini loyihalashda joy haqidagi ma’lumotlar asosiy hisoblanib, ularni asosini muhandislik – geodezik qidiruv ishlarining materallar tashkil etadi. Qidiruv geodezik ishlarini tarkibi, masshtabi, aniqligi va joy tasvirining xajmi loyiha bosqichlariga (Loyiha bosqchilari: TIA – texnik iqtisodiy asos, L–loyiha, IJ – ishchi xujjatlar yoki IL- ishchi loyiha) bog’liq bo’ladi. SHu bilan birga loyihalash davrida xar bir bosqichda va turli xajmdagi qidiruvlarda quyidagi asosiy ishlar bajariladi: Muhandislik – geodezik ishlar (ko’prik o’tish joylarini trassalash tasvir olish, planli-balandlik asosini yaratish, topografik tasvir olish, bo’ylama kesimlarni tasvirga olish va h.o.); Gidrologik kuzatuv (suv oqimining rejimi xaqidagi ma’lumotlar to’plash, daryo vodiysini morfometrik o’lchash va kuzatuv); Gidrometrik o’lchash ishlari (daryo o’zanini tasvirga tushirish, oqim tezligi va yo’nalishni o’lchash, suv sarfini aniqlash, suv yuzasini qiyaligini o’lchash va h.o.); Muhandislik– geologik ishlar (geologo – litologik qirqimlar tuzish, tuproq guruntlarni gidrogeologik kuzatuv, yo’l qurilish materiallarini zahiralari qidiruv h.o.); Maxsus ishlar (ko’prik o’tish joylari boshqa muhandislik inshootlar bilan o’zaro bog’liqligi daryolarni muzlash va muz shox-shabbada daraxtlarni, kemalarni o’tkazish holatlari bo’yicha kuzatuvlar olib borish va h.o.);

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling