Mavzu: Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi Reja: Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi


Download 82.03 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi82.03 Kb.
#1150064
  1   2   3
Bog'liq
Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi


Mavzu: Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi


Reja:


1. Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi
2. Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tashkil topishi

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi 2016-yil yakunlariga ko‘ra turli nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilarini e’lon qildi. 


Mustaqillik yillarida milliy qadriyatimiz – kurash jahonga yuz tutdi, xalqaro sport turiga aylandi. Bugun bir yuz yigirmadan ziyod mamlakatda kurash federatsiyalari faoliyat yuritmoqda. Kurash xalqaro assotsiatsiyasi hamda unga a’zo Osiyo, Yevropa, Panamerika, Afrika va Okeaniya kurash konfederatsiyalari tomonidan mazkur sport turi bo‘yicha jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro turnirlar yuqori saviyada tashkil etilayotir. 
2016-yil ham kurash bo‘yicha yorqin voqealarga boy bo‘ldi. 
Vetnamning Danang shahrida o‘tkazilgan V Osiyo sohil o‘yinlarida kurash bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Unda polvonlarimiz ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi. 
Suhrob Xudoyberdiyev mazkur musobaqada ko‘rsatgan mahorati, chiroyli usullarni qo‘llagani uchun Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan "Yilning eng yaxshi texnika sohibi", deb e’tirof etildi. 
Hindistonning Kochchi shahrida yigirma yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha VIII jahon chempionati o‘tkazildi. Nufuzli chempionatda dunyoning ellikdan ziyod mamlakatidan besh yuzga yaqin sportchi 15 vazn toifasida g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi. Musobaqada muvaffaqiyatli qatnashgan polvonlarimiz 9 oltin, 3 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritdi. 
Mazkur nufuzli musobaqa "Yilning eng yaxshi chempionati", deb topildi. 

Eronlik Mustafo Dalirian “Yilning eng yaxshi erkak kurashchisi”, Xitoy Taypeyi vakilasi Li Van Ting "Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi", Dominikan Respublikasidan Algimedez Ortiz Kruz va Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi Xenriyett Moller “Yilning eng yaxshi hakam”lari, Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiyi Sun Jun Kyun "Yilning eng yaxshi murabbiyi", Kongo Respublikasi kurash assotsiatsiyasi “Eng yaxshi milliy federatsiya”, Panamerika kurash ittifoqi “Eng yaxshi qit’a federatsiyasi", deb topildi. 



Download 82.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling