Mavzu: Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi Reja: Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi


Haydar Farmon, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi prezidenti


Download 82.03 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi82.03 Kb.
#1150064
1   2   3
Bog'liq
Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi

Haydar Farmon, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi prezidenti
IKA prezidenti tomonidan kurashning xalqaro maydondagi rivoji, o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqalar, qit’aviy o‘yinlarda ishtiroki va joriy yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan qit’a va Jahon Chempionatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Jumladan, 03—07-avgust kunlari Janubiy Afrika Respublikasi kurash bo‘yicha Afrika chempionati, 04—08-sentabr kunlari Tailandning Chonburi shahrida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati, 21—23-oktabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Yevropa chempionati, 18—24-noyabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon Chempionatlari bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro kurash assosiasiyasida yil laureatlari aniqlandi

Baho:

+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xalqaro Kurash assosiasiyasi Yangi yil arafasida yakuniga yetib borayotgan sport mavsumi g‘oliblarini e’lon qildi. E’tiborli jihati, joriy yilgi laureatlar to‘qqizta nominasiyaga ko‘ra aniqlandi.
Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi” nominasiyasida g‘oliblik Jakartada tashkil etilgan Osiyo o‘yinlari hamda Hindistonda o‘tgan Osiyo chempionati g‘olibi, hamyurtimiz Gulnor Sulaymonovaga nasib etdi.
Eronlik taniqli polvon, 81 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Osiyo o‘yinlari va qit’a chempionati g‘olibi, shuningdek, sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlab Prezident sovrini uchun Shahrisabzda o‘tkazilgan VII Xalqaro turnir chempioni Ilyos Ali Akbari “Yilning eng yaxshi kurashchisi” nominasiyasida g‘olib, deb topildi.
Eng yaxshi ayol hakam sifatida Xitoy Taypeyi vakilasi Xo Pi Yen e’tirof etilgan bo‘lsa, erkaklar orasida ushbu nomga janubiy koreyalik Kim Sukil munosib ko‘rildi.
Yilning eng yaxshi turniri” nominasiyasida Indoneziyada o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan kurash musobaqalari e’tirof etildi. Ta’kidlash joiz, Kurash birinchi marotaba rasman Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi. Qolaversa, musobaqa yuksak saviyada tashkil etilib, OAV orqali ham keng yoritildi.
Kurash rivojiga munosib hissa qo‘shgan eng yaxshi milliy federasiya”yo‘nalishida Italiya kurash federasiyasi g‘olib chiqdi. Boisi, Italiya kurash federasiyasi cheklangan moliyaviy imkoniyatlar bilan ham samarali faoliyat olib bordi, italiyalik polvonlar esa deyarli hech bir musobaqani o‘tkazib yuborishmadi. Qolaversa, birinchi marta Italiyada murabbiylar uchun seminar tashkil etildi.
Kurash rivojiga munosib hissa qo‘shgan eng yaxshi mintaqaviy federasiya”nominasiyasida g‘oliblik Panamerika kurash ittifoqiga nasib etdi.
Yil g‘alabasi” nominasiyasida g‘oliblikni bir yo‘la ikki milliy federasiya qo‘lga kiritdi. Quvayt kurash federasiyasiga sovrin ushbu mamlakat polvonlari ilk bora Osiyo o‘yinlarining kurash musobaqalarida bronza medaliga sazovor bo‘lishgani uchun berildi. Hindiston kurash federasiyasi esa ushbu yurt kurashchilari Jakarta gilamlarida bittadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritishgani uchun sovringa munosib ko‘rildi.
Nihoyat “Jahonda kurash rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun” nominasiyasida O‘zbekiston kurash federasiyasi g‘olib bo‘ldi.
Joriy yilda mazkur sport tashkiloti tomonidan yurtimizda Prezident sovrini uchun uchta nufuzli musobaqa (Shahrisabz, Xiva va Toshkent shaharlarida) yuksak saviyada tashkil etildi. Qolaversa, dunyo miqyosida ham milliy sport turimizni ommalashtirish yo‘lida samarali faoliyat olib bordi.
Biz barcha g‘oliblarni muborakbod etamiz.

Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Xalqaro kurash assotsiatsiya bosh kotibi va texnik direktori janob Muhammad Rizo Nassiri Nejad bilan uchrashdi.


Uchrashuvda kurashni rivojlantirish va jahon darajasiga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro kurash assotsiatsiya bosh kotibi joriy yilning noyabr oyida Puna shahrida (Hindiston) kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida oʻtkaziladigan jahon chempionati va Kurash xalqaro assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressida Adxam Ikramovni faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi uchun taklif qildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar kurashni rivojlantirish manfaati yoʻlida doimiy hamkorlik qilishga kelishib oldilar
Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Kerimov F.A.”Kurash tushaman” Toshkent Ibn Sino 1990yil


  2. Kerimov F.A.”Sport kurashi nazariyasi va usuliyati” Toshkent 2007yil


  3. Kerimov F.A , A.K.Nurullayev “Volnoya borba”Toshkent 2007


  4. YUnusova YU.M.”Sport faoliyatining nazorat asoslari” Toshkent 1994yil






  1. R.S.Salomov “Sport mashg’ulotining nazariy asoslari”Toshkent 2005

Download 82.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling