Mavzu: landshaftshunoslik strukturasini o’rganish reja


Download 24.64 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi24.64 Kb.
#1479568
  1   2
Bog'liq
landshaft1


Mavzu: LANDSHAFTSHUNOSLIK STRUKTURASINI O’RGANISH
REJA:

  1. Geografiyada differensiatsiya va integratsiya jarayonlari

  2. Geografiyaning birligi va yagona geografiya to`g`risida



Geografik qobiq va uning ayrim sferalari – litosfera, hidrosfera, atmosfera va biosfera parchalaridan iborat bo`lgan asosiy tarkibiy qismlari landshaft yoki geografik komponentlar deyiladi. Landsaft komponentlariga Yer po`stining qattiq massalari, hidrosferaning turli shakllari, ya’ni yer usti va yer osti suvlari, atmosferaning havo massalari, organizmlarning turkumlari (o`simlik qoplami, hayvon dunyosi va mikroopganizmlar), tuproqlar mansub. A.G.Isachenkoning (1990) fikricha, relyef (Yer po`stining muhim xossasi va shakllari) va iqlim (atmosfera xossalari va jarayonlarining majmuasi) ham tabiiy kompleks faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo`lganligi sababli mustaqil geografik komponentlardir.Bu komponentlar tabiiy-hududiy kompleksning moddiy kompontlaridir. Tabiiy-hududiy kompleksning energetik komponentlarini dastavval Quyosh energiyasi va, shuningdek Yerning ichki energiyasi hosil qiladi.
I.M.Sabelin (1973) fikricha, tog` jinslari,suv, havo, tuproq, bakteriyalar, o`simliklar, hayvonlar, qo`ziqorinlar va Quyosh radiatsiyasi geografik qobiqning komponentlaridir. A.M. Ryabchikov (1972) esa issiqlik, nam, havo, morfostruktura, tuproqlar va biogeosenozlarni asosiy landshaft komponentlari deb hisoblagan edi.
Lanshaft komponentlari makonda va zamonda bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lib, komponentlardan birining o`zgarishi bilan boshqalari ham o`zgaradi va “zanjirli reaksiya” vujudga keladi. Landshaft komponentlari odatda ularning ayrim xossalari yoki holatini ifodalaydigan elementlarga ajratiladi. Amalda komponentni mustaqil sistema sifatida landshaftdan tashqarida o`rganib bo`lmaydi.
Tabiiy-hududiy kompleksning shakllanishida ishtirok etadigan barcha landshaft komponentlari landsaft hosil qiluvchi omillar deyiladi. Bu tabiiy omillar zonal (iqlim, tuproqlar, osimlik va hayvonot dunyosi) va azonal (relief,geologik tuzilish) landshaft hosil qiluvchi omillarga ajratiladi.,
Barcha komponentlarni mujassamlashtirgan komplekslar to`liq tabiiy komplekslar, 3, 2 va 1 komponentdan tashkil topgan komplekslar esa (masalan, biosenoz, fitosenoz, havo massasi, suv massasi va b.) noto`liq tabiiy komplekslar deyiladi. Noto`liq komplekslar to`liq komplekslarga birlashadi. To`liq tabiiy komplekslar umumiy holda tabiiy-hududiy komplekslar deb ataladi va quruqlikda tabiiy-hududiy, okeanda – tabiiy-akval komplekslarni hosil qiladi.
Geografik qobiq, yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, murakkab tabiiy sistemalar yoki komplekslardan tashkil topgan. A.N.Krasnov (1895) geografiya alohida hodisalar va jarayonlarni emas, balki ularning birikmasini, geografik komplekslarni - cho`llar, dashtlar, doimiy qorlar va muzlar, issiq va doimiy nam va boshqa oblastlarni o`rganishi lozimligini ta`kidlagan edi.Shu sababli to`liq tabiiy kompleksga “geografik kompleks (GK)” tushunchaqsi ham to`liq mos keladi. Chunki, zoologik, tuproq, o`simlik, geomorfologik va boshqa komplekslarni o`rganadigan juziy fanlardan farq qilgan holda tabiiy geografiya tabiatni barcha komponentlari bilan o`rganadi. Ko`pgina hollarda “tabiiy-hududiy kompleks” terminining sinonimlari sifatida “tabiiy-geografik kompleks”, “geografik kompleks (geokompleks)”, “landshaft”, “geosistema” terminlari ham qo`llaniladi. Ayniqsa, “geosistema” termini tabiiy-hududiy kompleksning tarkibiy qismlarini o`zaro ta’sir va dinamik holatda tasavvur qilishga imkon beradi. Tabiiy-geografik kompleks - bu rivojlanishning muayyan bosqichida qayd qilingan geosistemadir. Bu tushunchalar mohiyatiga ko`ra umumiylikka ega, ammo ayni paytda ularning har biri batamom individualdir.Ularning ilmiy salohiyati, dalil-isbotlari, nazariy va amaliy rivojlanishi juda xilma-xil.
Tabiiy hududiy kompleks (THK) haqidagi tushuncha hozirgi tabiiy geografiyaning asosini tashkil etgan holda geografiya fanlarining barcha tizimi uchun muhim ahami­yatga ega. tabiiy-hududiy kompleks to`g`risidagi tasavvur alohida geografik kompo­nentlar orasidagi o`zaro aloqa va o`zaro bog`liqlikning mavjudligidan kelib chiqadi. Turli tabiat komponentlari Yer yuzasida tasodifiy birikmalarni emas, balki qonuniy kom­plekslarni yoki sistemalarni hosil qiladi. Tabiiy hududiy kompleks – geografik qobiqning tabiiy chegaralarga ega bo`lgan, bir-biridan sifat jihatidan farq qiladigan, o`zaro ta`sirda va o`zaro taqozada bo`ladigan va bir butun bo`linmaydigan sistemalrni hosil qiladigan landshaft komponentlarining murakkab qonuniy birikmasidir. Energiya va modda almashinuvi va o`zgarishining barcha majmuasi tabiiy hududiy kompleksning mavjudligini ta`minlaydi. Tabiiy-hududiy kompleks – ko`plab o`ziga xos sifatlarga ega bo`lgan o`ta murakkab tadqiqot ob`yektidir. Bu xildagi sistemalarni anglab yetish tabiiy geografiyaning ilmiy vazifasini tashkil etishi tufayli ularning uyu­shuvining turli darajalari to`g`risida to`liq va aniq tasavvurga ega bo`lish lozim. Tabiiy-hududiy komplekslar o`zlarining ko`lamlari va tuzilmasiga ko`ra xilma-xildir. Qarshi, cho`lidagi sho`rxoklar ham, cho`ning o`zi ham, mu`tadil va subtropik mintaqalar doirasida joylashgan Turon pasttekisligi ham, mintaqalar va zonalarning o`zlari ham tabiiy-hududiy komplekslardir. Bu ob`yektlar umumiy juz’iyatlarga ega, ular bir xil komponentlardan tarkib topgan. Ammo, ular kattaligi va tuzilishining murakkablik darajasiga ko`ra bir-biridan tubdan farq qiladi.
XX asrning boshida A.N.Krasnovning geografik komplekslar to`g`risigagi g`oyasi hozirgi paytda tabiiy geografiyada keng qo`llaniladigan “landshaft” tushunchasida mujassamlashdi hamda landshaftshunoslikning mustaqil fan sifatida tarkib topishiga imkon berdi.
“Landshaft” halqaro miqyosda tan olingan ilmiy termindir. P. Jeymsning yozishicha 1000-yilga qadar qadimiy ingliz tilida “the landscape” so`zi hududning ko`lamini anglatgan. “Landscape” so`zi esa ingliz tiliga XYII asrning boshida holandcha “landshap” so`zining ko`chishi bilan bog`liq. Nemis tilidagi Landschaft so`zi XY asrdan boshlab rassomlar tomonidan Yer yuzasi qiyofasining biror-bir jihatini - tabiiy manzarasini ifodalash uchun qo`llanilgan (Schmithyuzen, 1963).
Hozirgi paytda ilmiy mazmundagi “landshaft” termini nemis so`zlashuv tilidan olingan (die Landschaft; land yer, hudud, o`lka, joy schaft o`zaro aloqa). K. Byurgerning (K.Bürger. Der Landschaftsbegriif. Drezden,1935) tasdiqlashicha, landshaft termini ilmiy geografik adabiyotlarga aniq chegaralangan mazmunga ega holda 1805 – yilda nemis geografi A. Gommeyer tomonidan kiritilgan. Geografiya muayyan hududlardagi ob`yektlar va hodisalarning o`zaro aloqalarini o`rganishda bu ob`yektlar va hodisalarning landshaft hosil qiluvchi majmuasiga qaratmog`i lozimligi to`g`risidagi g`oyani 1885-yilda I.Vimmer o`zining “Historische Landschaftskunde” deb nomlangan kitobida bildirgan edi. A. Humboldt o`zining tadqiqotlarida Landschaft so`zidan ham foydalangan. Ammo u landshaft deb tevarak atrofning ko`z bilan ko`rib (visual) idrok qilinadigan va estetik jihatdan baholanadigan go`zalligini tushungan.Shu sababli A. Humboldtni badiiy landshaftshunoslikning asoschisi deb hisoblash mumkin (Milkov,1990).
O. Shlyutter dastavval o`zi foydalangan Urlandschaft so`ziga ta`rif beradi. Uning fikricha, Urlandscaft – bu inson faoliyati tufayli sodir bo`lgan katta o`zgarishlarga qadar mavjud bo`lgan landshaftdir. Inson madaniyati tomonidan yaratilgan landshaftni esa u madaniy landshaft deb ataydi. O. Shlyutter landshaftga uning komponentlaridan biri sifatida insonni ham kiritgan.
O. Shlyutterdan keyin ko`pgina nemis geograflari “landshaft” tushunchasiga katta e`tibor bergan holda geografiyani landshaftshunoslik sifatida belgilaydilar. L.Vaybel (1933) Landschaft terminining mohiyatiga bag`ishlangan maqolasida Germaniyada bu termin geograflar o`z e`tiborini kichikroq hududlarni o`rganishga qaratgan ayni bir paytda keng qo`llanila boshlanganligi to`g`risida yozadi. Chunki kichikroq hududlarni uncha katta bo`lmagan rayon ma`nosidagi Landschaft so`zi yirik rayonlar uchun qo`llanilgan Gebiyet (oblast) so`ziga nisbatan qulay bo`lgan. Ularning ko`pchiligi F.F.Rihtgofenning ob`yektlar va hodisalarning o`zaro aloqalari konsepsiyasini qo`llaganlar. Ular Landschaft so`zini bir - biri bilan bog`liq bo`lgan elementlar orasidagi uyg`unlikning sinionimi sifatida qaragan edi. Ular dastlab Landschaftni bevosita kuzatish mumkin bo`lgan hodisa deb hisoblagan bo`lsalarda, Landschaft so`zi bir xil juz’iyatli hudud yoki rayonning sinonimi deb hisoblaydilar.
H.Lautenzah keyinroq (1952) Germaniyadagi geograflarning ko`pchiligi O. Shlyutter izidan boprib geografiyaning bosh maqsadi landshaftni o`rganishdan iborat deb hisoblaydilar, deb yozgan edi.
Germaniyada geografiyaning lanshaftshunoslik (Landschaftskunde) sifatida rivojlanishiga katta hissa qo`shgan olimlardan biri Z. Passargedir (1867 - 1958). U nafaqat uncha katta bo`lmagan hududlarni (rayonlarni) o`rganish jarayonidagina emas, balki global miqyosdagi xulosaslarga asoslangan holda landshaftlarni tadqiq qilgan edi. Uning fikricha, geografning bosh vazifasi tabiiy landshaftlarni o`rganishdan iborat, deb hisoblagan edi. 1913-yilda Z. Passarge landshaftlarni o`rganishga maxsus nazariy ishini bag`ishlagan. Bu ishida u landshaftni hamma tabiiy komponentlar barcha muhim punktlarda (lot. punctum nuqta) moslik topadigan oblast sifatida qaraydi.
Z. Passarge o`simlik landshaft tipining eng yaxshi ko`lamli indikatori bo`lib xizmat qilishi lozim, degan xulosaga kelgan. Z. Passarge tomonidan ajratilgan Yerning landshaft zonalari (Landchaftsgurtel der Erde) o`simliklarning asosiy toifalariga mos keladi. Z. Passarge tomonidan tuzilgan dunyo kartasida Yerning asosiy landshaft zonalarining kenglik va materik ichkarisida joylashishining bir qator qonuniyatlarini belgilash mumkin. J.Shmithyuzen esa “har bir landshaft bir butun Geosfera (Geosphдre) ichidagi dinamik strukturadan, moddiy – makon – zamondagi (Sach – Rum – Zeit) sifat jihatdan aniq sistemadan iborat, deb hisoblagan. Boshqacha so`z bilan aytganda, uni makoniy sistema sifatida belgilash mumkin edi. Organizmlarga o`xshash berk sistemalardan farq qilgan holda bu - ochiq sistemadir” (Schmithyuzen, 1963).
Italiyada landshaft to`g`risidagi tushuncha A.Sestini tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, landshaft – tabiiy va sotsial-iqtisodiy juz’iyatlarining majmuasi sifatida tushuniladi.Landshaft uchun barqaror bo`lmagan muvozanat holati xos.
Fransuz geograflari qishloq joylarini tavsiflashda mamuniga ko`ra “landshaft” terminiga o`xshash “pey” terminini qo`llaydilar.E.Reklyu dastlabki fransuz geograf – landshaftshunoslaridan biri hisoblanadi. Uning XIX asr oxirida nashr qilingan ishlarida lanshaft tushunchasi garchi markaziy o`rin tutmasada aniq tabiiy joylarning ifodalanishi tabiiy geografiyada asosiy tushunchalarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. XX asrning birinchi yarmida chegaralari asoslangan tabiiy rayonlarni ajratishga doir tavsifiy yo`nalish ustuvorlik qiladi. O`tgan asrning 30-yillarida A.Xolli bir qator regional muammolarni qo`ygan holda Fransiya landshaftlarining ayrim tiplarini tasniflagan.
V.V.Dokuchayevning tuproqlar to`g`risidagi ta`limoti tabiiy geografik kompleks g`oyalarini ishlab chiqish uchun tayanch bo`lib xizmat qildi. Zero, V.V.Dokuchayevning g`oyalarini rivojlantirgan holda uning izdoshlari geografik tadqiqotlarning asosiy ob`yekti sifatidagi landshaft to`g`risidagi ilmiy tasavvurga kelishdi (Isachenko,1979).
L.S.Berg V.V.Dokuchayevni landshaftshunoslik va hozirgi geografiyani asoschisi deb atagan edi (Isachenko, 1991). L.S.Berg rus olimlari orasida birinchi bo`lib landshaftlarga aniq ta`rif beradi. Uning fikricha (1913), “tabiiy lanshaftlar deganda relyef, iqlim, o simlik va tuproq qoplamining yetakchi belgilarining o`xshashligi bilan ajralib turadigan joyni tushunmoq lozim”

АДАБИЁТЛАР



Download 24.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling