Mavzu: Logistikada axborot oqimi va axborot tizimlari Reja: Axborot oqimlari tushunchasi


Download 121.87 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi121.87 Kb.
#1048310
Bog'liq
Logistikada axborot oqimi va axborot tizimlari. Reja Axborot oq-fayllar.org

Mavzu: Logistikada axborot oqimi va axborot tizimlari

Reja:

1. Axborot oqimlari tushunchasi.

2. Logistikada axborot tizimlari.

3. Logistik axborot tizimlarning tuzilishi va faoliyati.


Logistik tizimda o‘tadigan axborot jarayoni davomida quyidagi funktsiyalar amalga oshiriladi:

Axborotni vujudga kelish joylaridan yig‘ish;

Axborotni tahlil qilish va qayta shakllantirish;

Axborotni yig‘ish va saqlash;

Axborotni tashish;

Axborot oqimini filtrlash, ya’ni boshqaruvning u yoki bu darajalariga zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni tanlab olish;

Axborot oqimlarini birlashtirish va ajratish;

Elementar – axborot qayta shakllantirishlarni amalga oshirish;

Axborot oqimini boshqarish.

Agrologistikada axborot oqimlarining quyidagi turlarini ajratadilar:

oqim bilan bog‘lanuvchi tizimlar turiga ko‘ra: gorizontal va vertikal;

o‘tish joyiga ko‘ra: ichki va tashqi;

logistik tizimga nisbatan yo‘nalishiga ko‘ra: kiruvchi va chiquvchi.



Axborot oqimi joriy oqimdan oldin, u bilan birga, yoki undan keyin harakatlanishi mumkin. Bunda axborot oqimi moddiy oqim bilan bir tomonga yoki qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan bo‘lishi ham mumkin.

2. Logistik axborot tizimlari, odatda logistik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi sifatida namoyon bo‘ladilar. Shuning uchun ham logistik axborot tizimlaridagi matematik ta’minot – bu dasturlar majmui va moddiy oqimlar boshqaruvi masalalari yechilishini, matnlarni qayta ishlashni, so‘rov ma’lumotlarini olishni va texnik vositalar amal qilishini ta’minlovchi dasturlash vositalari yig‘indisidir.

Logistik tizimlarning axborot texnik ta’minoti, axborot jihatlari va uni qayta ishlashning texnik vositalari to‘plami bilan emas, balki ularni barpo etish uchun qo‘llaniladigan uslublar va tamoyillar bilan farq qiladi


Logistika axborot tizimlari uch guruhga bo‘linadi: - rejali; - dispozitsion; - tezkor(vazifa o‘taydigan). Har xil guruhlarga kiradigan logistika axborot tizimlari o‘z vazifaviy va ta’minlaydigan tizimlari bilan ajralib turadi. Vazifaviy tizimlari yechiladigan masalalar tarkiblari bilan ajraladi. Ta’minlovchi axborot tizimlari o‘zining texnikaviy, axborot va matematik ta’minlash elementlari bilan ajralib turishi mumkin.

Axborot logistik tizimlarning shakllanishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - tizim shunday tuzilishi kerakki, axborotni uzatish, uni qayta ishlash, saqlash va qo‘llashda korxonaning hamma bo‘linmalari ehtiyojlari hisobga olinsin; - axborot tizimi korxonaning yetkazib beruvchilar, xaridorlar hamda jo‘natuv, oraliq omborxonalari va iste’molning hamma nuqtalari bilan zarur o‘zaro aloqalarni ta’minlab berishi kerak; - logistik tizimlarning darajalari o‘rtasida axborot almashinuvi minimal lekin boshqaruv ehtiyojlarini ta’minlaydigan bo‘lishi kerak; - axborot xarakteri boshqaruv tizimidagi aniq bir iste’molchiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak; - tizimni kurishda apparat va dastur modellar tamoyili hisobga olinishi zarur; - muhim talab bo‘lib tizimda qo‘llanilayotgan hujjatlarni soddalashtirish va standartlash hisoblanadi.

Logistika jarayoniga kelish tizimi uch darajaga bo‘linadi: Birinchi daraja. Logistikada materiallar to‘plamining ish o‘rni harakatlanadi, qadoqlanadi va hokazo. Ikkinchi daraja. Ish joylarini aniqlash va yuklarni transportlash jarayoni, o‘tkazilayotgan joyi - hudud, tsex, ombor. Uchinchi daraja. Bu transportga joylash, butun bir harakat tizimi va bir qator hodisalar zanjiridir. Shu darajada boshlanishidan oldin sotuvchi xom ashyoni tushirish payti desa bo‘ladi, shu zanjir yakunlanishi esa tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘ladi.


Download 121.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling