Mavzu: Maktab yoshidagi o’g’il bolalar shimini tikish texnologiyasi, taqilmasi va chontakka ishlov berish


Download 0.57 Mb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1536331
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Maktab yoshidagi o’g’il bolalar shimini tikish texnologiyasi, taqilmasi va chontakka ishlov berish.
Reja:



  1. Vitochkalarni ishlash;

  2. Namlab isitib ishlov berish;

  3. Astarga ishlov berish;

  4. Kamar tutkichlarga ishlov berish



MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:


Shim bichig’ining bo’laklari, chiziq va qirqimlarining nomlari
Bichiq bo’laklari. Shim avra, astar va qo’shimcha qatlam bo’laklaridan iborat bo’ladiBichiq bo’laklarining chiziqlari va qirqimlarining nomlari.
Shim bichig’ida quyidagi nomdagi chiziqlar va qirqimlar bo’ladi: shim old bo’lagida yuqori qirqim 1, oldingi qirqim 2, odim qirqim 3, pocha qirqim 4, yon qirqim 5 va uloqlar ulash chizig’i .


Bolalar shimining mayda bo’laklari.

Vitochkalarga ishlov berish
Shimning ort bo’lagida uloq bo’lib, uni asosiy bo’lakka ulashdan oldin qirqimlarni maxsus mashinada yo’rmab chiqiladi. Uloqlarni ulashda shim bo’laklarining o’ngi tomonlarini ichkariga qaratib qo’yiladi. Qirqimlari tekislanadi va 10 mm kenglikda chok solib, ulab tikiladi. Vitochkalarning kengligi, qanday joylashishi soni shimning gavdaga qanchalik yopishib turishiga va gavdaning to’laligiga bog’liq.
Shim old bo’laklarida qirqma vitochkalar yoki dazmollanmaydigan taxlama-vitochkalar qilinadi. Shim old bo’lagini vitochkaning belgilangan o’rta chizig’i bo’ylab bukib, yuqori qirqimidagi nazorat belgilari to’g’ri keltiriladi. Vitochkaning yon tomoni, bo’yi yuqori qirqimidan boshlab chokni tobora yo’q qila borib, biriktirib tikiladi, baxyaqatorning boshlanishi va oxiri puxtalab qo’yildi. Taxlama-vitochkani yuqori-qirqimdan boshlab pastga tomon belgilangan chiziq bo’ylab 40-50 mm biriktirib tikib, boshlanishi va oxiri puxtalab qo’yiladi. Pastki puxta o’rniga bukilgan joyga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilgan baxyaqator yuritib qo’ysa ham bo’ladi.
Shim ort bo’laklarida yuqori qirqimdan boshlab bittadan yoki ikkitadan vitochka qilinadi ular qirqma yoki noqirqma bo’lishi mumkin. Noqirqma vitochkalar, old bo’laklardagi singari, bo’rlangan chiziqlar bo’ylab tikiladi. Qirqma vitochkalarni tikishda bo’lakning o’ngi tomoni ichkariga qaratib qo’yiladi, vitochka qirqimlari tekislanadi va ularni 7-8 mm kenglikdagi chok kenglikda tabora yo’qota borib biriktirib tikiladi va baxyaqator vitochka qirqimidan 10-15 mm pastroqda puxtalanadi. Vitochka qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Shu bilan bir vaqtda yon, odim va o’rta qirqimlar ham yo’rmalanadi. Ort bo’laklarga uloqlar tikilib vitochkalarga ishlov berilgandan keyin namlab- isitib ishlov berishga kirishiladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling