Mavzu: Mamlakatlarning merkantilistik g'oyalarining o’ziga xosligi
Download 0.7 Mb.
|
norqizilov bobomurod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
Mavzu: Mamlakatlarning merkantilistik g'oyalarining o’ziga xosligiNorqizilov BobomurodReja:
Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslariAvvalgi davrdagi iqtisodiy g`oyalarda natural xo`jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta'limot paydo bo`ldi, bu merkantilizm ta'limotidir."Merkantilizm" iborasi birinchi bo`lib Adam Smitning asarlarida o`z ifodasini topdi. Lug’aviy ma'nosiga ko`ra, bu so`z italyancha bo`lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so`z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o`zida aks ettiradi.Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko`rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o`zgardi. Bu ta'limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo`ldi. Avvalo, feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o`sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo`lishi, ayniqsa savdo-sotiqning rivojiga turtki bo`ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o`zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala sohasini o`rganish bilan shug`ullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu davrga kelib Yevropada oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. Hindistonda nodir metallar ko`p, degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog`oz pul yo`q), ularning ohangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg`azdi, insonni o`ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo`lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog` to`plandi.Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling