Mavzu: Mamlakatlarning merkantilistik g'oyalarining o’ziga xosligi


Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati


Download 0.7 Mb.
bet3/8
Sana18.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1029941
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
norqizilov bobomurod

Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati

Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin:

  • Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o`rtalari).
  • Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o`rtalari).
  • Yangi ta'limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog`liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga qilinadi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo`ladi (XV asr). Fabrika to`g`risida esa quyida axborot beriladi.

    Merkantilizmning birinchi davri o`sha davr iborasi bilan aytganda monetar, ya'ni oltin va kumush pullar to`plash bilan bog`liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga urinilgan. qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo`lishi mumkin). Chet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli bo`lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojini susaytirgan.

    Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratyev fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo`lib, xalq xo`jaligi qandaqa bo`lishi kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiydir.

Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta'riflash mumkin:

Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta'riflash mumkin:

Iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni (oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko`proq to`plash; nazariya va ta'limotda: savdo, pul oboroti, ya'ni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarni izlab topish. "Insonlar metall uchun qurbon bo`lmoqda", ya'ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamohang bo`lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo`ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu xodisa O`zbekistonda ham hozirgi davr o`zgarishlarida uchrab turadi). Ularning, ya'ni sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon bo`ladi. Farq, ya'ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo`li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o`ylanmaydi. Chet ellarga ko`proq chiqarish va ulardan kamroq olish siyosati ham davlat siyosatiga aylandi. Agar davlatda pul ko`p bo`lsa, hamma narsa yaxshi bo`ladi, degan fikr asosiy bo`lgan va bu davlatning, dvoryanlarning va burjuaziyaning talab-ehtiyojlariga mos tushgan. Bu kapitalning dastlabki jamg`arilishi bilan bevosita bog`liqdir.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling