Mavzu. Mehnat munosabatlarida kasaba uyushmalari va boshqaruvni o’rni. Reja


Download 210.83 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi210.83 Kb.
#1515446
  1   2   3   4
Bog'liq
10-vavzu matni


10 - MAVZU. MEHNAT MUNOSABATLARIDA KASABA UYUSHMALARI VA BOSHQARUVNI O’RNI.
REJA.
10.1. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining faoliyat yo’nalishlari.
10.2. Xodimlarning mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar.
10.3. Kasaba uyushmalari faoliyatining kafolatlari.
10.4. Kasaba uyushmalari organlaridagi saylov.


10.1. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining faoliyat yo’nalishlari.

1990 yilda Respublika kasaba uyushmalari tomonidan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasini tashkil etish haqida Deklaratsiya qabul qilinib, uni tashkiliy jixatdan rasmiylashtirish ishlari 1991 yilda Federatsiya Ustavini qabul qilish bilan yakunlandi.


Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi faoliyat turi boʻyicha umumiy manfaatlar bilan birlashgan xodimlar, qisman ish bilan band boʻlganlar yoki vaqtincha ishsizlar, talabalar va oʻquvchi yoshlar, pensionerlar, aholi boshqa qatlamlarini birlashtirgan kasaba uyushmalarini oʻz ichiga oladi va oʻzini oʻzibvvfg boshqaradigan koʻngilli nodavlat, notijorat jamoat tashkiloti hisoblanadi. 1990-yil 12-sentyabrda tashkil topgan. Kasaba uyushmalarining bosh vazifasi kasaba uyushmalari aʼzolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy, intellektual huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda harakat birligini amalga oshirishdan iborat. 
Xozirgi kunda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi 14 ta tarmoq kasaba uyushmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat, Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalarini, 7,1 mln.dan ortiq kasaba uyushmalari a’zolarini birlashtiradi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining oliy organi Qurultoy hisoblanadi va har 5 yilda bir marta chaqiriladi. Qurultoylar oralig’ida Federatsiya faoliyatiga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raxbarlik qiladi. Kengash a’zolari tarmoq kasaba uyushmalarining Qurultoylari, kasaba uyushmalari tashkilotlari hududiy birlashmalarining konferentsiyalari, shuningdek Federatsiya Qurultoyida saylanadilar.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, Respublikadagi yangi siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda, nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishga aloxida e’tibor qaratila boshlandi. Xususan, mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk qonunlardan biri “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonun bo’lib, mamlakatimizdagi eng ommaviy jamoat tashkilotlaridan biri bo’lgan kasaba uyushmalarining huquqiy maqomini belgilab berdi.
Bugungi kunda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ijtimoiy-mehnat sohasiga, mehnatkashlar va kasaba uyushmalarining huquqlariga oid qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunda Respublikada 91 ta tarmoq, 14 ta hududiy kelishuvlar imzolangan. Bevosita korxona, tashkilot, muassasalarda tuzilgan 111 mingdan ortiq jamoa shartnomalari orqali xodimlarga asosiy uzaytirilgan va qo’shimcha ta`tillar berish, turli ustama va qo’shimcha to’lovlar, tovon pullarini to’lash, ayollar va yoshlar bandligini ta`minlash, ularga qulay va bexatar mehnat sharoitlarini yaratish, qo’shimcha imtiyozlar berish, Xalqaro Mehnat Tashkilotining O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalariga rioya etish masalalari tartibga solinib kelinmoqda.



Kasaba uyushmasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga ko’ra o’z a’zolarining mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog’langan fuqarolarning jamoat birlashmasidir.


Kasaba uyushmalari o’z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan xolda amalga oshirishi mumkin.
Xodimlar, oliy va o’rta maxsus, kasb-xunar ta`limi muassasalarida ta`lim olayotgan shaxslar hamda ish bilan ta`minlangan boshqa shaxslar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) xech qanday tafovutsiz va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan kirish huquqiga egadir.
Xodimlar barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi), yakka tartibdagi tadbirkorlik va o’zga mehnat faoliyati amalga oshirilayotgan boshqa ish joylarida kamida uch nafar xodimning tashabbusi bilan kasaba uyushmalarini tuzishga xaqli.
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish-tarmoq printsipiga ko’ra tarmoqlar va hududlar darajasida tuzilishi mumkin.
Ishlamaydigan pensionerlarning kasaba uyushmasi a’zoligiga kirishi yoki undan chiqishi tartibi kasaba uyushmasining ustavi bilan tartibga solinadi.
Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida Respublika, tarmoq va hududiy birlashmalarini tashkil etishi, shuningdek ularga kirishi mumkin, mazkur birlashmalarga kasaba uyushmalari faoliyatining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari va kafolatlari tatbiq etiladi.
Kasaba uyushmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatga olinadi.
Kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadi.
Kasaba uyushmalari o’z faoliyatida davlat organlaridan, xo’jalik boshqaruvi organlaridan, ish beruvchilardan va ularning birlashmalaridan, siyosiy partiyalardan hamda boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi.
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda o’z ustavlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, raxbar idoralarini saylaydilar, o’z faoliyatlarini tashkil etadilar, yig’ilishlar, konferentsiyalar, plenumlar, qurultoylar o’tkazadilar.
Kasaba uyushmalari o’z ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o’z xoxishiga ko’ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar.
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonun hujjatlarida kafolat beriladigan mehnat huquqlari, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari biror bir tarzda cheklanishiga sabab bo’lmaydi. Xodimni ishga qabul qilish, xizmat pog’onalariga ko`tarish, shuningdek u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun muayan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirishni yoki undan chiqishni shart qilib qo’yish taqiqlanadi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnatga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnatga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish to’g’risidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishga xaqlidir.



Download 210.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling