Mavzu: “modellarning parametrlarini identifikatsiyalash va monandligini o’rnatish”


Download 3.93 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi3.93 Kb.
#1456735
Bog'liq
Fan “boshqaruv obyektlarini identifikatsiyalash asoslari”-fayllar.org (1)


Fan: “boshqaruv obyektlarini identifikatsiyalash asoslari”

MAVZU: “MODELLARNING PARAMETRLARINI IDENTIFIKATSIYALASH VA MONANDLIGINI O’RNATISH”

FAN: “BOSHQARUV TIZIMLARI VA ULARNI KOMPYUTER MODELLASHTIRISH”

MAVZU: “MODELLARNING PARAMETRLARINI IDENTIFIKATSIYALASH VA MONANDLIGINI O’RNATISH”


  • Texnik va texnologik obʼYektlarni boshqarishda identifikatsiya nihoyatda katta rol oʼynaydi. Identifikatsiya – bu boshqarish obʼyektlarni matematik modellarni ishlab chiqish va ushbu modellarni boshqarish masalalarida ishlatishdir.

  • Identifikatsiya usullari odatda ikkita guruhga boʼlinadi. Bular: faol va passiv usullardir.

  • Faol usullarni qoʼllashda obʼyektning kirishiga qandaydir taʼsir beriladi va ushbu taʼsirga obʼyektda oʼtayotgan reaksiyaga qarab obʼyektning modeli topiladi. Odatda obʼyektning kirishiga birlamchi pogʼonasimon (birlik pogʼonali) signal beriladi. Ushbu signalga boʼlgan reaktsiya yaʼni obʼyektni chiqish signali oʼzgarish jarayoni oʼtish jarayoni deb ataladi. Faol usullarni qoʼllashda obʼyektni kirishiga boshqa turdagi signallarni ham bersa boʼladi. Identifikatsiyani faol usullarini qoʼllashda matematik modelni aniqligi yuqori boʼladi, ammo bu usulni kamchiligi bor. Kamchiligi obʼyektni normal faoliyatini buzilishdan iborat berilayotgan taʼsir obʼyektni normal faoliyatini oʼzgartiradi va bu oʼzgarish ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini oʼzgartirishi mumkin.

Faol usullar bilan bir qatorda passiv usullar ham keng qoʼllaniladi. Passiv usullar qoʼlanilayotganda obʼyektni kirishiga qoʼshimcha taʼsirlar berilmaydi. Bu usullar obʼyektni normal faoliyatida kirish va chiqish signallari oʼzgarishini oʼlchash va nazorat qilish asosida modellar ishlab chiqiladi. Ushbu usullarni ijobiy tomoni – obʼyektni normal faoliyatini buzilmaganligi. Usulni kamchiligi – kirish signallarni oʼzgarish diapazonlari kichik boʼlish mumkinligi va kirish signalni oʼzgarishi kichik tezlik bilan oʼzgarishligi (chastotasi kichik boʼlganligi uchun). Shu holatlarda obʼyekt oʼzini toʼla ifodalay olamaydi, yaʼni obʼyekt oʼzini toʼla koʼrsatolmaydi.


Identifikatsiya nazariyasi va amaliyoti yuqorida aytib oʼtilgan usullarni rivojlantirish va amaliyotga qoʼllash masalalari bilan shugʼullanadi. Identifikatsiya natijasida ishlab chiqilgan modellar obʼyektni avtomatik boshqarish va avtomatlashtirish jarayonida qoʼllaniladi.


  • Identifikatsiya nazariyasi va amaliyoti yuqorida aytib oʼtilgan usullarni rivojlantirish va amaliyotga qoʼllash masalalari bilan shugʼullanadi. Identifikatsiya natijasida ishlab chiqilgan modellar obʼyektni avtomatik boshqarish va avtomatlashtirish jarayonida qoʼllaniladi.

  • Soʼnggi davrlarda boshqarish nazariyasi va amaliyotining jadal rivojlanishi barcha murakkab obʼyektlar (texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish birlashmalari, biologik va meditsina tizimlari, ekologik, iqtisodiy, tashkiliy va boshqalar) ni boshqarish masalasini yechishga oʼtish bilan ahamiyatli darajada bogʼliq. Bu sinfning real obʼyektlari stoxastik, nochiziqli, nostatsionar, koʼp oʼlchamli va koʼp bogʼlangan (aloqalari soni koʼp) hisoblanib, jarayonning tashkillashtirish nuqtai nazaridan boshqa «noqulay» boshqarish xossalariga ega. Bunday obʼyektlarning samarali avtomatik boshqarish tizimlarini yaratish imkoniga faqatgina zamonaviy tezkor boshqariluvchi hisoblash mashinalari orqali ega boʼlish mumkin. Аyniqsa, bu maqsadlarni amalga oshirishga mikroprotsessorli mashinalar seriyalari moʼljallangan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


ASSISTENT HAKIMOVA SABINA SHAMSIDDIN QIZI
http://fayllar.org
Download 3.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling