Mavzu: Nostatsionar sistemalarning turgʻinligi


Download 315.16 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi315.16 Kb.
#1611641
Bog'liq
2 mustaqil abn


Mavzu: Nostatsionar sistemalarning turgʻinligi
Barcha parametrlari vaqtga bog‘liq bo'lmagan sistema statsionar sistema deyiladi. Nostatsionar sistemaning ba’zi parametrlari vaqtga bog‘liq bo‘lib, ular vaqt bo‘yicha funksiyalar deyiladi. Bu sistemalami matematik tavsiflaganda differensial tenglamaning ba’zi koeffitsiyentlari vaqtga bog'liq bo‘ladi.
Statsionar sistemalardan farqli o‘laroq nostatsio­nar sistemalaming tashqi ta’sirga reaksiyasi ushbu ta’siming qo‘yilish momentiga bog‘liq bo‘ladi.
Nostatsionar sistemaning yaqqol misoli sifatida raketaning boshqa­rish sistemasini ko'rsatish mumkin, bu holda raketaning massasi vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Uzluksiz va diskret ishlovchi sistemalar
Uzluksiz ishlovchi sistema yoki uzluksiz sistema faqat uzluksiz ishlovchi zvenolardan iborat, ya’ni bu zvenolarning chiqish katttaligi
kirish kattaligining uzluksiz o‘zgarishiga mos ravishda uzluksiz o‘zgaradi.
Diskret ishlovchi sistema - tarkibida hech bo‘lmaganda bitta diskret ishlovchi zvenoga ega boMgan sistemadir. Diskret ishlovchi zveno deb chiqish kattaligi kirish kattaligi uzluksiz o‘zgarganda ham pog'onali (diskret) o‘zgaruvchi sistemalarga aytiladi.
Adaptiv va noadaptiv sistemalar
Adaptiv, yoki moslashuvchan sistemalar tashqi muhit sharoitlari o‘zgarishlariga moslashish qobiliyatiga ega bo‘lib, shu bilan birga taj- riba to'plab borishi bilan o‘z ishini yaxshilab boradi.
Noadaptiv, yoki oddiy sistemalar bunday qobiliyatga ega bo'lmaydi.
Ular o'zgarmas holda biror rejimga moslangan bo‘lib, agar biror sa- babga ko‘ra tashqi ish sharoitlari o‘zgarsa, berilgan boshqarish sifatini saqlab qolish uchun oddiy sistemani inson faktori orqali sozlash zarur bo'ladi. Adaptiv sistemalarda bu operatsiya boshqarish qurilmasining o‘zi orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Adaptiv ABS laming qo‘llanish sohasi - ishlash xossalari va sharoitlari yetarli darajada ma’lum bo‘lmagan obyektlami boshqarishdan iborat
Chiziqli tenglamalar bilan tavsiflanishi mumkin boMgan sistema chiziqli sistema deyiladi. Teskari holda sistema nochiziqli boMadi. Sis­tema nochiziqli bo‘lishi uchun uning tarkibida hech boMmaganda bitta chiziqli bo‘lmagan zveno boMishi lozim.

Eʼtiboringiz uchun raxmat!


Download 315.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling