Mavzu: Moliyaviy hisobotda noaniqliklar aniqlanganda auditorlik tashkilotining ish tutishi Reja


Download 34.27 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2023
Hajmi34.27 Kb.
#1090725
  1   2   3
Bog'liq
audit


Mavzu: Moliyaviy hisobotda noaniqliklar aniqlanganda auditorlik tashkilotining ish tutishi
Reja:

  1. Moliyaviy hisobotlarda aniqlangan kamchilik va qonunbuzarliklar yuzasidan auditor xatti-harakati

  2. Auditorlik hisobotining mohiyati

  3. Auditorlik xulosasining mohiyati, turlari va tuzilishi

  4. Xulosa



  1. Moliyaviy hisobotlarda aniqlangan kamchilik va qonunbuzarliklar yuzasidan auditor xatti-harakati

Moliyaviy hisobotlardagi xatoliklar - buxgalteriya ma’lumotlarini belgilangan qonun-qoidalar, standartlami buzgan holda moliyaviy hisobotlarda noto‘g‘ri shaklda aks ettirishdir. Xatoliklar ikki xil ko'rinishda bo‘lishi mumkin:
1) bilmagan holda qilingan xatolik;
2) atayin qilingan xatolik (firibgarlik).
Moliyaviy hisobotlarda bilmagan holda qilingan xatolik audit tekshiruvidan o‘tayotgan korxona xodimlarining bilmagan holda amalga oshirgan yoki amalga oshirmagan xatti-harakatlarining natijasi hisoblanadi. Bunday xatolikning yuzaga kelishiga sabab xodimlaniing buxgalteriya hisobi yuritishda bilmagan holda arifmetik, mantiqiy xatoliklarga yo‘l qo'yishida, hujjatlarni to‘liq o’rganmaganligida, xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya tizimida to‘liq aks ettirmaganligida bo‘lishi mumkin. Moliyaviy hisobotlarda atayin qílingan xatolik (firíbgarlik) audit tekshiruvidan o'tayotgan korxona xodimlarining bilib turib amalga oshirgan yoki amalga oshirmagan xatti-harakatlari oqibatida yuzaga keladi. Bunga sabab, xodimlar o‘zlarining shaxsiy maqsadlarini ko'zlagan holda buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning e’tiborini chalg‘itishdan iborat bo‘lishi mumkin. Moliyaviy hisobotlardagi bilmagan holda yoki atayin qilingan xatoliklar muhim (ushbu hisobotlardan foydalanuvchilarning qaroriga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan darajadagi xatolik) bo‘lishi yoki muhim bo‘lmasligi mumkin. Korxonada audit tekshiruvini o‘tkazish davrida auditorlik firmasi moliyaviy hisobotlarda muhim xatoliklar bo'lishi riskini va bu xatoliklaming aniqlanmasligi riskini oldindan baholshi kerak. Bu jarayonda auditor atayin yoki bilmagan holda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarning yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi omillarni hisobga olishi lozim. Moliyaviy hisobotlarda xatolikning yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi, korxonaning ichki xo‘jalik faoliyatiga doir omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
- korxona tomonidan iqtisodiyotning barqaror bo‘lmagan tarmoqlariga katta miqdordagi moliyaviy qo‘yilmalarning kiritilishi;
- korxonaning ma’lum davr davomida bir necha xaridor va mol yetkazib beruvchilarga yaqindan bog‘lanib qolgan bo‘lishi;
- korxonaning hisob siyosatida avvalgi yillarga nisbatan moliyaviy hisobotlardagi daromad ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir etuvchi o‘zgarishlaniing amalga oshirilganligi;
- korxonaning noodatiy operatsiyalami, ayniqsa, yil yakunida amalga oshirganligi; - korxonaning tashkiliy tuzilmasidagi kamchiliklar;
- korxona kapitalida va foydani taqsimlashda o‘ziga xoslik;
- buxgalteriya hisobini ymitish va moliyaviy hisobotlami tayyorlashda belgilangan standartlardan chetga chiqilishi.
Moliyaviy hisobotlarda xatolikning yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi tashqi omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
- mamlakat iqtisodiyotida inqiroz, depressiya, tez o‘sish kabi holatlarning ro‘y berishi;
- korxona faoliyat yuritayotgan tarmoqdagi turg‘unlik;
- korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidagi o‘ziga xoslik, misol uchun texnologik o'zgarishlarning tez ro‘y berishi.
Auditorlik firmasi tekshiruvni rejalashtirish va o‘tkazish davrida tekshirilayotgan korxonaning moliyaviy hisobotlarida xatoliklar bo‘lishi mumkinligini hisobga olishi kerak. Shundan kelib chiqqan holda auditorlik firmasi zamonaviy tekshiruv uslublarini qo'llashi va xatolik ro‘y bergan bo‘lishi riskini baholashi lozim. Ammo firma moliyaviy hisobotlarda atayin xatoliklarni qidirmasligi kerak. Bu xatoliklar audit tekshiruvi davomida tabiiy ravishda aniqlanishi zarur. Auditor tekshiruv davomida aniqlangan har qanday xatolik yuzasidan korxona rahbariyatiga zudlik bilan xabar berishi va buning sabablarini aniqlashi zarur. Auditor shuningdek, aniqlangan xatolikning qanchalik muhimligini va moliyaviy hisobotning ishonchliligiga qanchalik ta’sir etganini o‘rganishi va bu xatolikni yuzaga keltirgan sabablar ham aniqlanishi lozim. Bu sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yidia yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan standartlar, qonun-qoidalardan chetga chiqilishi;
- yil davomida korxonaning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha hisob siyosatidan chetga chiqilgan hollarning ro‘y berganligi;
- Fuqarolik, Soliq Kodekslari buzilgan hollarning bo'lishi;
- moliyaviy hisobotlarda xatolikning ro‘y berishiga zamin yaratuvchi boshqa omillar, xatti-harakatlar.
Auditor tomonidan moliyaviy hisobotlarda xatoliklar aniqlangan taqdirda auditor mijozning ichki nazorat tizimini chuqur tahlil qilishi va ushbu tizimning buxgalteriya tizimidagi xatoliklarni qanchalik samarali aniqlay olishini o‘rganishi kerak. Agar ichki nazorat tizimini tahiil qilish jarayonida auditor shu tizimni dastlabki o‘rganish va baholash natijasida hosil qilgan xulosasidan boshqacha xulosaga kelsa, tekshiruv jarayonida qo'llanilishi rejalashtirilgan uslublarni, vazifalarni qayta ko‘rib chiqishi va zarurat bo‘lsa ularga tegishli o'zgartirishlarni kiritishi lozim. Moliyaviy hisobotlarda aniqlangan xatoliklarni auditor audit ishchi qog'ozlarida tegishli tartibda rasmiylashtirishi kerak. Bu ma’lumotlar shuningdek, mijozga ham auditor hisobotida bayon etilishi zarur.


  1. Download 34.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling