Mavzu: Motiv, Motivatsiya va Hissiyotning namoyon bo'lishi Reja


Download 29.44 Kb.
bet1/10
Sana05.04.2023
Hajmi29.44 Kb.
#1273420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Hissiyotning namoyon bo\'lishi

Mavzu: Motiv , Motivatsiya va Hissiyotning namoyon bo'lishi


Reja:


1. Hissiyot haqida tushuncha.
2. His - tuyg`ularning vazifasi.Hissiy holatlarning fiziologik asoslari.
3. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar.Hissiy holatlarning ifodalanishi.
4. Hislarni kechirish shakllari.Yuksak hislar.
5.Motivlarning turlari
6.Motivlar va ularning xususiyatlari
7. Motivlarning turlari va vazifalari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



Hissiyot haqida tushuncha
Kishilar idrok qilayotgan (ko`rayotgan, eshitayotgan), bajarayotgan, o`ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo`lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g`azab-nafratimizni uyg`otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo`rquvni his qilamiz, dushman ustidan g`alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg`otadi. Odamlarning o`zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his -tuyg`ular (yoki emotsiyalar) deyiladi. His - tuyg`ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko`radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni (mehnat, o`qish, o`yin) uning muvaffaqiyati va mag`lubiyatini ham his - tuyg`ular uyg`otadi. Hissiyot voqelikni aks ettirilishidir. Odam ayni bir paytda tirik organizm va jamiyat a`zosi bo`lishi bilan birga, o`z miyasida alohida shaxs sifatida, ayrim ob`ektlar bilan qiladigan ob`ektiv munosabatlarni aks ettiradi. Odam miyasida olamning aks ettirishni ana shunday o`ziga xos tomoni hissiyot sohasi yoki inson shaxsining emotsional tomoni hisoblanadi. Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi.Bilishga qiziqish — intellektual hissiyot;
Stenik his — aktivlikning kuchayishi; hayajonlanish;
Ehtiros — iroda bilan bog`liq emotsiyalar, ijobiy yoki salbiy;
Stress — kuchli hayajonlanish, kuchli qo`zg`atuvchi ta`sirida tug`iladi;
Kayfiyat — barqaror emotsional holat;
Hissiyot — tashqi ta`sirlarga ongning munosabat bildirishi; yuksak ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmaganligi;
Empatiya — boshqa kishining hissiy holatlarini tushuna olish hamdard bo`lish qobiliyati;
Emotsiyalar —qo`zg`atuvchiga inson va hayvonlarning reaktsiya bildirishlari, xursandlik, g`amginlik, darg`azablik;
Ambivalentlik — bir vaqtning o`zida qarama - qarshi his - tuyg`ularni ichdan kechirish (quvonch va tashvish, sevgi va nafrat);
Apatiya — toliqish, hastalik yoki boshqa sabablar ta`sirida atrofdagilarga qiziqishning yo`qolishi, befarqlik bilan bog`liq hissiy holat;
Affekt — kuchli, shiddatli, qisqa muddatli hissiy holat;
Depressiya – xatti - harakatlarning tormozlanishi, faollikni kamayishi bilan bog`liq tushkunlik kayfiyati;
Kinoya — muhokama qilinayotgan shaxsni tashqi jihatdan ma`qullab, yashirin, engilgina ustidan kulish;

Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling