Mavzu: musiqa san’ati va madaniyatin shakllantirish reja


Download 19.6 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi19.6 Kb.
#1607079
  1   2
Bog'liq
3 - Mavzu


Mavzu: MUSIQA SAN’ATI VA MADANIYATIN SHAKLLANTIRISH
Reja: 1. San`at orqali barkamol avlodni tarbiyalash
2. Musiqaning yosh avlod tarbiyasidagi o’rni.
3. Estetik tarbiya.
Xalq hayotidagi har bir fayzli fursatlar, to’y va boshqa marosimlar kuysiz, qo’shiqsiz o’tmagan. Hatto dafn marosimlarida ham hofizlar ishtirok etishib marsiyalar aytishib, maqom kuylaridan ijro etganlar. Bu marhumga hurmat - ehtirom, shu bilan birga og’ir judolikka uchragan kishilarga taskin bergan.
Hozirgi kunda biz shunday yuksak, boshqalarga namuna bo’la oladigan musiqa madaniyatimizdan tarbiyaviy maqsadlarda samarali foydalana olmayotganimiz achinarlidir. Demak, san`at orqali barkamol avlodni tarbiyalaydigan bo’lsak, unda biz yaxshilik va oliyjanoblik, ma`naviy qadriyatimizga hurmat hissini uyg’otadigan, insonni haqiqat va adolat ruhida tarbiyalay oladigan milliy qiyofasi buzilmagan musiqagina kerak.
Musiqa o’zining tabiiyligi bilan xalq hayotiga kirib borsa, yosh avlodni mardlikka, halollikka chaqirish bilan birga Ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalab, ezgulikka unday olsa, bunday musiqa va qo’shiqlar e`zozlanadi va avlodlardan avlodlarga o’tib yashaydi. Inson tarbiyasini buzadigan g’ayri tabiiy, baqiroq musiqa va qo’shiklar radio va televidenie orqali namoyish qilishni endi cheklash kerak. Aks holda milliy musiqamizga va biz ko’zlagan yoshlar tarbiyasiga putur yetadi.
Shuni unutmaslik kerakki, musiqa insonni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Ma`noli qo’shiq va musiqa taronalari tabiiy ohangda yangragan xonadonda insonning ma`naviy olami ko’rk ochadi. Insonning sezgirligi oshib, dunyoni tafakkur qilish qobilyati o’sib boradi.
Men yuqorida aytgan fikrni yana ham oydinlash uchun ulug’ bobokalonlarimizning inson tarbiyasiga musiqa ilmining ahamiyati haqidagi aytgan hikmatli so’zlarini sizlarga havola qilishni lozim topdim.
Musiqa shu ma`noda foydaliki, u o’z muvozanatini yo’qotgan odamlar hulqini tartibga keltiradi. Bu ilm salomatlik uchun ham foydalidir. Go’zal ovozlarning ta`siri bilan ruhni sog’aytirish sog’liqqa foydalidir. Chunki tana kasal bo’lsa, ruh ham so’ladi. Abu Nasr Forobiy.
Go’dak tanasidagi a`zolarni mustahkamlashda foydali va zarur narsalar - uni asta tebratish hamda allalab aytiladigan kuy va qo’shiqlardir. Biri badanga, biri ruhga tegishli. Abu Ali Ibn Sino.
Oshiqlarni talablari jomi sharob,
Ma`shuqaga yetmoq uchun bag’ri kabob.
Ruhlarining g’izosidur changu rubob,
Oh cheksa yetti iqlim vayron qilur.
Ho’ja Ahmad Yasaviy
Shodlik oshiruvchi xonanda, g’amni tarqatuvchi sozanda - bularning har ikkisiga hissiyotli kishilar va axdi dardlar jon fido qiladilar
*****
Qaysi dil qushning navosi yo’qdir,
Hasta erur ul ko’ngilki davosi yo’qdir.
*****
Ey mug’aniy chin rozim bo’lursan - soz tuz,
Tortibon munglug’ navo, sozing bilan ovoz tuz.
Alisher Navoiy.
San`atinigni qil avaylab parvarish,
Gavharing qadrini oshirmoqqa tirish.

Estetika - insonning atrof - muhit, voqelikka, go’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi. U insonning nafosat olamini anglashga intilishi bilan chambarchas bog’likdir. Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari, uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy - g’oyaviy, siyosiy - ma`naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi.


Estetikaning asosiy burchi va vazifasi san`atning vujudga kelishi, rivojlanishi va amal qilishi qonunlarini taxlil qilishdir. Estetik tarbiya o’quvchining estetik ongini shakllantirish jarayonida uning axloqiy, mehnat, ekologik jihatlarda ham tarbiyalash vazifalarini qamrab oladi. Estetik tarbiyaning eng muhim omili - tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo’lmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, tarbiyani uyushtirish mumkin emas.
Hozirgi ekologik inqiroz va halokat xavfi ortib borayotgan sharoitda estetik tarbiyaning bu qirrasi tobora ko’proq ahamiyat kasb etmoqda.
Estetik tarbiya vositalari orasida san`at muhim o’rin egallaydi. San`at estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaxsga mo’ljallanganligi bilan dunyoga keng va ochiq ko’z bilan qarash tuyg’usini shakllantirish, nafosatni bevosita mushohada etishi, yuksak orzu-umidlar yo’lida ijodkorlik qobiliyatini vujudga keltirishi bilan izohlanadi.
Estetik tarbiya tizimi oila va maktab ishlab chiqarish jamoatlari, mafkura muassasalari, ommaviy axborot vositalari, madaniy muassasalari, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy tashkilotlar kabi bo’g’inlardan yaxlit holda amal kilgandagina kutilgan natijalarga olib keladi.
Nafosat (estetik) tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun muhimki, did-farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda - har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Did-farosat har bir insonning hatti-harakatida, jamiyatdagi u yoki bu yondoshishida va hokozolarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Yuksak didli inson ichki va tashqi go’zallikning birligini anglab
etadi.
Yaxshi did, o’zini tuta bilish va tarbiyalanganlik bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. O’zini tuta bilish, odob, xulq-atvordagi tarbiyalanganlik esa suhbat va gaplashishdagi yaxshi did-farosat hisoblanadi. Nafosat tarbiyasini singdirishni insonning bolalik davridan boshlash nihoyatda muhim, u davr inson hayotida fe`l-atvor, irodaning, did, go’zallik tuyg’usi va hayoti tushunchaning paydo bo’lishi va shakllanishi davridir.
Nafosat tarbiyasi ta`sirida bolalar qalbi shunchalik noziklashadiki, ular har bir so’zni darhol quloqqa oladigan bo’ladi, qalb fazilati ortadi, his etish, tushunish, qadrlash, zavqlanish, nafratlana bilish, bir hodisaga munosabat bildirish-bular nafosat tarbiyasining alifbosi hisoblanadi.
O’quvchilarda estetik didni shakllantirishdan maqsad, ularni nafosatga, go’zallik dunyosiga olib kirishdir. Shu bilan birga uni anglash, idrok etish, o’zlashtirishga o’rgatish, ya`ni nafosat olamini tadqiq va tahlil etish, o’kuvchilarda odob va axloqni tarbiyalash va shakllantirishdan iboratdir. Estetika jamiyat hayotining barcha jabhalariga kirib boradi, ularni ma`naviy boyitadi. Ijtimoiy - ma`naviy ishlab - chiqarishni muhim omili sifatida odamlar estetik madaniyatini shakllantiradi.

Download 19.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling