Mavzu: Mustaqillikga erishish arafasidagi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar reja


Download 33.66 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1347382
  1   2   3
Bog'liq
O\'zbekistonda iqtisodiy o\'sishlar


Mavzu: Mustaqillikga erishish arafasidagi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar
REJA:

  1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti.

  2. Respublikamiz sanoat ishlab chiqarishi .

  3. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining nazariy - metodologik tamoyillari.

Tayanch so‘z va iboralar: “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani predmeti.
Vorisiylik. Milliy Istiqlol g‘oyasi. Tariximiznio‘rganishning ahamiyati.Metodologik tamoyillar. Dialektik metod. Ilmiylik. Xolislik. Tarixiylik. Ijtimoiy yondashuv.
1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti.
Mustaqilli yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan.
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir. Demak, yuqoridagi fikrlarga asoslanib, O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti vatanimiz tarixining mustaqillik davri tarixini ilmiy jihatdan batafsil yoritib berishni o’z ichiga oladi.
Bunda Prezidentimizning asarlarida ko’rsatilgan metodologik tamoyillar, tarix fanini yangicha o’rganish usullari asosiy rol o’ynaydi.

  1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining maqsadi va vazifalari. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsadi: yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi. Davlat mustaqilligini o’z qo’liga olgan ozod, hur O‘zbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qo’lida. Mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni keyingi avlodlarga yanada qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda etkazish zamonamizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas’uliyatli, ayni paytda sharafli vazifaning qay darajada ado etilishi bugungi avlodlarga, xususan yoshlarga, ularning ma’naviy barkamolligiga bog‘liq.

Vatanimiz tarixi o’z o’rnini topdi, barcha o’quv maskanlarida talaba-o’quvchilarga Vatanimiz tarixini o’qitish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi, Vatanimiz tarixini o’qitish yo’lga qo’yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Tarix talaba-o’quvchilarda olam yagona va yaxlit,
O‘zbekiston uning ajralmas bir qismi, olamda sodir bqladigan voqea, hodisalar umumiy va o’zaro bog‘lanishda, uzluksiz harakatda ekanligi to’g‘risida to’g‘ri tasavvur, tushunchalarni shakllantiradi.

Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling