Reja: Moliyaning ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar mohiyati. Ijtimoiy iqtisodiy statistika ko’rsatgichlari O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi statistik tahlillarga misollar


Download 62 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi62 Kb.
#1393354
  1   2   3   4
Bog'liq
Moliya Toshev Ibrohim BXA 94-2


Mavzu: Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish


Reja:



  1. Moliyaning ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar mohiyati.

  2. Ijtimoiy iqtisodiy statistika ko’rsatgichlari

  3. O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi statistik tahlillarga misollar.



Moliyaning ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar mohiyati va funksiyalari.
Kishilik jamiyatining rivojlanishidagi dastlabki mehnat taqsimotlarining sodir bulishi natural xujalikning yemirilishi va tovar xujaligining shakllanish jarayonini yuzaga keltirdi.
Tovar xo’jaligining shakllanishi qiymatning oddiy shaklini paydo bulishiga olib keldi va keyinchalik qiymatning umumiy va pul shakllarini vujudga kelishi bilan davom etdi. Ishlab chiqarish jarayonining evolyutsion tarixiy tarakkiyoti natijasida obyektiv iqtisodiy katgoriya sifatida dastlabki moliyaviy munosabatlar ham shakllana boshladi.
Moliya esa mavjud uziga xos pul munosabatlari tizimini uz ichiga oladi. Moliya davlat va boshqa iqtisodiy subyektlar o‘rtasida turli xil kurinishdagi pul fondlarini shakllantirish bilan bog’liq pul munosabatlari tizimidir.
Moliyaning moddiy asosini pul aylanishi tashkil kiladi.
Pul aylanishining 2 xil turi mavjud:
- Nakd pul aylanmasi;
- Nakd pulsiz aylanmalar.
Real pul aylanmasi bu iqtisodiy jarayon bo‘lib qiymatni xarakatini yuzaga keltiradi va ijtimoiy mehnat mahsuli bo‘yicha pul to‘lovlari va hisob kitoblari bilan biralikda xarakat qiladi. Real pul oborotlarini asosiy obyektlari bulib kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini molilashtirishning asosiy manbai bulgan moliyaviy resurslar hisoblanadi.
Pul muneosabatlarining aloxida shakli sifatida moliya quyidagi xarakterli belgilarga ega:
- Pul munosabatlari xarakteridan iborat.
- Taqsimlash xarakteridan iborat.
- Fondli xarakterdan iborat.

Demak, moliya- yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taksimlanishi jarayonida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish, taqsimlanish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul munosabatlarini o‘zida aks ettiradi.


Oʼzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati
– Oʼzbekistonning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar holatini kompleks tavsiflovchi Davlat statistika qoʼmitasining choraklik nashri hisoblanadi. Statistik axborotnomada 2020 yilning yanvar-iyun oylari yakunlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasining asosiy statistik koʼrsatkichlari chop etilgan.
Nashr 18 ta tematik qismlardan tashkil topgan boʼlib, u asosiy makroiqtisodiy indikatorlarni, shuningdek yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish, korxonalar va tashkilotlar, jumladan kichik tadbirkorlik subʼektlarining iqtisodiy faoliyati, investitsion faollik, qishloq, oʼrmon va baliq xoʼjaligi, sanoat, qurilish, bozor
xizmatlarining rivojlanish dinamikasi toʼgʼrisidagi statistika maʼlumotlarini oʼz ichiga oladi.
Аxborotnomada sanoat, qurilish, qishloq xoʼjaligi, transport va aloqa, ichki va tashqi savdo, ulgurji va chakana savdo, narx, mehnat bozori, aholi turmush darajasi va demografik holat toʼgʼrisidagi tahliliy maʼlumotlar keng yoritilgan. Davlat statistika organlari tomonidan shakllantiriladigan maʼlumotlar qatorida Oʼzbekiston Respublikasining qator vazirlik hamda idoralar (Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʼzbekiston Davlat bojxona qoʼmitasi) maʼlumotlari ham keltirilgan.

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling