Mavzu: nisbiylik nazariyasi elementlari


Download 242.06 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi242.06 Kb.
#1780184
Bog'liq
Fizika topshiriq

MAVZU: NISBIYLIK NAZARIYASI ELEMENTLARI

REJA:

1. Noinersial sanoq tizimi. Inersiya kuchlari

2. Galileyning nisbiylik prinsipi.

3. Galileyning koordinat almashtirishlari.

4. Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari.

5. Lorens almashtirishlari.

6. Uzunlikning nisbiyligi.

7. Vaqtnig nisbiyligi.

NOINERSIAL SANOQ TIZIMI

Noinersial sanoq tizimi. Inersiya kuchlari. Ma’lumki Nyuton qonunlari faqat inersial sanoq tizimlarida bajariladi. Inersial sanoq tizimlariga nisbatan tezlanish bilan harakatlanayotgan sanoq tizimlari noinersial sanoq tizimlaridir

Gorizontal disk ustida O dan A tomon biror sharchani v tezlik bilan dumalatib yuboraylik. Disk aylanayotgan holda (a) sharcha OA to`g`ri chiziq bo`ylab harakatlanadi. Lekin disk w burchak tezlik bilan OZ o`q atrofida aylanma harakat qilayotgan holda sharcha OV egri chiziq bo`ylab harakatlanadi. Koriolis inersiya kuchi disk tekisligida yotadi, yo`nalishi esa v va w vektorlar ko`paytmasining yunalishi bilan aniqlanadi Fk=2mv*w

GALILEYNING NISBIYLIK PRINSIPI

Galileyning nisbiylik prinsipi. Тajribalar shuni ko`rsatadiki inersial sanoq tizimi ichida o`tkazilgan hech qanday mexanik tajribalar yordamida bu tizimning harakat holatini aniqlab bo`lmaydi. Masalan, turtkisiz to`g`ri chiziqli va tekis xarakatlanayotgan poyezd vagoni ichida turib, agar vagon oynasidan qaramasak, vagon tinch turibdimi yoki harakatlanayotibdimi buni bila olmaymiz. Barcha mexanik hodisalar turli inersial tizimlarda bir hil sodir bo`lganligi sababli hech qanday mexanik tajribalar yordamida berilgan sanoq tizim tinch turibdimi yoki to`g`ri chiziqli tekis harakat qilayotganini bilib bo`lmaydi. Bu qonun Galileyning nisbiylik prinsipi deyiladi.

GALILEYNING KOORDINATA ALMASHTIRISHLARI

Ikkita inersial sanoq tizimi berilgan bo`lsin. Birinchi tizimning koordinata o`qlari K (x,y,z) ikkinchisiniki K1 (x 1 , y 1 , z 1 ) bo`lsin. Тizimlarning koordinat o`qlari boshlang`ich momentda ustma-ust yotsin. Demak t=0 da koordinatalar mos tushadi. Agar K1 tizim K ga nisbatan x o`qi bo`ylab V0 tezlik bilan harakatlansa va vaqtni o`tishi ikkala tizimda bir hil bo`lsa, u holda M nuqta-ni K va K1 tizim koordinatalariga nisbati holati.

1) x=x1 +V0t 2) x1 =x-V0t

y=y1 y 1 =y

z=z1 z1 =z

t=t1 t1=t

MAXSUS NISBIYLIK NAZARIYASINIG POSTULATLARI

Klassik mexanikaga asosan jismlarning absalyut tezligini aniqlab bo`lmaganidan so`ng olimlar elektromagnit to`lqinlar ya’ni yorug`lik nuri yordamida tezlikni absalyut qiymatini aniqlamoqchi bo`lishdi. Тajribalar natijalarini analiz qilib A.Eynshteyn 1905 yilda maxsus nisbiylik nazariyasini yaratdi. Uning fikricha tabiatda elektromagnit tebranishlarni (yorug`lik nuri ) taratuvchi efir moddasi yo`q, shuning uchun tezlikka absalyut qiymat berib bo`lmaydi. Maxsus nisbiylik nazariyasi asosida ikkita postulat yotadi.

1- postulat. Inersial sanoq tizimlari ekvivalent bo`lib tabiatdagi hamma hodisalar ularda bir xil bajariladi. Faqat mexanik yo`l bilan emas balki optik tajribalar yordamida ham tizimning harakat holatini aniqlab bo`lmaydi.

2- Postulat. Yorug`likning vakuumdagi tezligi hamma inersial tizimlarida bir xil bo`lib manba yoki qabul qiluvchining tezligiga bog`liq emas.

LORENS ALMASHTIRISHLAR

Yorug`lik tezligining o`zgarmas qiymatiga ega bo`lishi va vaqtning o`tishi har xil sanoq tizimi uchun turlicha bo`lishi Galiley almashtirishlar qoidasini yorug`lik nuri uchun qo`llash mumkin emasligi aniqlandi . Chunki Vx=Vx1+V0 dan yorug`lik tezligi uchun Vx1=s u holda Vx=s+V bo`ladi, ya’ni Vx> s bu esa mumkin emas. Niderlandiyalik fizik Хendrik Lorens 1904 yilda nisbiylik nazariyasidan foydalanib K (x,y,z,t) tizim koordinatalarini K1 (x 1 ,y 1 ,z 1 ,t1 ) koordinatalariga almashtirish formulalarini aniqladi. Lorens almashtirishlari V>S da Galiley almashtirishlariga aylanadi.

UZUNLIKNING NISBIYLIGI

Jism uzunligini tezlikka bog`likligi K1 (x1 ,y 1 ,z 1 ,t1 ) sanoq tizimiga nisbatan tinch turgan va Х o`qi bo`ylab joylashtirilgan l0 sterjenni ko`raylik K (x,y,z,t) tizimga nisbatan sterjen uzunligi lx2-x1, K1 tizimga nisbatan uzunligi l0= x 2 2-x 1 1 , K1 , K ga nisbatan V tezlik bilan harakatlanadi. Ya’ni harakatlanayotgan sterjen uzunligi tinch turgan holatdagi uzunligiga nisbatan ga qisqarar ekan.

VAQTNING NISBIYLIGI

K 1 (x1 ,y 1 ,z 1 ,t1 ) tizimida turgan soatlar K (x,y,z,t) tizimga nisbatan  tezlikda harakat qiladi. K tizimda kuzatilganda bu soatning t 1 kursatish tinch turgan soatning ∆t0 ko`rsatishi bilan qanday bog`langanligi ko`raylik Voqyea ro`y berayotgan Х nuqta o`zgarmas deb (x=a) olamiz.

Demak, harakatlanayotgan soatlar qayd qiladigan t vaqt oralig`i tinch turgan soatlarning tegishli ko`rsatishlaridan kichik, ya’ni harakatlanayotgan soatlar sekinroq yuradi.


Download 242.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling