Mavzu: O'lchov asboblari va ulardan foydalanish reja: O`lchash asboblari haqida


Download 22.95 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1746761
Bog'liq
Mavzu O\'lchov asboblari va ulardan foydalanish reja O`lchash a


MAVZU: O'LCHOV ASBOBLARI VA ULARDAN FOYDALANISH


Reja:

  1. O`lchash asboblari haqida

  2. Mikrometr haqida umumiy ma`lumot



Oʻlchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog , raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqaml i Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi.
Oʻlchash maʼlumotlarini uzatish, oʻzgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay boʻlgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun moʻljallangan oʻlchash vositasi oʻlchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma Oʻlchash asboblarini, oʻlchash oʻzgartirgichlari (oʻlchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga oʻzgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni oʻz ichiga oladi.
Chiziqlar va burchaklarni oʻlchash qurollari (chizgʻichlar, transportirlar va boshqalar) oʻlchash vositalari, vazn (ogʻirlik) oʻlchanadigan vositalar (mas, tarozi) oʻlchov vositalari deb ataladi.
Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani oʻlchash xavfsizligini taʼminlash uchun elektr oʻlchash transformatori qoʻllanadi. Uning birlamchi chulgamiga oʻlchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) taʼsir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulgʻami esa Oʻlchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. Oʻlchash transformatori yordamida elektr Oʻlchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini oʻlchash mumkin. Keng maʼnoda — Oʻlchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni oʻlchash bilan bogʻliq boʻlgan barcha oʻlchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini oʻz ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli oʻlchash apparatlari keng qoʻllanilmoqda.

2.Mikrometr haqida umumiy ma`lumot


Mikrometr (mikro... va metr) — 1) Xalqaro birliklar tizimi SI da uzunlik birligi ulushi. Metrning milliondan bir boʻlagiga teng . Qisqacha mk, mkn bilan belgilanadi; 1mk=10^6 m=104 sm =10-3mm. M. 1967-yilgacha mikron deb atalgan; 2) oʻzgartiruvchi mexanizmi (vintgaykadan iborat mikrojuft) yordamida kichik oʻlchamlarni oʻlchashda ishlatiladigan asbob (rayemga q.). Ishi qoʻzgʻalmas gaykada vintni oʻq boʻylab siljitishga asoslangan. Vintning siljishi uning oʻq boʻylab burilish burchagiga toʻgʻri pro-porsional. Tula aylanishlar M. tanasidagi shkaladan, aylanish ulushlari esa barabandagi doiraviy shkaladan hisoblanadi. Odatda 0 dan 25 mm gacha, 26 dan 50 mm gacha va boshqa uzunliklarni oʻlchashda ishlatiladigan tipik oʻlchamli M.lar chiqariladi.


M. silliq, richagli, list materiallarni oʻlchaydigan, trubalarni oʻlchaydigan, rezba oʻlchaydigan,tish oʻlchaydigan, dastaki va stolga oʻrnatiladigan xillarga boʻlinadi. Stolga oʻrnatiladigan ixcham (20 mm gacha) detallarni oʻlchashda ishlatiladi; 3) astronomiya da astronomik truba yoki oʻlchash mikroskopining moslamasi. Kichik masofalarni oʻlchash uchun ishlatiladi. Odatda, oʻlchash uchun anik, mikrometrik vintdan foydalaniladi

Mikrometr yordamida eng kichik miqdorlardagi o`lchamlari ham yuqori aniqlikda qayd etish mumkin.


Mikrometr turli buyumlar, konstruktsion detallar va muhandislik o`lchovlari uchun qo`llaniladigan, o`ta katta aniqlikka ega uzunlik o`lchash asbobi. Uning asosiy qismlari: qo`zg`almas o`qqa o`rnatilgan vint o`lchanayotgan buyumni qisib olish va ushlab turish uchun; nonius bo`yicha shkalalar chizilgan dastak. Buymni imkon qadar qamrab olish uchun xrapli mexanizm ko`zda tutilgan. Ba`zan astronomlar ham o`z teleskoplarini shunday mikrometrlardan biriga nisbatan sozlab olishadi va undan yulduzlararo masofani o`lchashda foydalanishadi.

Nonius shkala yoki vernerni farang matematik va muhandisi Pyer Varne (1580 - 1637) tomonidan ixtiro qilingan. Nonius shkalasi asosiy shkala bo`ylab ikki yonga sirpaluvchan harakatlanadigan va uning juda kichik ulushli o`lchamlarini ko`rsatadigan harakatlanuvchi shkaladir. O'lchov asboblari va ulardan foydalanish


O'lchash asboblari — o'lchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog , raqamli, ko'rsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga bo'linadi. Analog O'lchash asboblarida kattaliklarni o'lchash shkala bo'yicha, raqaml i O'lchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi bo'yicha amalga oshiriladi. Ko'rsatuvchi O'lchash asboblari o'lchash natijalarini faqat ko'rib turib aniqlash uchun mo'ljallangan. Qayd qiluvchi O'lchash asboblari o'lchash natijalarini qog'ozga qayd qilib borish qurilmasi bilan ta'minlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qog'ozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (o'lchash natijalari qog'ozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga bo'linadi. Integrallovchi O'lchash asboblarida o'lchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil o'zgaruvchan miqdor bo'yicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi O'lchash asboblari turli kanallar bo'yicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab ko'rsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
O'lchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida O'lchash asboblari ko'pincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan ta'minlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar bo'yicha ishlaydi.
O'lchash ma'lumotlarini uzatish, o'zgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay bo'lgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun mo'ljallangan o'lchash vositasi o'lchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma O'lchash asboblarini, o'lchash o'zgartirgichlari (o'lchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga o'zgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni o'z ichiga oladi.
Chiziqlar va burchaklarni o'lchash qurollari (chizg'ichlar, transportirlar va boshqalar) o'lchash vositalari, vazn (og'irlik) o'lchanadigan vositalar (mas, tarozi) o'lchov vositalari deb ataladi.
Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli o'zgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani o'lchash xavfsizligini ta'minlash uchun elektr o'lchash transformatori qo'llanadi. Uning
birlamchi chulgamiga o'lchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) ta'sir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulg'ami esa O'lchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. O'lchash transformatori yordamida elektr O'lchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini o'lchash mumkin. Keng ma'noda — O'lchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni o'lchash bilan bog'liq bo'lgan barcha o'lchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini o'z ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli o'lchash apparatlari keng qo'llanilmoqda. Ish joylaridagi elektromagnit maydoni intensivligini jbaholash uchun elektromagnit maydoni hosil qilayotgan manba yaqinida maydonning elektr va magnit kuchlanishlari ayrim-ayrim o'lchash bilan belgilanadi.

Chunki elektromagnit maydoni zonadagi elektr va magnet maydonlarining umumiy ta'siri ostida vujudga keladi (29 - rasm).


Elektromagnit maydonining kuchlanishini o'lchaydigan asosiy asbob IEMP - bva uning birmecha modiflkatsiyalari mavjud. Bu asbob yordamida elektr maydonining 50 Gs-100 kGs va 100 kGs-30 MGs, shuningdek, magnit maydonining 100kGs -1,5 MGs diapazonlarida elektromagnit maydonining kuchlanishini o'lchash imkoniyatini beradi. Umumiy ushchi chastotalar diapazonida kuchlanish qiymati elektr tarkibi bo'yicha 5-1000 Vt va magnit tarkibi bo'yicha 0,5-300 A/m bo'lganda aniqlik darajasi 20% tashkil qiladi.


Asbob komplektiga kuchlantiruvchi blok, elektr kuchlanish maydonini o'lchash uchun dipol antenna. va magnit maydoni kuchlanishini o'lchash uchun ramasimon antenna va kuchlanish taqsimlagich kiradi.


O'lchash davrida asbobning antennasi o'lchanishi maydonga o'rnatiladi va uning holati asbob strelkasi shkalada maksimal miqdorni ko'rsatguncha harakatlantiriladi. Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi. Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning o‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va o‘lchash obyekti ishtirok etadi. O‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi.


Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.


O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.

O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).


O‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.




O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayeni yordamida esa shu o‘lchash obyekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi.O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.
Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling