Mavzu: O’qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati va uni shakllantirish usiublari. Pedagogik texnika va uning komponentlari, tarkibiy qismlari Reja Reja


Download 90.2 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi90.2 Kb.
#1252528
  1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu slayd

Mavzu: O’qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati va uni shakllantirish usiublari.Pedagogik texnika va uning komponentlari, tarkibiy qismlari

Mavzu: O’qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati va uni shakllantirish usiublari.Pedagogik texnika va uning komponentlari, tarkibiy qismlari

Reja

Reja

  • 1. Pedagogik texnika haqida tushuncha, uning tarkibiy qismlari.
  • 2. Takt va taktika haqida tushuncha. Darsdagi pedagogik takt.
  • 3. Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlari.
  • 4. Nafas olish texnikasi.

Pedagogik texnika pedagogning o‘qitish faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi.

Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnika tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan:

Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnika tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan:

  • Pedagogik texnika – bu har bir ta`lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta`sir o‘tkazishning samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar majmuasi;
  • Pedagogik texnika – bu har bir ta`lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta`minlash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar.

Pedagogik texnikaning bosh tarkibiy qismi pedagogning mimik va pantomimik ifodaligidir. Aniq imo-ishora, ma`noli qarash, rag‘batlan-tiruvchi yoki istexzoli tabassum pedagogik ta`sir ko‘rsatishda ko‘p so‘zli tushuntirish yoki e`tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomala vositalari hisoblanadi.

Pedagogning pedagogik texnikasi - bu shunday bir malakalar yig‘indisiki, u tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o‘z fikrlari va qalbini etkazish imkonini beradi.

Pedagogik ta`sir ko‘rsatish jarayonida talabalar bilan muomala qilishda zarur so‘zni topish yoki muvaffaqiyatli chiqmagan gap ohangini tushuntirishga o‘z fikrini chalg‘itmaslik imkonini beradi

Rivojlangan pedagogik texnika pedagogga talabalar bilan muomila qilganda zarur. So‘z, gap, ohang, qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, eng o‘tkir va kutilmagan vaziyatlarda osoyishtalikni va aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi.


Download 90.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling