Mavzu: Organizmning biologik suyuqliklari elektrolit va noelektrolitlar eritmalar sifatida tayyorladi: Choriyev Akobir


Download 4.63 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi4.63 Kb.
#1774338
Bog'liq
Mavzu Organizmning biologik suyuqliklari elektrolit va noelektr-fayllar.org


Mavzu: Organizmning biologik suyuqliklari elektrolit va noelektrolitlar eritmalar sifatida tayyorladi: Choriyev Akobir

Mavzu: Organizmning biologik suyuqliklari elektrolit va noelektrolitlar eritmalar sifatida


MAVZU: Organizmning biologik suyuqliklari elektrolit va noelektrolitlar eritmalar sifatida

TAYYORLADI:Choriyev Akobir

BIOLOGIK SUYUQLIK

  • Biologik suyuqlik tananing ichki muhitining dinamik barqarorligini aks ettiradigan kompleks vosita bo’lib shu bilan birga, og’iz suyuqligi turli omillar ta'sirida turli, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin va organizm reaktivligining ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ilm-fan sohasida erishilgan ko'plab ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so’lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo'lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga asos bo’lib xizmat qiladi. Biologik suyuqliklarning ichki tuzilishi va uning miqdorlariga bog’liq holda bug’lanish jarayonida bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlar va qattiq fazasini baholash usullari laboratoriya diagnostikasida juda keng qo'llanilishi, biologik suyuqlikni olish jarayonining soddaligi, shuningdek, yuqori sezuvchanlik va axborot olish imkoniyatining mavjudligi o’rganila boshlangan yangi yo'nalishlardan biri xisoblanadi. Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko’rinishini oluvchi ma’lum miqdorini bug’lanishi jarayonida bo’ladigan fizik jarayonlar va bug’langanidan so’ng hosil bo’ladigan qattiq ko’rinishdagi cho’kma (fatsiya)ni morfologiyasi o’rganiladi. Biz jarayonni o’rganish uchun hozirgi kunda davr talabiga javob bera oladigan zamonaviy mikroskopdan foydalandik, mikroskopning asosiy vazifasi faqatgina ob'ektni kengaytirilgan ko'rinishda ko'rsatish emas balki, rasm olish, rasmga olingan ob’ektni ekranga uzatish, ularni ko’rsatkichlarini aniqlash, video tasvir hosil qilishdan iborat. Tajriba natijalarini olish jarayonida biz kichik o’lchamdagi ya’ni mikrometr darajadagi qiymatlarni o’lchash imkoniyatiga ega bo’lamiz


ELEKTROLIT NIMA?



  • Elektrolitlar (elektro... va yun. 1u1o8 — eruvchan, parchalanuvchan) — elektr tokini oʻtkazuvchi ionlarning maʼlum konsentratsiyasi qatnashadigan kimyoviy moddalar yoxud sistema; tor maʼnoda — elektrolitik dissotsiatsiya natijasida hosil boʻladigan ionlar bilan elektr toki oʻtkazadigan eritmalar. Elektrolitik dissotsiatsiya darajasi (a)ga koʻra kuchli E. (a birga yaqin) va kuchsiz E. (a 0 ga yaqin) farqlanadi. Eritmada 1 ta molekulani dissotsiatsiyalaydigan ionlar soniga qarab E. binar (2 ta ion), ternar (3), kvarternar (4), simmetrik va assimmetrik xillarga boʻlinadi. E. fan va texnikada keng qoʻllanadi. Tirik organizmlarning barcha suyuq sistemalarida E. boʻladi. E. koʻpgina kimyoviy sintezlar va elektrokimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Elektrolit eritmalar deb suyuqlanmasi yoki suvdagi eritmasi elektr to'kini otkazsa elektrolitlar hisoblanadi
  • Elektrolitlarga kislotalar, asoslar va deyarli barcha tuzlar,noelektrolitlarga — organik birikmalarning ko'pchiligi, shuningdek,molekulalarida faqat kovalent qutbsiz va kam qutbli bog'lanishlar bo'ladigan moddalar kiradi.


  • Elektrolitlar — ikkinchi
tur o'tkazgichlardir. Ular eritmada yoki suyuqlanmada ion¬
larga ajraladi, shu tufayli ham
tok o'tadi. Ravshanki, eritmada
ionlar qancha ko'p bo'lsa, u
elektr tokini shuncha yaxshi
o'tkazadi. Toza suv elektr tokini
juda kam o'tkazadi.




  • Elektrolitlarning suvda eriganda ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsilanish deyiladi.
  • Masalan, natriy xlorid NaCl suvda eriganida batamom natriy
ionlari Na+ bilan xlorid ionlar Cl ga ajraladi. Suv vodorod ionlari
H+ bilan gidroksid ionlar OH ni juda oz miqdorlardagina hosil
qiladi.


NOELEKTROLITLAR



  • Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi.Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajralmaydigan va elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi.

http://fayllar.org


http://fayllar.org
Download 4.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling