Mavzu: O’rta Osiyo allomalari


Download 79.29 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi79.29 Kb.
#1513338
  1   2
Bog'liq
Mavzu2

Mavzu: O’rta Osiyo allomalari

Reja:

1.Axmad Farg’oniy

2.Forobiy

3.Beruniy

4.Ibn Sino

Axmad Farg’oniy

  • Abul Abbos ibn Muxammad ibn Kasir Farg’oniy (861 y. Bag’dodda vafot etgan) — buyuk astronom, matеmatik va gеograf. O’rta asr Yevropa ilmiy adabiyotida uni Alfraganus dеb ataganlar. Farg’oniy arab xalifaligining Bag’dod va Damashq, shaxarlarida IX asrda yashagan. U Bag’dodda Xorun ar-Rashidning o’g’li al-Ma'mun xukmronligi (813—833) davrida o’rta Osiyolik olimlar Muhammad ibn Xorazmiy, Abbos ibn Sa'id Javxariy bilan birga ishlagan. Ular dastlab yunon olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilishgan, kеyin esa o’zlari mustaqil asarlar yaratishgan. Xalifa al-Ma'mun 829 i. Bagdoddagi «Bayt al-xikmat» («Donishmandlar uyi») k,oshida, 832 y. Damashkda rasadxonaq (obsеrvatoriya)q kurdirgan. Bu rasadxonalarda muntazam ravishda kuzatuv ishlari olib borilgan. Ularda Fargoniy ham faol qatnashgan. Kuzatuvlarning natijasini «Al-Ma'munning tеkshirilgan jadvallari» nomi bilan kitob xoliga kеltirgan. Bu astronomik jadvallarni aslida faylasuf al-Kindiy oxiriga еtkazishi zarur edi, ammo u xalifa Mutavakkil (846—862)ning g’azabiga uchrab qatl qilinganidan so’ng uni davom ettirish va oxiri­ga еtkazish Farg’oniyga qolgan. Farg’oniy bu vazifani muvaffaqiyatli xal etgan. Farg’oniyning birinchi mustakil asari «Astronomiyaga kirish» dеb ataladi. Bu asarda u o’zigacha yashagan astronomlarning ishlarini tartibga solib, izchil bayon etadi va ularda uchraydigan ba'zi kamchiliklarni tanqid qiladi. Shu asari bilan Farg’oniy o’zining yetuk astronom ekanini ko’rsatdi. Farg’oniy avvalroq astronomiyani chuqur egallaganini isbotlab, 812-yilda Quyosh tutilishini oldindan aytib bеrgan edi. Farg’oniyning bunday yutuqlarga erishishida uning qunt bilan qadimgi yunon matеmatikasi va astronomiyasini o’rganishi bilan birga xamkasb dustlarining xam xizmati katta buldi.

Forobiy

  • Farobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, Aristoteldan keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor boʻldi. Farobiy Sirdaryo sohilidagi Farob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻl-yoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olim-u fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Farobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.

Download 79.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling