Mavzu: O'zbekiston respublikasi soliq tizimining o'ziga xosligi reja


Download 271.14 Kb.
bet1/8
Sana28.02.2023
Hajmi271.14 Kb.
#1236403
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hakimov kurs ishi


MAVZU: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TIZIMINING O'ZIGA XOSLIGI
REJA
KIRISH
1 Soliq tushunchasi va uning mohiyati
2 Soliq tizimi va uning elementlari
3 O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining o’ziga xosligi
4 Muammoli vaziyatlar va ularning turlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga tenglashtirilgan to’lovlar davlat byudjetining asosiy daromad manbasi hisoblanadi. Shuning uchun ham soliqlar va soliqqa tortish ixtisosligi talabalari soliqlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi, soliqlar va soliqqa tortishga doir bo’lgan turli xil qarashlar, nazariyalar, soliqlarning iqtisodiy mohiyati, xususiyatlari, ularning ob’ektiv zarurligi, soliq siyosatining nazariy masalalari, soliq elementlari, soliq tizimi, soliqlarning makroiqtisodiy holatga ta’siri, soliq ma’murchiligini tashkil etishning nazariy asoslari, soliqqa oid nazariy ko’nikmalar orttirish va shu asosda mukammal bilimga ega bo’lish, yetuk mutaxassis bo’lib yetishish bugungi davr talabidir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan soliq siyosatidagi ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish ushbu soha mutaxassislaridan chuqur iqtisodiy bilimga ega bo’lishni talab etadi. Bu esa, soliq qonunchiligi asoslari, soliqlar va soliqqa tortish, soliqni prognoz qilish va boshqa iqtisodiy fanlarni ham mukammal o’rganishni taqozo qiladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining Soliq to‘g‘risidagi qonunchiligida ushbu Kodeksdan va qabul qilinishi ushbu Kodeksda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)1
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog‘liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o‘ynaydi. Ijtimoiy siyosat o‘z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo‘linadi. Iqtisodiy siyosat ham o‘z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o‘rinda soliq siyosatining mazmuniga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo‘nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o‘rtasidagi nisbatni ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.


Download 271.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling