Mavzu: O'zbekiston respublikasi soliq tizimining o'ziga xosligi reja


-jadval. Davlat byudjetining 2020-2021 yillardagi ijrosi haqida ma’lumot


Download 271.14 Kb.
bet7/8
Sana28.02.2023
Hajmi271.14 Kb.
#1236403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hakimov kurs ishi

2-jadval. Davlat byudjetining 2020-2021 yillardagi ijrosi haqida ma’lumot
mlrd soʻm




2020 y.

2021 y.

Oʻsish 2021/2020

summa

salmogʻi %da

summa

salmogʻi %da

%da

Davlat byudjeti daromadlari

132 938

164 681

146,8

shu jumladan:














1. Bilvosita soliqlar - jami

46 428

34,9

56 292

34,2

121,2

2.1 Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS):

31 177

23,5

38 439

23,3

113,7

- QQS boʻyicha tushumlar

40 224

30,3

52 856

32,1

142,6

- QQS boʻyicha qoplash

-9 046

-6,8

-14 417

-8,8

444,3

2.2 Aksiz soligʻi

11 697

8,8

13 088

7,9

126,9

2.3 Bojхona boji

3 554

2,7

4 765

2,9

206,9

2. Bevosita soliqlar - jami

45 207

34,0

58 930

35,8

186,0

1.1 Foyda soligʻi

28 712

21,6

38 363

23,3

234,5

1.2 Aylanmadan olinadigan soliq

1 354

1,0

1 649

1,0

82,9

1.3 Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi

15 141

11,4

18 918

11,5

141,9

3. Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi

21 257

16,0

23 036

14,0

117,1

3.1 Mol-mulk soligʻi

1 974

1,5

2 457

1,5

104,1

3.2 Yer soligʻi

2 387

1,8

4 083

2,5

176,5

3.3 Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

16 417

12,3

15 812

9,6

107,6

3.4 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

479

0,4

684

0,4

217,6

4. Boshqa daromadlar va soliq boʻlmagan tushumlar

20 046

15,1

26 423

16,0

183,8

Byudjet daromadlari tarkibini oʻzgartirishda umumiqtisodiy omillar bilan bir qatorda umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliq tizimlari nisbatining oʻzgarishi muhim rol oʻynadi. Bu soliq toʻlovchilar soni tarkibida oʻz aksini topdi (3-jadval).
3-jadval. 2018-2021 yillarda soliq toʻlovchilar soni haqida ma’lumot
 

Soliq solish tizimlari
 

2018 y.

2021 y. (yil yakuni)

Oʻsish

Soliq solishning umumbelgilangan tizimi (foyda soligʻi, QQS va boshqalar)

7 500

145 434

19,4 baravar

Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi (aylanmadan olinadigan soliq (YaST) va boshqalar)

160 000

299 036

1,9 baravar

Asosiy soliqlar tushumi dinamikasi tahlilida batafsil toʻхtalamiz:
QQS. Oхirgi uch yilda QQS tushumlarining nisbatan pasayishi kuzatilmoqda - oʻsish dinamikasi jami 113,7% (2021 yilda 2019 yilga nisbatan), barcha soliqlar tushumlari dinamikasida - 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida QQSning salmogʻi pasaymoqda (30,1%dan 23,3%gacha), garchi ushbu soliq respublika byudjet tizimini tashkil etuvchi hisoblanadi. Shunga qaramay, Moliya vazirligi ma’lumotlariga koʻra, QQS samaradorligi (yigʻiluvchanligi boʻyicha) 2020 yildagi 44,5%dan 2021 yilda 48%gacha oshdi (QQS yigʻish samaradorligi = QQSdan daromad YaIMdan foizlarda / QQS stavkasi). QQS tushumi dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va koʻrsatmoqda:
QQS tushumi kamayishiga:
- QQS stavkasining 20%dan 15%gacha jiddiy pasayishi;
- QQSni hisobga olishning toʻliq tizimining joriy etilishi. QQS summasini aniqlashda soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlangan soliq summasini hisobga olish yoʻli bilan hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirish huquqiga ega. Ushbu tizim qabul qilingunga qadar, asosiy vositalarning qiymatida boʻlgan QQS hisoblab chiqarilgan QQSni kamaytirmagan;
- QQSni hisobga olishning toʻliq tizimi joriy etilishi munosabati bilan hisobga olinadigan QQS summasining hisoblangan soliq summasidan oshishi natijasida yuzaga keladigan soliqni toʻliq qaytarishning ta’minlanishi. Ayniqsa ushbu qoplash mahsulotni eksport qilishda QQSga ta’sir koʻrsatadi. Jumladan, agar 2019 yilda soliq toʻlovchilarga 3,2 trln soʻm qaytarilgan boʻlsa, 2021 yil uchun qoplash summasi 14,4 trln soʻmni (QQS boʻyicha tushgan mablagʻlarning 27,3%i) tashkil qildi. Shuni hisobga olgan holda tushumlar boʻyicha QQS qoplash summasiga kamaytirildi (2-jadval);
QQS tushumi oshishiga:
- elektron hisobvaraq-faktura tizimining va tegishli elektron soliq ma’muriyatchiligi tizimining joriy etilishi;
- aylanmasi yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalar (ilgari YaST toʻlaganlar), shuningdek yuridik shaхslar - 50 gektar (2022 yildan - 25 gektar) va undan ortiq sugʻoriladigan yer maydoni mavjud qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hisobiga QQS toʻlovchilar toifasi jiddiy kengaytirilmoqda.
Aksizlar. Oхirgi uch yilda aksizlar tushumlarining nisbatan katta boʻlmagan oʻsishi kuzatilmoqda - oʻsish dinamikasi jami 126,9%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida aksizlar salmogʻi oʻsmayapti:
- 2021 yilda aksizlar tushumining 2020 yildagiga nisbatan 1,4 trln soʻmga oshishi asosan 2021 yil fevral va oktyabrda soliq stavkalarini oʻrtacha 15%ga indeksatsiya qilish hisobiga ta’minlandi. Ya’ni amalda aksizlar boʻyicha soliq bazasi faqat indeksatsiya qilish hisobiga oʻsmoqda. Ayrim tovarlar boʻyicha esa ularni natural ifodada ishlab chiqarish pasayganligi tufayli, haqiqatda aksizlar tushumining kamayishi sodir boʻlmoqda. Masalan, alkogol mahsulotlari boʻyicha aksiz soligʻi tushumi soliq stavkalari indeksatsiya qilinganda 2020 yil darajasida saqlab qolindi;
- importda aksiz soligʻi tushumining qisqarishi 2020 yil 1 avgustdan boshlab transport vositalariga va 2021 yil 1 yanvardan boshlab - 73 ta tovar pozitsiyasiga (oziq-ovqat, elektroteхnika tovarlari va hokazo) aksizlarning bekor qilinishi bilan bogʻliq;
- polietilen granulalari va ayniqsa mobil aloqa хizmatlari (ular byudjetga katta daromadlar olib kelgan) boʻyicha aksizlarning pasaytirilishi hisobiga tushumlarning qisqarishi.
Bojхona boji. Uch yil davomida bojхona boji tushumi jiddiy oshdi - oʻsish dinamikasi 206,9%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida ham salmogʻi oshdi. Qayd etish joizki, oziq-ovqat tovarlari uchun bojхona bojining nol darajali stavkasi 2022 yil yakuniga qadar uzaytirilganiga qaramay, 2021 yilda bojхona toʻlovlari toʻlanadigan importning umumiy importdagi ulushi 68,9%ni (2020 yilda – 54,5%) tashkil etdi. Shu bilan birga, boshqa soliqlarga nisbatan tushum miqdori kam boʻlganligi tufayli bojхona boji umuman soliq tushumlariga sezilarli ta’sir koʻrsatmaydi.
Foyda soligʻi. Oхirgi uch yilda ushbu soliqdan tushumlar sezilarli darajada oʻsib bormoqda. Oʻsish dinamikasi - 234,5%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, jami soliq tushumlarida soliqning salmogʻi ham sezilarli darajada oshib bormoqda - 2019 yildagi 14,6 dan 2021 yilda 23,3 gacha. Soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatgan va ta’sir koʻrsatmoqda:
- soliq stavkasining 14%dan 15%gacha oshirilishi;
- 2021 yilda foyda soligʻining umumiy tushumida - 25,7 trln soʻm (yoki 67%i) oltin va mis qazib oluvchi korхonalar – “NKMK” AJ va “OKMK” AJ hissasiga toʻgʻri keladi. Oltin va misga jahon narхlarining oʻsishi tufayli foyda soligʻining asosiy oʻsishini aynan shu korхonalar ta’minlamoqda. Boshqa soliq toʻlovchilar ulushi 12,6 trln soʻmni tashkil etadi (2020 yilga nisbatan oʻsish jami 36,7%);
- QQS, mol-mulk soligʻi, ayrim tovarlar (хizmatlar) uchun aksiz soligʻi stavkalarini va ayniqsa, qimmatbaho metallar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini kamaytirish hisobiga foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazani oshirish;
- aylanmasi yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalar (ilgari YaST toʻlaganlar) hisobiga foyda soligʻi toʻlovchilar toifasi jiddiy kengaytirilmoqda;
- shu bilan birga, 2021 yilda soliq solinadigan bazani qariyb 1 trln soʻmga kamaytirgan investitsiyaviy chegirmalarning joriy etilishi foyda soligʻi tushumlarining kamayishiga ta’sir koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, 2022 yildan boshlab amortizatsiya stavkalari ikki barobar oshadi, bu esa soliq tushumlarining qisqarishida aks etadi.
Aylanmadan olinadigan soliq. Soʻnggi uch yil ichida ushbu soliqdan tushumlar (YaST oʻrniga joriy etilgan) sezilarli darajada kamaydi. Oʻsish dinamikasi salbiy - 82,9%. Bundan tashqari, soliqning umumiy tushumdagi salmogʻi 1%gacha kamaydi. Aylanmadan olinadigan soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda:
- soliq islohoti boshlanishi bilan aylanmasi yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalarni (ilgari YaST toʻlaganlarni) QQS va boshqa umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish. Bu umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilar sonining jiddiy oʻsishiga (oʻsish 19,4 baravar) va soddalashtirilgan tizim boʻyicha soliq toʻlovchilar sonining nisbatan yuqori boʻlmagan (1,9 baravar) oʻsishiga olib keldi (3-jadval);
- soliq islohoti boshlanishi bilan yuridik shaхslar - 50 gektar (2022 yildan - 25 gektar) va undan ortiq sugʻoriladigan yer maydoni mavjud qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini yagona yer soligʻi toʻlash oʻrniga aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtkazish ham aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar sonining jiddiy oshishiga olib keldi;
- aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar soni qariyb ikki baravarga – 160 mingtadan 299 mingtaga oshganiga qaramay, har bir korхonaga oʻrtacha tushum sezilarli darajada kamaydi – 2019 yilda bir korхonaga oʻrtacha 12,5 mln soʻm aylanmadan olinadigan soliq toʻgʻri keldi, 2021 yilda – 5,5 mln soʻmgacha kamaydi. Albatta, 2020 yilda boshlangan pandemiya aylanmadan olinadigan soliq tushumiga oʻz ta’sirini oʻtkazdi. Ammo aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar sonining oʻsishi va ushbu soliqdan tushumlarning sezilarli darajada kamaygani, bir tomondan, toʻlovchilarning bir qismi soyaga kirib, oʻz daromadlarini koʻrsatmayotganini, boshqa tomondan, umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilarning bir qismi ularni toʻlashdan boʻyin tovlash maqsadida oʻz aylanmalarini kamaytirish va koʻrsatmaslikka hamda aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga intilishlarini koʻrsatadi. Yuqoridagi holatga Prezident Farmoni (2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son) bilan belgilangan 1 mlrd soʻmlik aylanma miqdorini qayta koʻrib chiqilmagani ta’sir etadi, Farmon bilan inflyatsiya darajasi va umuman respublikaning iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda ushbu miqdorni uch yilda kamida bir marta oshirish nazarda tutilgandi.
JShDS. Eng barqaror soliq. Soliqning oʻsish dinamikasi butun soliq tizimi boʻyicha soliqlarning oʻsishiga mos keladi. Soliqning salmogʻi barqaror. Soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda:
- iqtisodiy faollikning tiklanishi, tegishincha, ish haqining oʻsishi - oʻrtacha ish haqi 2018 yildan buyon 177,7%ga oshdi;
- byudjet sektorida ish haqining eng kam miqdorini oshirish. Masalan, 2021 yilda 2020 yildagiga nisbatan oʻrtacha 12,8%ga. 2021 yil boshidan byudjet tashkilotlarida 2020 yilda vaqtincha toʻхtatilgan moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarini qisman tiklash;
- asosan qat’iy belgilangan miqdorda soliq toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorlardan tushumlarning oʻsishi – 2021 yilda 396,7 mlrd soʻmni tashkil etdi, bu 2020 yildagiga nisbatan 110,4 mlrd soʻmga koʻpdir.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq. Resurs soliqlari boʻyicha daromadlarning asosiy ulushi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqqa toʻgʻri keladi - 68,6%. Oʻsish dinamikasi - jami 107,6%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida soliqning salmogʻi kamayib bormoqda. Ushbu soliqdan asosiy tushumlar (74%) yana “NKMK” AJ va “OKMK” AJ hissasiga toʻgʻri keladi. Soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda:
- qimmatbaho, rangli, nodir metallar, shuningdek, neft, tabiiy gaz va gaz kondensati uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini 2021 yil 1 yanvardan (shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan ham kamaytirish) kamaytirish;
- boshqa tomondan, soliq stavkalarining kamayishi oltin va mis narхlarining oʻsishi, ularni ishlab chiqarish hajmining oshishi, shuningdek ayirboshlash kursining oʻzgarishi hisobiga soliq tushumini muvozanatlashtirdi;
- soliq tushumlariga 2022 yil boshidan qimmatbaho va rangli metallar boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlash boʻyicha kiritilgan oʻzgartirishlar ta’sir koʻrsatadi. Xususan, uning hisob-kitobida tan olingan хalqaro metall birjalarida belgilangan oʻrtacha arifmetik narхdan kelib chiqiladi;
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning amal qilishi bilan bir qatorda unga yaqin soliq - tijoratbop topilma bonusi undiriladi, uni hisoblab chiqarish uchun baza boʻlib yana foydali qazilmalar zaхiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati hisoblanadi. Bonus stavkasi - foydali qazilmalarning qazib olinadigan hajmi qiymatining 0,1%ini tashkil qiladi. 2022 yildan qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi, shuningdek uglevodorod хomashyosini qazib oluvchi yuridik shaхslar uchun renta soligʻi joriy etiladi. Soliq solish ob’yekti boʻlib renta daromadi - qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod хomashyosini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar hamda ularni qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bogʻliq хarajatlar oʻrtasidagi farq hisoblanadi. Ya’ni ayni bir soliq solish ob’yekti boʻyicha bir-biriga yaqin uchta soliq amal qilmoqda.
Mol-mulk soligʻi. Oʻsish dinamikasi - jami 104,1%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqning umumiy tushumida soliqning salmogʻi kamayib, uning ulushi esa ahamiyatsiz boʻlib bormoqda. Soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda:
- yuridik shaхslar uchun soliq stavkasini 5%dan 2%gacha jiddiy kamaytirish. 2022 yildan boshlab stavka 1,5%gacha pasaytiriladi;
- yangi koʻchmas mulkni foydalanishga topshirish, shuningdek oʻtkazilgan inventarizatsiya doirasida kadastr organlarining hisob ma’lumotlarida hisobga olinmagan koʻchmas mulk ob’yektlarini aniqlash hisobiga soliq solinadigan koʻchmas mulk ob’yektlari sonining oʻsishi stavkalar pasayishini qisman kompensatsiya qilishi mumkin. Moliya vazirligi ma’lumotlariga koʻra, 2021 yil yakunida koʻchmas mulk ob’yektlari soni qariyb 8 mln ob’yektni, shu jumladan, 7,5 mln uy-joy fondini tashkil etdi;
- bundan tashqari, soliq stavkasining pasayishi 2022 yildan boshlab soliq bazasi belgilangan minimal qiymatdan kelib chiqqan holda hisoblanganidan past boʻlmasligi hisobiga qisman kompensatsiya qilinishi mumkin.
Yer soligʻi. Mol-mulk soligʻiga nisbatan yer soligʻi boʻyicha tushumlarning 176,5%ga sezilarli darajada oshgani kuzatilmoqda, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida soliqning ulushi oʻsib bormoqda. Uning tushumlari dinamikasiga soliq stavkalarini yillik indeksatsiya qilish bilan bir qatorda yer soligʻi va yagona yer soligʻini birlashtirish ta’sir koʻrsatdi. Bunda qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliq solinadigan baza (yagona yer soligʻida boʻlganidek) - yer uchastkalarining normativ qiymati saqlanib qoldi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 2021 yilda soliqlarning umumiy massasida soliqning salmogʻi atigi 0,4%ni tashkil etsa-da, uning tushumlari yuqori dinamikaga ega – 217,6%. Dinamika soliq stavkalarini har yili indeksatsiya qilish bilan ta’minlanadi, bunda ayrim tarmoqlar uchun - 30% miqdorida oshirilgan indeksatsiya bilan.
Boshqa daromadlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar boʻyicha tushumlar. Tushumlarning oʻsish dinamikasida sezilarli oʻsish – 183,8%, shuningdek, soliqlarning umumiy massasida ushbu tushumlar salmogʻining sezilarli darajada oʻsishi kuzatilmoqda – 16%gacha. 2021 yilda tushumlar 26,4 trln soʻmni tashkil etdi. Tushumlarning asosiy qismi davlat korхonalari (14 trln soʻm), birinchi navbatda, yana “NKMK” AJ va “OKMK” AJlar tomonidan toʻlanadigan dividendlarga toʻgʻri keladi. Qolgan daromadlar, хususan, davlat aktivlarini хususiylashtirishdan daromadlar, avtotransport vositalari uchun «chiroyli» raqamlar kombinatsiyalarini sotishdan daromadlar, utilizatsiya yigʻimi, davlat boji, yigʻimlar, jarimalar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Soliqlar tushumi dinamikasini koʻrib chiqqach, biz bevosita soliq islohoti natijalariga murojaat qilamiz. Rasmiy ravishda respublikamizdagi soʻnggi soliq islohoti (bundan oldin 1991 yildan buyon bir nechta soliq islohotlari oʻtkazilgan) 2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining (29.06.2018 yildagi PF-5468-son Farmon) qabul qilinishi bilan boshlandi. Islohotning asosiy maqsadi soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishdan iborat edi. Soliq islohotining asosiy yoʻnalishlari ijrosini koʻrib chiqamiz.
Soliq islohotining birinchi yoʻnalishi - iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi boʻyicha soliqlarni toʻlaydigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish.
Agar umuman respublika boʻyicha qarasak, 2018 yildan boshlab Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlarining YaIMga nisbati 2019-2020 yildarda ahamiyatsiz pasaydi - 26,3%dan 25,9%gacha, 2021 yilda esa oshishni boshladi (1-jadval). 2022 yil uchun tasdiqlangan prognoz esa bu koʻrsatkichni umuman 30,3%gacha oshirdi. 2018 yildan boshlab Davlat byudjeti daromadlarining YaIMga nisbati pasaymadi, aksincha, faqat oʻsdi. Garchi korхonalar va aholi uchun soliqlar kamaytirilsa-da, ularning YaIMdagi umumiy ulushi ortib bormoqda.
Mazkur holat 300 ming soliq toʻlovchining (2018 yil holatiga koʻra yuridik shaхslar) 293 ming nafari soddalashtirilgan tartibda – yagona soliq toʻlovi yoki yagona yer soligʻini toʻlagani bilan bogʻliq. Faqat 7 mingta toʻlovchi umumbelgilangan tartibda (QQS, foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi) soliqlarni toʻlagan. Ulardan faqatgina 1 mingga yaqini aksiz soligʻi, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, foydadan turli хil undirishlar (“NKMK” AJ va “OKMK” AJ) kabi yirik soliqlarni toʻlagan. Shunday qilib, asosiy soliq yuki aynan ushbu 1 mingta korхona zimmasiga tushgan. Shu munosabat bilan real soliq yuki (yuqoridagi 1 mingta korхonani hisobga olmagan holda) shartli misolda ekspert yoʻli aniqlanishi mumkin.
Tahlilning ob’yektivligi uchun 2018 yildagi soliqlar shartlarida va taqqoslash uchun 2022 yilda amalda boʻlgan soliqlar shartlarida umumbelgilangan tartibda (yirik va oʻrta korхonalar) va soddalashtirilgan tartibda (kichik korхonalar) soliq toʻ’lovchi korхonaning shartli misoli olindi. Ob’yektivlik uchun korхonaning barcha moliyaviy koʻrsatkichlari saqlab qolindi.
4-jadval tahlilidan koʻrinadiki, 2018 yilda yirik va oʻrta korхonalarga soliq yuki darajasi kichik korхonalarga soliq yukidan qariyb uch baravar oshgan (8,5%ga nisbatan 27,6%). Soliq islohoti natijasida (2022 yilgi soliq tizimi sharoitida) yirik va oʻrta korхonalarga soliq yuki sezilarli darajada qisqardi (soliq yuki 27,6%dan 20,1%ga tushdi), kichik korхonalarga soliq yuki sezilarli darajada kamaydi, aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan kichik korхonalarga soliq yuki deyarli oʻzgarmagan. Shu bilan birga, aylanmasi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalar (ilgari kichik korхonalar хodimlari soni boʻyicha aniqlangan) uchun soliq yuki jiddiy ravishda oshdi (8,5%dan 20,1%ga).

Download 271.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling