Mavzu: O’zbekistonda fermer va dehqon xòjaliklarini rivojlantirish vazifalari va istiqbollari Reja


Download 30.85 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1382890
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonda fermer va dehqon xòjaliklarini rivojlantirish vazifalari va istiqbollari



Mavzu: O’zbekistonda fermer va dehqon xòjaliklarini rivojlantirish vazifalari va istiqbollari
Reja:
Kirish
Asosiy qism

  1. Fermer va dehqon xòjaliklari moxiyati, mazmuni va ularning farqli jihatlari

  2. Fermer va dehqon xòjaliklarining, tashkiliy va xuquqiy asoslari

  3. O’zbekistonda fermer va dehqon xòjaliklarini rivojlanish xolati taxlili

  4. O’zbekistonda fermer va dehqon xòjaliklarini rivojlantirish yònalishlari va istiqbollari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar





Kirish

O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli«2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarinirivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli «2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasinini amalga


oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2004-yil 24-dekabrdagi 607-sonli «2005-2007- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning asosiy shakli sifatida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyati uchun qulayshart-sharoitlar yaratish,shuningdek, qishloqda bozor infratuzilmasini kompleksrivojlantirish asosiymasala qilib belgilandi.
Fermer xo‘jaliklarinirivojlantirishning aniq chora-tadbirlari ishlab chiqilib, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish to‘g‘risida istiqbolli yo‘nalishlarishlab chiqildi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda fermer xo‘jaliklariningmahsulot ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, unga huquqiy asos yaratish, tayyorlov, ta’minot va servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Sir emaski, ayrimtayyorlov, ta’minot va servis xizmatlari korxonalari oldiga qo‘ygan vazifalarni yetarli darajada bajara olmaykelmoqda.Endilikda ushbu infratuzilmalarnirivojlantirish orqalifermer xo‘jaliklari faoliyatini yaxshilash asosiy vazifamiz bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi agrar sohasida 2005-yilda 3646 ming gektar ekin maydoniga dehqonchilik qilingan bo‘lsa, unda fermerlar hissasi 2139,7 ming gektarni yoki 58,7 % ni tashkil etdi. Fermer xo‘jaliklarining salmog‘i ortib borayotganligi bois, ularning iqtisodchi kadrlarini o‘qitish va malakasini muntazam oshirib borishda ushbu o‘quv qo‘llanma samarali xizmat qiladi. Ma’lumki,fermer xo‘jaliklari tashkil etishning huquqiy-iqtisodiyasoslari,ishlab chiqarish infratuzilmalari bilan shartnoma munosabatlari, yerdan foydalanish va ekinlarni joylashtirish, suv va melioratsiya ishlari, mol-mulk, mehnat resurslaridan foydalanish, xo‘jalikni boshqarishda marketing va menejment, xo‘jalikning iqtisodiy faoliyatini tashkil etish,
investitsiyalash, ta’minot va servis xizmatlari, infratuzilma, investitsiya, mahsulot yetishtirish va unisotishmexanizmlari, kooperatsiyalashuvjarayonlarinitashkil etish, fermer daromadini ko‘paytirish hisobiga ish o‘rinlarini ochish, yangi zamonaviy texnologiyalar kiritish hamda dehqonchilikda ilg‘or agrotexnologiyalardan foydalanishda yetarli bilimga ega bo‘lish orqali xo‘jalikni barqaror rivojlantirish mumkin.
Ushbu o‘quv qo‘llanma orqali aynan fermer xo‘jaligini tashkil etish bilan bog‘liq masalalariqtisodiyotini hamda istiqbolli ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning. ustuvor yo‘nalishlarini o‘rganish mumkin.


  1. Download 30.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling