MAVZU: O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI
Reja:
Kirish
1 . O'zbekistonda metallurgiya sanoatining rivojlanish tarixi
2. O'zbekistonda metallurgiya
sanoati tarmoqlari
3. O'zbekistonda metallurgiya sanoati istiqbollari
4. O'zbekistonda metallurgiya sanoatiga
tasir etuvchi omillar
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar.
Ilovalar
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: "Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik
birlashmasi — qora metallurgiya sanoati korxonasi. Toshkent viloyati Bekobod shahrida. Qora
metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (poʻlat, choʻyan, poʻlat quvurlar va poʻlat
prokat), armatura poʻlati, shvellerlar, poʻlat sharlar, poʻlat
emallangan idishlar ishlab
chiqaradi, respublika boʻyicha yigʻiladigan temirtersak, metall chiqindilarini qayta eritadi.
1942-yildan umumxalq hashari yoʻli
bilan qurila boshlagan, 1944-yil 5-martda ishga
tushirilgan. 3dekabrda
marten sexi, choʻyan quyish sexi va 1974-yildan emallangan poʻlat
idishlar ishlab chiqarish sexi mavjud. Marten sexida 3 ta marten pechi bor (1944, 1945 va
1949-yillarda ishga tushirilgan). 1946—49 yillarda prokat sexi ishga tushirildi. 1962-yilli
uzluksiz poʻlat quyuv qurilma ishga tushirilgan; 1974-yildan emallangan poʻlat roʻzgʻor
idishlari ishlab chiqarish boshlanadi. 1978-yil avgustda yillik quvvati 250 ming t boʻlgan elektr
yordamida poʻlat eritadigan 1ta pech, dekabrda 2 - pech, 1979-yil sentabr da 3-pech mahsulot
bera boshladi. 1984-yil iyulda navli prokat sexining 1navbati, 1987-yil sentabrda 2navbati
ishta tushirildi. 1991-yildan 32—76 mm li poʻlat quvurlar ishlab
chiqaradigan ikki liniya
mahsulot chiqara boshladi. 1994-yil iyunida togʻkon sanoati uchun ruda maydalash tegirmon
sharlari ishlab chiqarish st-yani foydalanishga topshirildi.