Mavzu: O'zbekistonda prezident institutining tashkil etilishi


Download 0.86 Mb.
Sana02.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1146847
Bog'liq
Davlatchilik MUSTAQIL ISH

Mavzu: O'zbekistonda prezident institutining tashkil etilishi.

REJA: 1.Prezidentlik institutlarining mohiyati va ahamyati 2.Ozbekistonda prezidentlik institutining tashkil etilishi. 3.O'zbekistonda prizidentlik saylovlari tarixi

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi.

1990 yil 24 martda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida MDH davlatlari ichida esa birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti lavozimi ta’sis etildi (1).

O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik lavozimi milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz bilan rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini uyg‘unlashtirish natijasida vujudga keldi.

Konstitutsiyamiz 90-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.

O‘zbekistondagi Prezidentlik institutining o‘ziga xosligi shundaki, bizda davlat boshlig‘ining vakolatida fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishiga kafillik belgilanganligi, davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashi, Prezident saylovi kuni Konstitutsiyada aniq belgilab qo‘yilgani, saylov komissiyalarining a’zolari saylovdan manfaatdor biron bir partiya a’zosi, yoki nomzod, uning ishonchli vakili bo‘lishi mumkin emasligi, Prezident saylovining moliyaviy ta’minoti davlat mablag‘lari tomonidan qoplanishi va teng taqsimlanishi,

O‘zbekistonda Prezidentlik institutining xalqimiz hayotiga yaqinligini mustaqillik yillarida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida saylovchilarning 90 % dan ortig‘i ishtirok etganligidan ham bilib olishimiz mumkin. Jahonning ko‘plab davlatlarida bu raqam odatda o‘rtacha 50-60 %dan oshmasligini ko‘rishimiz mumkin.

Respublika Prezidenti lavozimga kirishish oldidan xalq saylagan oliy vakillik organi – Oliy Majlisda qasamyod qabul qilishi ham o‘z qasamyodida birinchi jumla “O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga” degan jumlaning o‘ziyoq demokratiyaning belgilari sifatida aytilgan.

1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga

soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun

qabul qilindi. Shu asosda, 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi.

Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi

va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov

va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih)

nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning

86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3% esa Saloy Madaminov nomzodini

yoqlab ovoz berdi.

. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini

1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda

prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga saylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil

dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi.

2015-yil 29-mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g'alaba qozondi.

2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi.

Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari o'tkazildi.

2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi»gi qonunga muvofiq

muqobil-lik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi.Unda 88.61% ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Karimov A.I. O'zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida T.2011

2.Ozbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 2021-yil

3.Mirakulov M.M "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi T. 2016

4.www.lex.uz

5.www.arxiv.uz


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling