Mavzu: Plug mexanizmlarini sozlash, ishga tayyorlash


Download 1.28 Mb.
bet1/3
Sana28.10.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1730897
  1   2   3
Bog'liq
Plug mexanizmlarini sozlash, ishga tayyorlash

Mavzu:Plug mexanizmlarini sozlash, ishga tayyorlash

Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalarining turlari, ishlashi

  • Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalarining turlari, ishlashi
  • Mahalliy sharoitda tirkama, osma va yarim osma pluglar ishlatiladi. Odatda, pluglar quyidagi ishchi qismlarga ega bo‗ladi: korpus, yuqori korpus, chimqirqar, pichoq va tuproq chuqurlatgich. Shulardan plug korpusi uning asosiy ishchi organi hisoblanib, u turoq qatlamini o‗rnatilgan chuqurlikda qirqib ag‗daradi. Xorijda ishlab chiqilgan pluglarda (AQSh, Germaniya) chimqirqar ishlatilmasa, mahalliy sharoitda shudgorlash jarayonida chimqirqardan keng foydalaniladi. Tirkama pluglar konstruksiyasiga ko‗ra uchta g‗ildirak va tirkagich bilan ta‘minlangan. Ular dala relyefiga yaxshi moslashib boshqa pluglarga nisbatan yetarli darajada ravon va turg‗un harakatlanadi va yerni sifatli shudgorlaydi. Zamonaviy tirkama pluglarga maxsus ishlarga mo‗ljallangan pluglar (yarusli, bog‗lar va butazor-botqoqliklar uchun va boshqa) kiradi. Osma pluglar eng ko‗p qo‗llaniladigan pluglardan bo‗lib, ularning afzalligi konstruksiyasining soddaligi, boshqarilishining (avtomatik) osonligi hamda nisbatan arzonligi hisoblanadi. Ular bilan dalalarga ishlov berilganda katta bo‗lmagan kenglikdagi burilish yo‗lakchasi talab qilinadi. Kamchiligi esa traktorning plugni transport holatiga ko‗tarib, bir joydan ikkinchi joyga ko‗chishida, uning ag‗darilish xavfi ko‗proqligi va plug bilan ishlov berish chuqurligining yer rel‘efiga nisbatan o‗zarishi hisoblanadi.
  • Tirkama plug 1-chimqirqar; 2-korpus; 3-orqa g‗ildirak; 4-rama; 5 va 6-dala va shudgor g‗ildiragi.

Osma plug.

  • Osma plug.
  • 1 - chimqirqar; 2 - korpus; 3 - boronalar uchun tirkama; 4 - bikrlik to‗sini; 5 - disksimon pichoq ustuni; 6 - shudgorlash chuqurligini sozlash vinti; 7 - tayanch g‗ildirak; 8 - tirkagich; 9 - biriktirish teshigi; 10 - bo‗ylama to‗sin; 11 - osma tirkagichlari; 12 - biriktirish barmoqlarining kronshteynlari; 13 - biriktirish barmoqlari; 14 - ramaning ko‗ndalang to‗sini.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling