Mavzu: Prokat shartnomasi


Download 184.43 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi184.43 Kb.

Mavzu:Prokat shartnomasi

  • Mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
  • Umumiy qoidaga ko‘ra, mulk ijarasi shartnomasida mol-mulk ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga egalik qilish va foydalanish uchun topshiriladi. Masalan, prokat shartnomasi, transport vositalari ijarasi shartnomasi (FK, 558, 564-moddalar). Shu bilan birga, alohida hollarda ijaraga mol-mulk faqat foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Masalan, binolar va inshootlar ijarasida obyekt ijaraga oluvchiga faqat foydalanishga topshirilishi mumkin (FK, 573-modda).
  • Mulk ijarasi shartnomasi haq evaziga tuziladi. Mulk ijarasi shartnomasi obyektlari ijaraga oluvchiga haq evaziga topshiriladi. Aks holda, mol-mulkdan tekin foydalanish (FK, 36-bob) yuz beradi.
  • FKning 537-moddasida mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha topshirilishi mumkin bo‘lgan obyektlarning taxminiy ro‘yxati keltirilgan. Jumladan, yer uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy obyektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari. Demak, mulk ijarasi shartnomasining obyekti bo‘lib ko‘chmas mulk ham, ko‘char mulk ham bo‘lishi mumkin.
  • Qonunchilikda mulk ijarasiga berilishi mumkin bo‘lmagan yoki cheklangan mol-mulk turlari belgilab qo‘yilishi mumkin. Bunday mol-mulklar jumlasiga avvalo, muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan obyektlar kiradi. Masalan, tabiatdan maxsus yo‘sinda foydalanish. Yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va o‘zga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib ijaraga berilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun, 6-modda).
  • Mulk ijarasi shartnomasi og‘zaki va yozma, shu jumladan notarial tartibda tasdiqlanadigan shaklda bo‘lishi mumkin. Bunda yozma shaklga nisbatan qonunda qo‘shimcha talablar, shuningdek shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir talablar qo‘yilishi mumkin. Mulk ijarasi shartnomasining shakli shartnomaning muddati, uning taraflari bo‘lib kimlar ishtirok etishi, ijaraga berilayotgan mol-mulkning turi, mol-mulkning taqdiriga doir shartlarga bog‘liq bo‘ladi
  • Mulk ijarasi shartnomasi jismoniy shaxslar o‘rtasida og‘zaki shaklda faqat bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuzilishi mumkin. Bunda bitim bahosi ahamiyatga ega emas. Biroq agar mulk ijarasi shartnomasining alohida turlariga nisbatan qonunda yozma shakl belgilangan bo‘lsa, u holda jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan bundaymulk ijarasi shartnomasi muddatidan qat’iy nazar og‘zaki tuzilishi mumkin emas.
  • Yuridik shaxslar o‘rtasida yoki yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan mulk ijarasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim.
  • Bir yildan ortiq muddatga tuziladigan mulk ijarasi shartnomasi shartnoma taraflari bo‘lib kimlar ishtirok etishidan qat’iy nazar yozma shaklda tuzilishi kerak.
  • Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi taraflari bo‘lib kimlar ishtirok etishidan qat’iy nazar yozma shaklda tuzilishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab qilinadi.
  • Transport vositasini ijarasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bunda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan transport vositalari ijarasi shartnomasi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim (FK, 565-modda). Ushbu normaga kiritilgan oxirgi o`zgartishlarga ko`ra, yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish bo`yich xizmat ko`rsatadigan yuridik shaxslar jismoniy shaxslar bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini o`ttiz kungacha bo`lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda tuzishlari mumkin.
  • Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi, agar shartnoma muddati bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilsa, shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ham lozim (FK, 574-modda).
  • Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u notarial guvohlantirilishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim (FK, 580-modda).
  • Mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha mol-mulk ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish yoki foydalanishga topshirilganligi sababli shartnoma muddati mulk ijarasi shartnomasi shartlaridin biri bo‘lib hisoblanadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, mulk ijarasi shartnomasi taraflar kelishuviga muvofiq belgilanadigan muddatga tuziladi. Shu bilan birga, qonun ijara muddatini shartnomaning muhim shartlari jumlasiga kiritmaydi. Shu sababli shartnoma uni amal qilish muddatini belgilamagan holda ham tuzilishi mumkin.
  • Nomuayyan muddatga tuzilgan bino va inshootni ijaraga berish shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi. Biroq, nazarda tutish lozimki, bir yildan kam muddatga tuzilgan bino va inshootni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha taraflarning huquqiy munosabatlari bir yildan ortiq muddatda davom etsa, bunday shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
  • Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bu taraflardan har biriga istagan paytda shartnomadan voz kechish huquqini beradi. Faqat taraflar bir birini bir oy oldin, ko‘chmas mulk ijarasida esa – uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi talab qilinadi. Ko‘rsatilgan muddat dispozitiv xususiyatga ega, ya’ni qonun yoki shartnomada ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilanishi mumkin.
  • Topshirilayotgan mol-mulkning holati shartnoma shartlariga va mol-mulkning vazifasiga muvofiq bo‘lishi lozim. Masalan, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mulk ijarasi shartnomasida nazarda tutilgandan kamroq quvvatga ega bo‘lgan uskunani berishga haqli emas. Yoki bo‘lmasa, ishlab chiqarish maqsadi uchun uy joy berilishi mumkin emas.
  • Ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga berilayotgan mol-mulkka tegishli ashyolar va hujjatlarni berish to‘g‘risidagi talablarni buzishi va buning natijasida ijaraga oluvchi ushbu mol-mulkdan foydalana olmasligi ijaraga oluvchi uchun noqulay oqibatlar keltirib chiqaradi. Masalan, ijaraga beruvchi avtomobilni foydalanish uchun ijaraga berib, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazilganlik haqidagi guvohnomani bermadi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu hujjatsiz ijarachi avtomobildan foydalana olmaydi va tegishlicha ijara shartnomasini tuzishda umid qilgan foydani ham ko‘ra olmaydi. Bunday hollarda ijaraga oluvchi xohishiga ko‘ra, shu jumladan sud tartibida ham ijaraga olingan mol-mulk uchun kerakli bo‘lgan ashyolar hamda hujjatlarni o‘ziga berishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqini beradi.
  • Nazorat uchun savollar:
  • 1. Ijaraga beruvchi ijaraga olingan mol-mulkni yoki unga nisbatan bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yishga haqlimi?
  • 2. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni yoki unga nisbatan bo‘lgan huquqlarni xo‘jalik jamiyatlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishga haqlimi?
  • 3. Bino va inshootlar ijarasi shartnomasini rasmiylashtirish tartibini tushuntirib bering?
  • 4. Transport vositalari ijarasi shartnomasini ijaraning boshqa turlaridan farqlarini izohlang.

Download 184.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling