Mavzu. Qishloq xo‘jaligida mulk va xo‘jalik yuritish shakllarining samaradorligi. Reja


Download 84.95 Kb.
bet1/9
Sana08.02.2023
Hajmi84.95 Kb.
#1178480
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Mavzu. Qishloq xo‘jaligida mulk va xo‘jalik yuritish shakllarining
samaradorligi.
Reja:
Kirish

  1. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni: egalik qilish, foydalanish va tasarruf kilish. Mulk obyekti va subyekti.

Asosiy qisim

  1. .Mulkchilikning iqtisodiy va xuquqiy jihatlari. Mulk shakllarining tasniflanishi.

  2. Davlat mulki, jamoa mulki, shaxsiy mulk. xususiy mulk va aralash mulk.

  3. Iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning o‘rni. Mulkchilik shakllarini o‘zgartirish usullari: milliylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.

  4. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish, hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin.
Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. 

Download 84.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling