Mavzu: Quvur tarmoqlarining ishlatish jarayonida yuklama berish shartlari va quvurlar tarmog‘ining chekka holatlari


Download 3.78 Mb.
bet1/3
Sana08.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1695288
  1   2   3
Bog'liq
5-ma\'ruza

Mavzu: Quvur tarmoqlarining ishlatish jarayonida yuklama berish shartlari va quvurlar tarmog‘ining chekka holatlari

Gaz quvurlari tarmoqlarining ishlash qobiliyatini belgilovchi asosiy ma’lumotlarini mos ravishda tahlil qilish uchun unga yuklama berish shartlarini tasniflovchi omillarni (faktorlarni) hisobga olish zarur:


yuklama berishning qiymati, usuli va tezligini;
haroratning ta’sirini;
muhitning ta’sirini hisobga olish zarur

Quvurlar tarmog‘iga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha yuklamalarni quyidagi ko‘rinishda tasniflash mumkin:

  • Qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatuvchi bir martalik yoki takrorlanuvchi mexanik yoki termik zarbalar. Har bir ta’sir ko‘rsatishning davomiyligi sekundning ulushlarini tashkil qiladi;
  • Qisqa muddatli bir martalik statik yuklama. Ortib borish vaqti va yuklama ta’sir qilishining umumiy davomiyligi birgalikda o‘lchanadi (minutning ulushlaridan tortib bir necha minutgacha, kamdan kam hollarda bir necha soatgacha);
  • Uzoq muddatli bir martalik statik yuklama. Yuklamaning ortib borish davomiyligi odatda uning ta’sir ko‘rsatish davomiyligining umumiy vaqtiga nisbatan kichik bo‘ladi (soatlar, oylar va hatto yillar);
  • Ko‘p martalik statik yuklama. Yuklama berish bir necha yuz martadan ko‘p million martagacha takrorlanadi. Bu turdagi yuklamaning ta’siri mexanik va termik tolqinni chaqiradi.

Amaliyotda yuklamalarning ko‘rsatib o‘tilgan tiplarining kombinatsiyalari ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha yuklamalar turlari quyidagicha:
1. Bir martalik (zarbali, qisqa muddatli statik).
2. Doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi statik
(uzoq muddatli statik).
3. Ko‘p martalik (zarbali, statik, termik).

Magistral quvur tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatuvchi yuklamalarning klassifikatsiyasi

Umumiy holatda quyidagi kriteriylar gaz quvurlari tarmoqlari chiziqli qismining asosiy elementlari uchun shikastlanishlarning rivojlanishini chaqiruvchi eng chekka holatlar sifatida qabul qilinadi:

  • Kuch ta’siri ostida mustahkamlikning yo‘qolishi
  • Deformatsiyalanishda plastiklik zaxirasining yo‘qotilishi;
  • Siquvchi zo‘riqishlar natijasida umumiy yoki mahalliy barqarorlikning yo‘qolishi;
  • Elementning eng chekka ko‘ndalang siljishlarga erishishi (vertikal yoki gorizontal yuzalarda);
  • Quvur tarmoqlarining yaxlit korroziya (yemirilish) yoki ichki yuzaning mexanik yeyilishi natijasida devorning yupqalanishidan yemirilishi;
  • Mahalliy buzilishlar (mahalliy korroziya, nuqsonlarning ochilishi, tasodifiy mexanik ta’sirlar) hosil bo‘lishi natijasida germetiklikning yo‘qolishi;
  • Yoriqlarning tarqalishi natijasidagi cho‘zilgan yemirilish;
  • Suv, havo va shunga o‘xshashlarning dinamik ta’siri hisobiga suv osti va yer usti quvurlar tarmoqlarining kritik holatlardan oshiq tebranishi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling