Mavzu: Ruda konlarini ochish va tayorlash. Reja


Download 192.5 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi192.5 Kb.
#1634251
  1   2   3
Bog'liq
Ruda konlarini ochish va tayorlash.



Mavzu: Ruda konlarini ochish va tayorlash.
Reja:

  1. Ruda konlarini ochish

  2. Ruda konlarini tayyorlash usullari

  3. Gorizontal qiya ochish usuli.

  4. Qiya kon ochish usuli.

Ruda konlari xuddi qatlamli (ko’mir) konlari ochiladigan kon laxmlari (stvollar, shtolnyalar, kvershlaglar) orqali ochiladi. Ruda konlari qatlamli konlarga qaraganda yotqiziq elementlarining tez va keskin o’zgarishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ularni ochish usullari o’z asoslariga ega.


Ruda konlarini ochish usullari asosiy (oddiy) va aralash usullarga bo’linadi.
Asosiy usullar shaxta maydoni butun chuqurligi bo’yicha bitta asosiy laxm bilan kterlanadi.
Aralash usulda esa kon qandaydir bir asosiy kon laxmi bilan birgalikda pastki gorizontlarga yetib boorish uchun xizmat qiluvchi yordamchi kon laxmlari ham qo’llaniladi.
M.I. Agoshkova klassifikatsiyasig binoan quyidagi ochish usullari mavjud:
Asosiy usullar

  • Shaxtaning vertikal stvollari orqali.

  • Shaxtaning qiya stvollari orqali.

  • Shtolnyalar bilan

Aralash usullar

  • Ustki tomondan vertikal shaxta stvoli orqali va vertical ko’r stvol orqali.

  • Ustki tomondan vertikal shaxta stvoli orqali va shaxta qiya stvoli orqali.

  • Ustki tomondan shaxta qiya stvoli orqali va qiya ko’r stvoli orqali

  • Shtolnyalar bilan qiya ko’r stvollar orqali konni ochish.

Konni ochishning asosiy usullari
Konni vertikal stvollar bilan ochish odatda tik yotgan (yotish burchagi 60—70° dan ortiq) va nishab yotgan (yotish burchagi 15—20° dan kam) yotqiziqlarda, kvershlaglar uzunligining oshishi qiya stvollar uzunligining ortishiga qaraganda konni ochish narxiga kam ta’sir etganda amalga oshiriladi.
Konning chuqurligi 1000 m va undan oshganidan keyin vertikal stvollar bilan konni ochishda skipli ko’tarishning unumdorligi pasayib ketishi sababli bu usul unchalik maqsadga muvofiq bo’lmay qoladi. Shuning uchun yillar o’tishi bilan chuqurlikdagi gorizontlar qiya stvollar orqali ochiladi. Bunda qiya stvollar ruda va bo’sh tog’ jinslarini tashish uchun mo’ljallangan konveyerlar bilan jihozlangan bo’ladi.
Pastki gorizontlarni ochadigan qiya stvollar qazish chuqurligi, kon laxmlarini o’tishning tezlashishi va yangi gorizontlarni tayyorlash muddatining pasayishidan qat’iy nazar ruda qazib olishning doimiyligini ta’minlaydi.
Eng ko’p tarqalgan ochish usuli yotqiziqning yotgan tomonida joylashgan vertikal stvollar orqali ochish hisoblanadi (2 rasm).

2-rasm. Ruda konlarini vertikal stvollar orqali ochiq
Kesishgan konlarda vertikal stvollar orqali konni ochish juda kamdan kam qo’llaniladi.

2.1- rasm. Ruda konlarini qiya stvollar orqali ochish:
а — konlarni qiya stvollar orqali ochish; б — yotgan tomondan qiya stvollar orqali qiya stvollar orqali konlarni ochish; в — konning flangasida joylashgan qiya stvollar orqali konlarni ochish.
Saqlovchi seliklar qoldiriladigan birinchi usul kam sochilgan ruda konlarida va shaxta qurilishini tezlashtirish kerak bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
Yotqiziqni yon tomondan yotgan tomonda joylashgan qiya stvollar orqali ochish juda keng tarqalgan. Shtolnyalar bilan ochish tog’li yoki kesishgan relyefli hududlarda qo’llaniladi.

Download 192.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling